V XАVFSIZLIK QISMI 5.1 Mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish. Korxonada mehnat sharoitini yaxshilash, sog’lom hamda xavfsiz ish sharoitini tashkil etish birinchi navbatda mehnat muhofazasini yaxshilash bo’yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish talab etadi. Bu rejali tadbirlar kasaba uyushmalari qo’mitasi bilan kelishilgan holda tuzilishi zarur hamda kerakli mablag’lar bilan ta’minlanishi lozim. Mehnat muhofazasini yaxshilash bo’yicha bajariladigan barcha ishlar bir yilga, besh yilga hamda kelajakka mo’ljallangan kompleks rejalar asosida amalga oshiriladi.
Mehnat muhofazasini yaxshilash bo’yicha tuziladigan bir yillik rejada ko’zda tutiladigan tadbirlar tashkilot ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi o’rtasida tuzilgan mehnat muhofazasi bo’yicha jamoa shartnomasida o’z ifodasini topadi. Jamoa shartnoma loyihasi yil boshida ishchilarning umumiy majlisida muhokamaga qo’yiladi hamda u ma’qullangach, tashkilot ma’muriyati hamda Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
1) Korxonada baxtsiz hodisalarni oldini olish:
- barcha yangi qurilayotgan obyektlar mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi masalalarini qamrab olgan ishlab chiqarish ishlari loyihasi bilan ta’minlash;
- sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarni yana takrorlanmasligi uchun ularni tahlil qilib berish;
- xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlaydigan yangi moslama hamda vositalar ishlab chiqarish.
2) Korxonada kasallanishni oldini olish:
- ish joylarida hamda dam olish xonalarida normal mikroiqlim bo’lishini ta’minlash;
- ishchilar hamda xodimlarni ishga hamda ishdan avtobuslarda yoki shu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan avtomobillardagina tashish;
- belgilangan ish turlari bo’yicha tibbiy ko’riklarni tashkil etish.
3) Mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun:
- ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar hamda yangi texnikalarni joriy etish;
- xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilashga yo’naltirilgan musobaqalar tashkil etish.
4) Mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish hamda boshqa targ’ibot ishlarini olib borish uchun:
- barcha ishchilar hamda injener – texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitishda, yo’riqnomalar berish hamda bilimlarini sinovdan o’tkazish;
- xavfsizlik texnikasi hamda favqulodda holatlarda hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha kabinetlar tashkil etish.
Korxonada faoliyat ko’rsatadigan ishchi hamda xodim o’ziga biriktirilgan ishni xavfsiz bajarish uchun chuqur bilim hamda malakaga ega bo’lishi zarur. Buning uchun esa ularni mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi bo’yicha malakali o’qitish talab etiladi.
Korxonaning laboratoriyasidagi barcha ishchilar barcha ishlarning xarakteri hamda xavfsizlik darajasidan qat’iy nazar mehnat xavfsizligi bo’yicha o’qitilib, bilimlari tekshirilib ko’rilgandan so’ng ishga ruxsat beriladi. Ishchilarni mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish, ularga yo’riqnomalar o’tish orqali amalga oshiriladi.
Yo’riqnomalar asosan kirish yo’riqnomasi, ish joyidagi birlamchi yo’riqnomasi, navbatdagi yo’riqnoma, navbatdan tashqari yo’riqnoma, davriy yo’riqnomalariga bo’linadi. Ishchi xodimlarga bu hamma yo’riqnomalar o’tkazilib hamda yana qo’shimcha kurs o’qishlari o’qitiladi, keyin esa xodimlarga guvohnoma beriladi.
Korxonaning laboratoriyasi maxsus kiyim boshlar, shaxsiy himoya vositalari hamda uning profilaktikasi.
O’zbekiston Respublikasining “Mehnat qonunlari kodeksi” hamda “Mehnatni muhofaza qilish” qonunlari asosida mehnat sharoiti zararli bo’lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharotida bajariladigan ifloslantiradigan ishlarda ishlovchi xodimlarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi.
Korxona, muassasa yoki tashkilot ma’muriyati maxsus kiyim bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya vositalarini saqlash, yuvish, tozalash hamda ta’mirlashni ta’minlashi, shuningdek, bu vositalardan foydalanishni doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
Korxonada ham bunday sharoit to’liq yo’lga qo’yilgan hamda mas’ul shaxslar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari ifloslanish bilan bog’liq bo’lgan ishlarda ishlovchilarga belgilangan me’yorlarda sovun hamda boshqa xil zararsizlantiruvchi vositalar ham tekinga beriladi. Maxsus kiyim bosh hamda shaxsiy himoya vositalarini foydalanish muddatlari o’rnatilgan bo’lib, u quyidagicha belgilangandir: korjomalar, poyabzallar 12 oy, qo’lqoplar 1 yoki 2 oy, himoya kaskalari 2 yil, issiq kiyim boshlar 36 oy.