3. Allohni zikr qilish.
Alloh taolo aytadi: “Ey imon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar va ertayu kech Unga tasbeh aytinglar!” (Ahzob, 41-42).
“Allohni zikr qilish” deganda, U Zotni eng ulug‘ sifatlar bilan vasf qilish, Unga hamdu sano va maqtovlar yo‘llash, Uni yakkayu Yagona deb bilish, qolaversa, qalbida U Zotning ulug‘ligini his qilib, bergan ne’matlarini eslash va unga shukr qilish tushuniladi.
Ushbu oyatda Alloh taolo O‘zini ko‘p zikr qilishga buyurmoqda. Bundan kelib chiqadiki, biz mo‘min bandalar Allohni doim eslashimiz, tilimiz bilan ham, qalbimiz bilan ham U Zotni zikr qilib, Alloh buyurganidek hayot kechirishimiz lozim.
Al-Vohidiy: “Zikr ma’noning nafsda hozir bo‘lishi”, degan.
Allohni zikr qilish faqat qo‘lga tasbeh olib, joynamoz ustida zikr aytish bo‘lmaydi. Balki zikr juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, ilmiy majlislar o‘tkazish, ilm o‘rganish, Allohning ne’matlarini tafakkur qilish va hokazo. Qolaversa, zikr faqat ma’lum joylardagina bajarilmaydi, balki har qanday pokiza yerda zikr aytish, Allohni eslash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |