13-rasm. Kishi boshiga to‘g‘ri keladigan maydon, ga/kishi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda tub o‘zgarishlar jarayoni yuz berdi, shuningdek, milliy iqtisodning shakllanishi, nodavlat sektorlari va amaldagi iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida aniq va foydali mexanizmlar yaratilmoqda. Bu masalaning muhimligi yer boyliklarini
boshqarish sohasida bir tomondan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish asosiy manbasi, imorat uchun maydoncha va tayanch yuzalari, inshootlar, yo‘llar, ko‘kalamzorlashtirish bo‘lsa, boshqa tomondan ko‘chmas mulkka soliq to‘lash moddiy bazasi, joyni xususiylashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vositasi, milliy boylikning bir qismida o‘z aksini topgan. Ushbu 13-rasmdagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, 1900-yillarda kishi boshiga 7,91 gektar yer to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2005-yilda 2,02 ga to‘g‘ri kelgan, 2050-yilga borib 1,61 ga yer to‘g‘ri kelishi bashorat qilinmoqda. Dunyo miqyosida 275 mln. ga sug‘oriladigan maydonlarning 20 foizi ekin ekiladigan yerlar hisoblanadi. Dunyodagi oziq-ovqat mahsulot-larining 45 foizi ushbu maydonlarda ishlab chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida agrosanoat kompleksini barqaror rivojlantirishni ta’minlashning asosiy shartlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish manbalarini kengaytirish, takror ishlab chiqarish va unumdor yerlardan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida to‘g‘ri foydalanishdan iborat. Unumdor yerlarning boshqa tabiiy omillar bilan qo‘shib ishlatilishi, yerni ishlab chiqarish quvvatini oshirib, qishloq xo‘jaligi mahsuloti va tannarxiga sezilarli ta’sir etadi.
Agrosanoat majmuyi tarmoqlarida, xususan, qishloq xo‘jaligi faoliyatida unumdor yerlarni saqlab qolish va ulardan unumli foydalanish katta ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz agrar tarmog‘ida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yerdan to‘g‘ri va unumli foydalanish chora-tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarni ekologik va agrokimyo, agrotexnika holatini yaxshilash va sug‘orish ishlarini yaxshilash uchun sug‘orish tizimini takomillashtirish, o‘simlik- shunoslikda iqlim, yer holatini hisobga olgan holda va yuqori hosildorlikni ta’minlash uchun yerni qayta ishlash, yer holatini saqlash va yer hosildorligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, respublikada an’anaviy yerning hosildorligi kamayishi va umumiy ekologik holatining yomonlashuvi saqlanmoqda, ba’zi hududlarda quyidagi salbiy jarayonlar kuzatilmoqda:
hosildor yerlarning kamayishi, ularning qishloq xo‘jaligiga yaroqligi holati yomonligi va xo‘jalikdan yana foydalanish;
sho‘r va inqirozga uchragan yerlarning ko‘payishi;
haydalgan va haydaladigan yer qatlamlarining zichlanishi va qotib qolishi;
haydalgan yerlarda chirindi va oziqlanish elementlarining muvozanati va salbiy holati oshib borishidir.
Ko‘rsatilgan salbiy jarayonlar qishloq xo‘jaligida foydalanila- yotgan yerlarning kamayishiga, yerning kimyoviy, suv-fizik, fizik- kimyoviy holati buzilib, hosildorlikning kamayishiga olib kelmoqda. Natijada tabiat tizimining ekologik barqarorligi va ko‘rsatilgan jarayonlar rivoji keskin kamayadi. Yerning tanazzuliga asosiy sabab, iqlim omillari va insonlar faoliyati ta’sirida yer yuzi xarobazorga aylanib, inqirozga uchramoqda.
Bular quyidagilardan iborat:
o‘rmonzor dov-daraxtlari yo‘q qilinishi, xarobazorga aylanishi va boshqa voqealar;
yerning sug‘oriladigan sharoitida, keragidan ortiq namlik va suv toshqini, qayta sho‘rlanish holatlari;
chorva mollari boqiladigan yaylovlarning digressiya va deflyatsiyaga uchrashi;
qishloq xo‘jaligi va sanoatda yerni o‘zlashtirish jarayonida texnogen xarobazorlarga aylanishi;
agroximikatlar, sanoat va maishiy chiqitlar tashlanishi va bir xil ekin ekilishi oqibatida tuproqning ifloslanishi va hosildorlikning yo‘qolishi;
tuproqning sho‘rlanishi, Orol dengizining qurishi va tuz changlarining havoga to‘yinishi va hokazo13.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 29-dekabridagi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish hisobiga yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq
13 Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. 2012. -218 b.
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda intensiv, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, fermer xo‘jaliklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish, tarmoq eksport salohiyatini kengaytirish maqsadlariga qaratilgan “2016-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2460- sonli qarorining qabul qilinishi ana shu tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20473,5 ming ga ni yoki respublika umumiy yer maydonining 46,10 %ini tashkil etadi, shundan sug‘oriladigan yerlar maydoni – 4212,2 ming ga.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning 11123,7 ming gektarini pichanzor va yaylovlar tashkil qiladi, shundan 42,6 ming gektari – sug‘oriladigan yaylovlar.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44410,3 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4312,4 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra 8 toifaga bo‘linadi (13-jadval).
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar respublikamizning yagona yer fondida eng asosiy o‘rin tutadi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududining 46,10 foizini egallagan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosiy vosita hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.
Ushbu yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinzor-yerlar va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi. Shuningdek, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali
daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va h.k.) egallagan yerlar ham qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi.
13-jadval
Dostları ilə paylaş: |