Yogʻochga ishlov berish jihozlari


Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan asboblar



Yüklə 264,28 Kb.
səhifə4/22
tarix07.01.2024
ölçüsü264,28 Kb.
#209526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Yogʻochga ishlov berish jihozlari

Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan asboblar. Yog‘och o‘ymakorligida turli asboblar ishlatilib, ular o‘ziga xos ishlarni bajaradi. Yog‘och o‘ymakorligida asboblar ikki turga bo‘linadi, ya'ni naqshni o‘yish uchun “o‘yma qalamlar” va ikkinchisi “naqsh qalamlari”. Shakli va bajaradigan ishiga qarab iskanalarning bir qancha xillari bo‘ladi. Masalan iskana, morpech, baliq sirti, zamin, kovza, chekma va boshqalar. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan asboblarni maxsus asbob tayyorlaydigan chilangar ustalar tayyorlaganlar yoki o‘zlari yasaganlar. Xozirda yog‘och o‘ymakorlik asboblari metalsozlik korxonalarida tayyorlanadi. Iskanalar bir tomonga qarab charxlanib o‘ziga xos o‘tkirlik burchagida charxlanadi.Iskanalarning dastalari pishiq yog‘ochlar - qayin, qora qayin, qayrog‘och, zarang, yong‘oq va boshqa darxtlarda tayorlanadi.
Iskana –durodgorlik asbobi bo‘lib, undan o‘yish-teshish ishlarini bajarishda foydalaniladi. Iskanalarni o‘yuvchi hamda yo‘nuvchi xillari bor. Kovza iskana -to‘g‘ri va egri tig‘li bo‘ladi. To‘g‘ri iskana –to‘g‘ri sterjen keskichli bo‘lib, tig‘ining eniga qarab kichkina, o‘rtacha va katta iskanalarga bo‘linadi. Tig‘ining eni 1.5 mmdan 10 mmgacha bo‘ladi. Nova iskana tuzilishi bo‘yicha tig‘ining uchi nov shaklida bo‘ladi. Zamin iskana naqshning zaminini o‘yib olishda ishlatiladi.Zamin iskananing eni 2 mmdan 8mm gacha bo‘ladi. Baliq sirti iskana tig‘i botiq, kamalaksimon ko‘tarilgan, baliq qovirg‘asi shaklida bo‘lgan asbobdir


5.1. Yog‘och o‘ymakorlik san'ati tarixi va rivojlanishi.


Yog‘och o‘ymakorligi o‘zbek xalqi amaliy bezak san'atining keng tarqalgan bir turi. Bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki boshqa yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib ishlanadi. Badiy san'atning bu turi deyarli barcha xalqlarda bo‘lib, qadimgi Sharqda, dunyo mamlakatlarida arxitikturasida keng ishlatilgan. Asrlar davomida yevropa va Osiyo mamlakatlarida yog‘och o‘ymakorligining rivojlanib o‘ziga xos badiy uslublari kelib chiqqan. O‘rta Osiyoda ham yog‘och o‘ymakorligi qadimdan rivojlanib, kishilarning uy ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashda juda keng qo‘lanilgan. Bu o‘ymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar, xar xil to‘sinlar, stol, stul, xontaxta, quticha, ramka, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan. Xalq amaliy yaratgan asarlar o‘zining nafosati, murakkabligi, tabiiyligi bilan kishi ahlini lol qoldiradi. Afsuski yog‘ochdan ishlangan ajoyib yog‘och o‘ymakorligida har qancha sifatli ishlov berilishiga qaramay asrlar o‘tishi bilan ular dosh berolmay deyarli ko‘pchiligi chirib, yo‘q bo‘lib ketgan.5-6-asrlarga oid yog‘och o‘ymakorligi namunalari Surxandaryo vohasida Yumoloq tepada topilgan. Bunday noyob topilmalar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaharlardagi qazilmalarda ham topilmoqda. 7-asrning oxirigacha mahalliy o‘zbek xalqi ichida yog‘och o‘ymakorligi tez sur'tlar bilan rivojlangan edi. 9-10-asrlarda O‘rta Osiyoda, shuningdek, mamlakatimiz hududida ham madaniyat rivojlanadi. Ayniqsa 11-12-asrlarda xalq amaliy san'ti yanada gurkirab o‘sdi. 12-asrda Chingizxon boshchiligidagi bosqin tufayli madaniy hayot izdan chiqdi. 14-15-asrlarda yog‘och o‘ymakorligi tez ko‘lamda rivojlandi. 19-20-asrlarda yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, naqqoshlik va san'atning boshqa turlari rivojlanib, har bir shaharning o‘ziga xos yog‘och o‘ymakorligi paydo bo‘ldi.

Yüklə 264,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin