Yodga olish, eslash tasavvufda xudoni yodga olish bilan bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar


«Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘ling, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur»



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə7/10
tarix02.01.2022
ölçüsü27,69 Kb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word

«Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘ling, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur» (Ra’d, 28). Qur’oni karimning o‘n uchta surasi o‘n oltita oyatida zikr qilishga buyurilgan. “Zikr”ning lug‘aviy ma’nosi “Allohni yodlash”dir. Allohni ko‘p zikr etgan bandaning qalbi poklanadi, imoni mustahkamlanadi, duolari ijobat bo‘ladi, ixlosi ortadi. Abu Said Xudriy va Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar: «Qaysi bir qavm (jamoa) Allohning zikri uchun yig‘ilsa, ularni farishtalar tavof qiladilar, ularga Allohning rahmati yog‘iladi, ularning davrasiga sakinat (osoyishtalik) tushadi, Alloh ularni O‘ziga yaqin farishtalar bilan birga yod etadi» (Imom Muslim). Allohga tasbeh, takbir, tahlil aytish, hamd, shukr keltirish, duo va salavotlar aytish, Qur’on tilovat qilish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot, sadaqa va infoq qilish hamda haj va umra qilish ayni zikrdir.Alloh taoloning zikrini ado etish uchun zokir ma’naviy va jismoniy jihatdan pok bo‘lishi shart. Dil va til bilan bajariladigan zikrlar, masalan, tasbeh, tahlil, tahmid, takbir,

Payg‘ambarimizga salavotlar va duolarni tahoratsiz, junub, hayzli, nifosli holda ham aytaverish joiz. Junub kishi, poklanmagunicha Qur’on oyatlaridan xoh uzun, xoh qisqa oyat bo‘lsin, tilovat qilishi haromdir. Yo‘lda yurib ketayotgan va hammomda yuvinayotgan holda zikr qilish mumkin. Zikr Allohga tazarru bo‘lgani uchun, eng go‘zal holda, qiblaga yuzini burgan, haqiqiy muhtoj kishilardek, yalinib-yolvorgan holda qilinsa, savobi ulug‘ bo‘ladi.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Mufarridlar zafarga erishdilar». Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, “mufarridlar” kimlar?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularga: «Allohni ko‘p zikr etuvchi erkaklar va Allohni ko‘p zikr etuvchi ayollar mufarridlardir», deb javob berdilar. Ahzob surasining 35-oyati karimasi

Albatta, muslim va muslimalar, mo‘min va mo‘minalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, rostgo‘y erkaklar va rostgo‘y ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozeli (kamtar) erkaklar va tavozeli ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, ro‘za tutuvchi erkaklar va ro‘za tutuvchi ayollar, avratlarini (haromdan) saqlovchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlovchi ayollar, Allohni ko‘p zikr etuvchi erkaklar va (Allohni ko‘p) zikr etuvchi ayollar – ular uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofotni (ya’ni jannatni) tayyorlab qo‘ygandir.

  Bu oyat madinalik Ummu Amora roziyallohu anhuning Rasul sollallohu alayhi vasallamga: “Qur’onda faqat erkaklar to‘g‘risida ahkomlar nozil bo‘lmoqda. Ayollar zikr qilinmayotir”, – deganida nozil qilingan .




Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin