Yogʻochga ishlov berish jihozlari


Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog‘och turlari va o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 264,28 Kb.
səhifə3/22
tarix07.01.2024
ölçüsü264,28 Kb.
#209526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Yogʻochga ishlov berish jihozlari

5.2. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog‘och turlari va o‘ziga xos xususiyatlari.


Yog‘och o‘ymakorligida ota bobolarimiz qadimda xar xil yog‘ochlardan turli maqsadda foydalanib kelganlar. Hamma yog‘ochlar ular olinadigan daraxt turiga qarab 2 guruxga bo‘linadi: a) bargli daraxtlar; b) nina bargli daraxtlar.
Nina bargli daraxtlardan olingan yog‘ochlar qurilishda, durodgorlikda va yog‘och o‘ymakorligida asosiy material hisoblanadi. Chunki uning o‘ziga xos afzaliklari bor. Chunonchi uning tarkibida smolali moddalari bo‘lgani uchun u tez chirib ketmaydi, bargli daraxtlarga qaraganda ko‘p va engil, unga ishlov berish oson, tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lgani uchun undan silliq xoda tayyorlash mumkin. Lekin o‘ymakorlikda shumtol, eman, arg‘uvon, terak, chinor va boshqa daraxt yog‘ochlari ham ishlatiladi. Yog‘och materiallari tabiiy guliga, rangiga, tovlanishiga, hidiga qarab aniqlanadi. O‘zbekistonda yog‘och o‘ymakor ustalar o‘z ishlari uchun eng yaxshi yong‘oq, qarag‘ay, chinor, tut, archa, terak, o‘rik kabi mahalliy daraxtlarning eng a'lo navlarini ishlatadilar. Shu bilan birga boshqa joylardan keltirilgan shamshod, eman, qarag‘ay kabi daraxt yog‘ochlarini ishlatganlar.
Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan materiallar:
1. Bargli daraxtlar - tog‘ teragi, arg‘uvon, baqaterek, mirzaterak, oq va qora qayin, shumtol, zarang, chinor, nok, o‘rik, yong‘oq.
2. Nina bargli daraxtlar - qarag‘ay, tilog‘och, archa, zirk.
Tog‘ teragi tez chiriydigan bo‘lmagani uchun undan keng foydalaniladi. Ularda asosan o‘yinchoqlar, idishlar, gurgutlar yasaladi.
Oq qarag‘ay - cholg‘u asboblari yasashda, yog‘och o‘ymakorlikda va qurilishda ishlatiladi. Qarag‘ay - qurilishda, kemasozlikda, mebel' ishlab chiqarishda, durodgorlikda, yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladi. Arg‘uvon -` yog‘och o‘ymakorligida uni 80-90 yilligi ishlatiladi. Tilog‘och - yog‘och o‘ymakorligida, qurilishda ishlatiladi. Qora qayindan chizmachilik asboblari, mebellar yasaladi. Shumtol vagonsozlikda, samalyotsozlikda, kemasozlikda qo‘laniladi. Zarang qimmatbaho mebellar ishlab chiqarishda, mashinasozlikda ishlatiladi. Chinordan qimatbaho mebellar tayyorlanadi. Archa yog‘och o‘ymakorligida qadimdan qo‘llanib kelingan. Yong‘oq qimmatbaho mebellar tayyorlashda va yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladi. U ajoyib ko‘rinishga ega. Zirkdan arzon mebellar tayyorlanadi. Chunki unga tez qurt tushadi.

Yüklə 264,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin