Yodga olish, eslash tasavvufda xudoni yodga olish bilan bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü27,69 Kb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word

1.Qur’on.
Alloh taolo aytadi: “Albatta bu zikrni (ya’ni, Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va uni O‘zimiz asraguvchimiz!” (Hijr, 9) Alloh taolo ushbu oyatda O‘z Rasuliga Qur’onni nozil qilganini, uni odamlar tomonidan kiritiladigan o‘zgarish va qo‘shimcha kiritishdan himoya qilishni O‘zi nazorat qilib turishini ma’lum qilmoqda.

Ushbu oyatda Qur’on “zikr” so‘zi orqali ifodalanmoqda.

Qur’onning sifatlaridan biri “zikrul-hakiym”dir. Ulamolar bu so‘zni hikmatli zikr, odamlarga hukmlarni bayon qiluvchi kitob yoki oyatlari muhkam bo‘lgan, unda biron ixtilof va qarama-qarshilik bo‘lmagan Kitob, deb izohlashgan.

Qur’onda Allohning ahkomlari, U Zot bandalarini qaysi amallardan qaytargani zikr qilingan. Qolaversa, bu ulug‘ Kitobda avvalgi o‘tgan ummatlar qissasi va kelajakda bo‘ladigan voqealar ham zikr qilingan.

Qur’on tom ma’noda zikrdir. U bandaga oxiratni eslatadi, Allohning oyatlarini eslatadi. Qur’on dunyo ziynatlariga ko‘milib yashab, aql ko‘zini moddiyat pardasi xiralashtirgan bandaga o‘limni eslatadi. Shuningdek, Qur’on Allohni zikr qilish vositasidir. Qur’oni karimni tilovat qilgan banda Allohni eng go‘zal suratda eslagan bo‘ladi. Sababi unda zikrning barcha turlari mavjud.

2. Namoz.

Zikrullohning eng ulug‘ turlaridan biri aynan namozdir. Chunki unda qiroat, tasbeh, tahmid, salavot, jamiki zikr turlari mujassam. Shu sabab ham namozning Shariatda tutgan o‘rni beqiyos.

Alloh taolo aytadi: “Albatta namoz fahsh va yomon ishlardan qaytaradi. Albatta Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir!” (Ankabut, 45).

Bu yerda Alloh taolo Qur’on tilovat qilish va namozni xushu’-xuzu’larini joyiga qo‘yib, risoladagidek ado qilishga amr qilmoqda. Shunday qilinsa, namoz bandani gunoh va fahsh ishlardan saqlaydi. Sababi namoz bu ishlarga qarshi turadi, banda qalbini poklaydi. Poklangan qalb sohibi bu ishlardan uzoq yuradi.

E’tibor berilgan bo‘lsa, bu yerda namoz Allohning zikri ekani ta’kidlanmoqda. Sababi namoz o‘qigan banda Allohni eslaydi, U Zotning ulug‘ligi, buyukligini yodga oladi va imoni ziyoda bo‘ladi.

Abul Oliya ushbu oyat haqida: “Namozda uchta xususiyat bo‘ladi: ixlos, xushu’ va Allohni zikr qilish. Qaysi namozda bu xususiyatlar bo‘lmasa, u namoz emas”, degan. (Abd ibn Humayd rivoyati).




Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin