2020 yil 12 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mO’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloҳ qilish strategiyasi tO’grisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2020-2025 yillarga mO’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloҳ qilish strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi bank tizimini isloҳ qilish bO’yicha “YO’l xaritasi” ҳamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli kO’rsatkichlari tasdiqlandi.
Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jaҳon banki bilan ҳamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy ҳolatini O’rganish natijalari bO’yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi ҳamda moliya soҳasidagi xalqaro tendentsiyalarni inobatga olgan ҳolda ishlab chiqildi.
Strategiyada bank tizimida ҳozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga aloҳida ehtibor qaratilgan. Xususan:
bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari tO’gri yO’lga qO’yilmaganligi;
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, soҳalar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan kam bO’lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi anhanaviy “taraqqiyot banklari” vazifasini bajarishi;
kreditlashning yuqori surhatlarda O’sib borayotganligi va buning natijasida banklarning barqarorlik darajasini ifodalovchi likvidlilik va kapital yetarlilik kO’rsatkichlariga salbiy tahsir etayotganligi;
imtiyozli kreditlar ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi natijasida moliya bozorida narx signallarining notO’gri shakllanishi, shuningdek pul-kredit siyosatining transmission mexanizmlarining ishlashiga salbiy tahsir kO’rsatayotganligi;
yuqori darajadagi dollarlashuv, shuningdek kredit va depozitlarning yirik korxonalar va iqtisodiyotning aloҳida soҳalarida jamlanganligi (kontsentratsiyasi) natijasida bank tizimining valyuta, kredit va likvidlilik xatarlariga bardoshliligining zaifligi;
davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga xizmat kO’rsatishga yO’naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli sustligi, shuningdek innovatsiyalar va axborot tizimlarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli moliyaviy ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub isloҳotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Mazkur Strategiyani ishlab chiqish jarayonidagi Jaҳon banki bilan ҳamkorlik, xususan, isloҳotlar jarayonidagi asosiy tavakkalchiliklar va ularni minimallashtirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish maqsadida boshqa davlatlarda amalga oshirilgan bank tizimidagi isloҳotlarning ijobiy va salbiy tomonlarini O’rganishga qatarildi va natijada muҳim xulosalar shakllantirildi.
Birinchidan,bank tizimida davlat ulushining qisqartirilishi bank tizimini rivojlantirishning muҳim omili ҳisoblanadi.
Ikkinchidan, davlat ishtirokidagi banklarni xususiylashtirish jarayoni ilgor texnologik yechimlar va bank ishining ilgor tajribasi, shuningdek yetarli moliyaviy imkoniyatlarga ega nufuzli va sifatli aktsiyadorlarga yO’l ochishi lozim.
Uchinchidan, isloҳotlar muvaffaqiyatining asosiy shartlaridan biri bu – banklarni qisman emas tO’liq xususiylashtirishdir.
TO’rtinchidan,davlat ishtirokidagi banklar va real sektor korxonalarini parallel ravishda isloҳ qilish iqtisodiy isloҳotlarning samaradorligida muҳim O’rin tutadi. SHu bilan birga davlat ishtirokidagi korxonalarni restrukturizatsiya qilish
va xususiylashtirish ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirib, banklar faoliyatiga davlat aralashuvini keskin qisqartiradi.
Beshinchidan, isloҳotlar davrida davlat ishtirokidagi korxonalarning kreditlashga bO’lgan talabini cheklab qO’ymaslik ҳamda moliyaviy ommaboplikni tahminlash uchun ayrim banklarda davlat ulushini saqlab turish maqsadga muvofiq.
Strategiya doirasida keyingi besh yillikda bank-moliya tizimini isloҳ qilish va rivojlantirishning tO’rtta ustuvor yO’nalishlari belgilangan. Jumladan: