Yodga olish, eslash tasavvufda xudoni yodga olish bilan bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə5/10
tarix02.01.2022
ölçüsü27,69 Kb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word

4. Mavqe’, obro‘.

Alloh taolo aytadi: “Sod. Zikr (ya’ni, sharaf) sohibi bo‘lgan Qur’onga qasamki, (Siz Allohning haq Payg‘ambaridirsiz)” (Sod, 1).

Ushbu oyatda Alloh taolo sha’ni ulug‘ bo‘lgan Qur’on bilan qasam ichib, Muhammad sollallohu alayhi va sallam olib kelgan Din haq ekanini ta’kidlamoqda.
Alloh taolo shunday degan: “Albatta u (Qur’on) Siz uchun ham, qavmingiz uchun ham zikr (ya’ni, sharaf)dir” (Zuxruf, 44).

Ushbu oyat ulamolar tomonidan ikki xil izohlangan:



  1. Qur’on siz va qavmingizga sharaf, obro‘-e’tibor olib keladi. Sababi Qur’on sizlarning tilingizda nozil bo‘ldi. Shunday ekan, qiyomat kuni bu haqida so‘ralasizlar;
    2. Qur’on siz va qavmingiz uchun zikr – eslatmadir.

Boshqa oyati karimada Alloh shunday degan: “Va Biz Sizning zikringizni (ya’ni, martabangizni) baland qilib qo‘ydik” (Sharh, 4).

Alloh taolo dunyo va oxiratda Muhammad sollallohu alayhi va sallam maqomlarini yuqori ko‘tardi. Buni u zot butun olamlarga rahmat qilib yuborilishlari, shahodat, azon, takbir, tashahhudda Rasululloh nomlari zikr qilinishi, mo‘minlar u zotga salavot va salomlar yo‘llashlari hamda itoat etishga amr qilinishlari misolida ko‘rishimiz mumkin.

Bular ichida eng ulug‘i payg‘ambarlik maqomi va shahodat kalimasida Alloh ismidan so‘ng u zotning nomlari zikr qilinishidir.


Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin