Konferensiya materiallariga qo‘yiladigan talablar va ularni qabul qilish muddati Konferensiyada ishtirok etish uchun tashkiliy qo‘mitaning elektron pochta (conference.asu@mail.ru) manziliga joriy yilning 17 mart kuniga qadar 1-ilovada keltirilgan shaklni to‘ldirib, maqolani 2-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan holda yuborish so‘raladi. Yuborilayotgan fayl nomida maqola birinchi muallifining familiyasi lotin harflarida chiziqcha orqali seksiya raqami yoziladi: (Karimov-2).
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallarning mazmun va mohiyati uchun mualliflar javobgar. Ilmiy qo‘mita maqolalarni tahrir qilish huquqiga ega. Konferensiyaning ilmiy darajasiga mos bo‘lmagan, talablarga javob bermaydigan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan maqolalar rad etiladi.
Konferensiya materiallarini rasmiylashtirish qoidalari.Yuborilgan materiallar konferensiyaning asosiy mavzu yo‘nalishlariga mos kelishi kerak. Maqolalar quyidagi tartibda rasmiylashtirilishi zarur:
Maqola nomi (o‘rtada, bosh harflarda, qalin shriftda);
Muallif(lar) ismi va otasining ismi (bosh harflari), familiyasi (to‘liq), o‘rtada, kichik harflarda, qalin shriftda;
Annotatsiya (150 so‘zdan oshmasligi zarur, faqat ingliz tilida);
Kalit so‘zlar (5 so‘z bilishi shart, faqat ingliz tilida);
Maqolaning asosiy matni (2-5 bet);
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola matnini rasmiylashtirish qoidalari.Matn redaktori – Microsoft Word; Format – doc (docx); Shrift o‘lchami – 12; Shrift – Times New Roman; Qatorlar oralig’i interval – 1; Xat boshi – 1,25 sm. Sahifa parametrlari:chapdan 3,0 sm; o‘ngdan 2,0 sm; yuqori va pastdan 2,5 sm. Matn sahifalari raqamlanmaydi. Formula va lotincha (tur, avlod va boshq.) nomlanishlar kursivda yoziladi. Grafik materiallar (rasm, diagramma, sxema va boshq.) yuqori sifatli bo‘lishi zarur. Grafik materiallar soni 4 tadan va jadvallar 3 tadan ortmasligi tavsiya etiladi. Maqola matni 2-5 betgacha bo‘lishi kerak.
Adabiyot manbalariga havola oddiy qavs ichida muallif va nashr yili ko‘rsatilgan holda yoziladi. Masalan: bir muallif – (Mirzayev, 2018); ikki muallif – (Sobirov va Rashidov, 2012); ikkidan ortiq muallif – (Ergashev va boshq., 2020). Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida maqola oxirida beriladi. Adabiyotlar soni 10 tadan ortmasligi lozim.