Yog’ mahsulotlarini sifatini nazorat qilish kirish I


Tekshirish jarayonidagi xavfsizlik qoidalari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə19/23
tarix04.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#86637
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
MAXAMATOV SHERZOD YANDASHOVICH

5.2. Tekshirish jarayonidagi xavfsizlik qoidalari.
Tekshiruv davomida belgilangan talablarga rioya qilish zarur:
- tekshiruv o'tkazish uchun xavfsizlik texnikasi bo'yicha malaka guruhi III dan kam bo'lmagan, xavfsizlik bo'yicha o'tkazgan va sarf hisoblagich va qiyoslash vositalaridan foydalanish bo'yicha qo'llanmalarni o'rgangan shaxslarga ruxsat beriladi.
- elektr qurilmalarini ishlatishda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha tarmoqlararo qoidalarga muvofiq bajarilishi talab etiladi.
- sarf o'lchagichi va tekshirish vositalari uchun operatsion hujjatlarning mavjud bo’lishi kerak;
- korxonada mehnat xavfsizligi qoidalari.
- atrof-muhit harorati -40 dan +70°Cgacha;
- havoning nisbiy namligi 30 dan 95% gacha;
- atmosfera bosimi 84 dan 106,7 kPa gacha.
- atrof-muhit havosi, kalibrlash moslamasidagi ishchi muhit va hisoblagichdagi ish muhiti o'rtasidagi harorat farqi 1 ° C dan oshmasligi kerak.
- tekshirish vaqtida atrof-muhit haroratining o'zgarishi, 2 ° C dan oshmasligi.
Tekshirishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi:
- hisoblagich tekshirish o'tkaziladigan xonada 20 ± 5 ° C haroratda kamida 1 soat davomida saqlanadi;
- ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq tekshirilgan hisoblagich va tekshirish asboblarini ishlashga tayyorlash;
- hisoblagich kalibrlash moslamasiga o'rnatilgandan so'ng, hisoblagich kalibrlash moslamasiga ulangan joylarning mahkamligi tekshiriladi.
5.3. Mashina, jihoz va qurilmalarni o`rnatish, ta`mirlash va foydalanishda mehnat xavfsizligi .
O`rnatish ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida ishlovchilarning mehnat xavfsizligi ta`minlanishi zarur. O`rnatish maydonchalari, ish uchastkalari, ish o`rinlari, yuk tashish mashinalari va transport vositalari o`tish joylari hamda odamlar o`tish joylarini tashkil qilishda inson uchun xavfli bo`lgan zonalar aniqlanadi. Xavfli zonalar belgilangan, shakldagi xavfsizlik belgilari va yozuvlari bilan ta`minlanadi. Ishlab chiqarish faktorlariga bogliq bo`lgan, doimiy mavjud bo`ladigan xavfli zonalarga quyidagilar kiradi:
- elektr qurilmalarining tok yurituvchi himoyalangan qismlari atrofi;
- 1,3 m va undan ko`p balandlikka ega bo`lgan, chegaralanmagan yo`laklar va maydonchalar;
- mashina va jihozlarni yoki ularning qismlari va ishchi organlarini harakatlantirish joylari;
-tarkibida belgilangan normadan ko`p miqdorda zaharli moddalar kontsentratsiyasi mavjud bo`lgan yoki ruxsat etilgan normadan yuqori shovqinli joylar;
- yuk ko`taruvchi kranlar yordamida yuklarni harakatlantirish joylari.
Doimiy ishlab chiqarish faktorlari xavfli zonalariga begonalar kirib kelishini oldini olish maqsadida bu zonalar himoya to`siqlari bilan o`ralgan holda bo`lishi kerak. Ushbu zonalarda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.
Takelaj ishlarini amalga oshirish vaqtida quyidagi asosiy talablarga rioya qilish zarur bo`ladi:
- ko`tarilayotgan yuk massasi yukni ushlovchi moslamalar va tara ogirligi bilan birgalikda yuk ko`taruvchi kranning texnik pasportida ko`rsatilgan maksimal yuk ko`tarish qiymatidan oshmasligi kerak;
- yuk massasi maksimal yuk ko`tarish qiymatiga yaqin bo`lsa yukni bir joydan boshqa joyga ikki martada siljitish tavsiya qilinadi;
- qiyshiq tortilgan kanatli yoki buriladigan ko`targichli (strelali) yuk ko`tarish mashinalarida yukni siljitish taqiqlanadi;
- kranning yuk ko`tarish xarakteristikasi chegarasida yuk ortilgan strela uzunligini o`zgartirish mumkin;
- yukni odamlar ustidan olib o`tish taqiqlanadi; - kran ishiga aloqasi bo`lmagan odamlarning ish zonasida bo`lishga ruxsat berilmaydi;
- yukni ushlab turuvchi moslamalarni 10 minut davomida ular maksimal yuk ko`tarish qobiliyatidan 1,25 marta ko`p bo`lgan yuklama ostida sinovdan o`tkazish kerak bo`ladi;
- ko`tarish kranlarini ishlatish jarayonida davriy ravishda kuzatib, nazorat jurnaliga qayd qilib borish kerak.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin