Yogʻochga ishlov berish jihozlari


Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan asboblar



Yüklə 264,28 Kb.
səhifə2/22
tarix07.01.2024
ölçüsü264,28 Kb.
#209526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Yogʻochga ishlov berish jihozlari

5.3. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan asboblar.


Yog‘och o‘ymakorligida turli asboblar ishlatilib, ular o‘ziga xos ishlarni bajaradi. Yog‘och o‘ymakorligida asboblar ikki turga bo‘linadi, ya'ni naqshni o‘yish uchun “o‘yma qalamlar” va ikkinchisi “naqsh qalamlari”. Shakli va bajaradigan ishiga qarab iskanalarning bir qancha xillari bo‘ladi. Masalan iskana, morpech, baliq sirti, zamin, kovza, chekma va boshqalar. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan asboblarni maxsus asbob tayyorlaydigan chilangar ustalar tayyorlaganlar yoki o‘zlari yasaganlar. Xozirda yog‘och o‘ymakorlik asboblari metalsozlik korxonalarida tayyorlanadi. Iskanalar bir tomonga qarab charxlanib o‘ziga xos o‘tkirlik burchagida charxlanadi.Iskanalarning dastalari pishiq yog‘ochlar - qayin, qora qayin, qayrog‘och, zarang, yong‘oq va boshqa darxtlarda tayorlanadi.
Iskana –durodgorlik asbobi bo‘lib, undan o‘yish-teshish ishlarini bajarishda foydalaniladi. Iskanalarni o‘yuvchi hamda yo‘nuvchi xillari bor. Kovza iskana -to‘g‘ri va egri tig‘li bo‘ladi. To‘g‘ri iskana –to‘g‘ri sterjen keskichli bo‘lib, tig‘ining eniga qarab kichkina, o‘rtacha va katta iskanalarga bo‘linadi. Tig‘ining eni 1.5 mmdan 10 mmgacha bo‘ladi. Nova iskana tuzilishi bo‘yicha tig‘ining uchi nov shaklida bo‘ladi. Zamin iskana naqshning zaminini o‘yib olishda ishlatiladi.Zamin iskananing
eni 2 mmdan 8mm gacha bo‘ladi. Baliq sirti iskana tig‘i botiq, kamalaksimon ko‘tarilgan, baliq qovirg‘asi shaklida bo‘lgan asbobdir.
Morpech iskana buyumga o‘yilgan naqshlarning chetlaridagi xoshiya, zanjira, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda qo‘laniladi. Chekma iskana o‘yilgan naqshning zaminini bir tekis chiqishi uchun ishlatiladigan asbob. Kurakcha iskana kesadigan tig‘ining uchi bir tomonga qiya holatda bo‘lib, u kurakcha ko‘rinishda bo‘ladi. Hatkash chiziqlarni chizishda ishlatiladigan maxsus asbob. Tanasiga bitta yoki ikkita prizmatik shizg‘ich o‘rnatilgan bo‘ladi. Yog‘och o‘ymakorligida yog‘och dan tashqari qog‘oz elim, knopka, chigit yog‘i, qalamlar, bundan tashqari yog‘och o‘ymakorligida naqsh kampozitsiyalarni chizish, o‘lchash uchun bir qancha o‘lchov asboblari ishlatiladi. Masalan chig‘ichlar, pargar, o‘chirg‘ich uchburchak, reysshina, tronsportyor, jilvir qog‘oz, yelim va h.

Yüklə 264,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin