ikki taraflama shartnomadir, yahni ҳar ikki taraf tegishli ҳuquq va majburiyatlarga ega bO’ladi;
ҳaqevazigatuziladiganshartnomadir, yahni qarzdor kreditorga kredit olganligi uchun foiz, marja, komissiya kO’rinishida ҳaq tO’lashi lozim;
konsensual shartnomadir, yahni u kredit shartnomasi taraflar tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan ҳisoblanadi va kuchga kiradi, biroqberilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki ҳaqiqatda kredit mablaglaridan foydalanilgan davr uchun tO’lanadi;
xO’jalikshartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan tadbirkorlik faoliyatiga mansub soҳalarda tuziladi.
Kredit miqdori va uning qaytarilish muddati, foiz miqdori va uni tO’lash muddati, kreditning maqsadi va boshqalar kredit shartnomasining muҳim shartlari ҳisoblanadi.
Tijorat banki va mijoz O’rtasidagi kredit munosabatlari kredit shartnomaga asoslanadi. Rivojlangan davlatlar bank tizimida ҳar qanday kredit munosabatlari unda ishtirok etuvchi tomonlarning mavqeidan qathiy nazar O’zaro manfaatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kredit shartnomada quyidagi asosiy shartlar kO’rsatiladi.
Kreditning maqsadi.
Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga sO’ralayotganligi muҳim ҳisoblanadi. SHartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilishi kO’rsatiladi. Kreditni qaysi maqsad uchun ishlatilishini korxonalar O’zlarining biznes rejasida kO’rsatib O’tishlari shart. Biznes rejada kO’rsatilgan maqsad bO’yicha kredit summasi O’tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ҳam bank tomonidan shartnoma asosida nazorat qilib boriladi. Tarmoqlardagi O’zaro nomutanosibliklar, O’sha tarmoqda faoliyat kO’rsatuvchi korxonalarning ҳolatiga kuchli tahsir kO’rsatadi. Tijorat banki mana shu omillarni ҳisobga olishi kerak.
Kredit summasi.
Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qO’ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib kO’rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida kO’rsatilgan summani ҳar tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda mijozlar O’z imkoniyatlarini maksimal darajada baҳolab keladilar. Tijorat banklari kerakli ҳollarda kreditlanayotgan obhektni tO’la O’rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.