O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan mustaqil ish
Yo’nalish guruhi nomi: OBR-75-guruh bugalteriya va audit
yo’nalishi
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:
O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti,
maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
Bajardi: Ne’matova Nilufar
Qabul qildi: ________________
Toshkent 2023
O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi
va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
Reja:
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi faniga kirish: fanning predmeti,
maqsad va vazifalari
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
anlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va
uning ahamiyati
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining nazariy metodologik
tamoyillari
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va
hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy
muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy
qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha
hodisalarni o‘zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni
ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi.
Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi asrlar
osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo‘lga kiritish yo‘llari va vositalarini, milliy
davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir
qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. Darhaqiqat,
tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, milliy g‘oyaning shakllanishida
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning
rivojlanish bosqichlarini nechog‘li o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bog‘liq.
Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da’vat etadi, ulkan yaratuvchilikni
rag‘batlantiradi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining vazifasi – O‘zbekiston
milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq
etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni
tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan
integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy,
ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining
samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar
kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida
mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirishdir.Zotan, uning ulug‘
murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda. Insoniyat
tarixida XX asrning so‘nggi choragi va – XXI asr boshi ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlarning yangi pallasini boshlab berib, O‘zbekistonning milliy davlat
mustaqilligini qo‘lga kiritishi aynan shu davrga to‘g‘ri keldi. Bu holat tarix fanida ham
tub o‘zgarishlarni, nazariy va metodologik yangilanishni, bir so‘z bilan aytganda
mustaqil O‘zbekiston nufuziga munosib bo‘lishni taqozo qildi. Mustaqillik yillarida
tarix fani arsenali yangilanib, o‘zgardi. Tarix fanida kechgan chuqur ichki
transformatsiya jarayoni fanning nazariy-metodologik, konseptual, mazmuniy,
strukturaviy o‘zgarishlarida aks etdi. Yangi ijtimoiy impulslar ta’sirida ko‘pgina
mavzular yangicha mushohada qilina boshladi. Haqqoniy talqini va tahliliga muhtoj
bo‘lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy oldi va bugungi kunga qadar ba’zi
konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda bu jarayon davom etmoqda.
Sovet davrida o‘rganish ta’qiqlangan, noto‘g‘ri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik
asosida - milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan o‘rganildi. Tarixiy tadqiqotlar
diapazoni kengayib, yangi ilmiy yo‘nalishlar vujudga keldi. O‘zbekistonning eng yangi
tarixi tarix fanida ana shunday yangi ilmiy yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Bu bevosita
milliy mustaqil davlatning tashkil topishi bilan vujudga kelib, zamonaviy tarixiy
jarayonlarning rivojini o‘rganish, tahlil qilish, tarixiy tajribani umumlashtirish va bu
orqali milliy o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgandir. ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi
hozircha institutsional xarakter kasb etgan emas, yoinki o‘z metodologiyasi,
tadqiqotchilik ishlari va o‘quv-uslubiy ta’minotiga ega bo‘lgan mustaqil fan
sohasigaajratilmagan. So‘nggi yillar davomida mamlakatimiz hayotida ro‘y bergan
voqealar ko‘lami va rivoji fan va ta’lim oldiga ularni tizimli mushohada qilish
masalasini ilgari surmoqda.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nihoyatda dolzarblashuvi munosabati
bilan 2012 yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Birinchi Prezidentining
―O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish
to‘g‘risida‖gi qarori qabul qilindi. Kengashning asosiy vazifalari qatoridan
―demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini, fuqarolik
jamiyatining asoslarini shakllantirishda «o‘zbek modeli»ning mohiyati va mazmunini,
inson huquqlari hamda erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo va
dinlararo totuvlikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda
O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ko‘rsatib berish‖ ham
muhim o‘rin oldi.
Mustaqillik yillarida tarix fani dolzarb muammolarini aniqlash, ilmiy jamoatchilikning
bu muammolar yechimini izlashdagi yondoshuvlari va faoliyatini aks ettirishda ilmiy
anjumanlar muhim o‘rin tutdi. Tarix fani nazariy-metodologik asoslarini, tarix
tadqiqotlariga yondoshuvlarni yangi davr talablari va mezonlari asosida ishlab chiqish,
uning oldida turgan vazifalarni aniqlashda bu muammolar muhokamasiga bag‘ishlab
o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning yangi tarixi: konseptual metodologik muammolar‖ (1999
y.); ―Novaya istoriya Sentralnoy Azii. Pereotsenka istorii, sovremennqe problemq i
podxodq‖ (2004 y.) mavzuidagi respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarning ahamiyati
katta bo‘ldi. 2013 yil may oyida Respublika Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil
etilgan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning dolzarb masalalari‖ga
bag‘ishlangan matbuot anjumanida bajarilgan ishlar sarhisobi ilmiy jamoatchilikka
taqdim qilindi, jamiyat rivojining yangi bosqichi ehtiyojlari tarixchilar oldiga jahon
tajribasidan kelib chiqib, tarix fanini yangi nazariy-metodologik darajaga ko‘tarish va
yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish zarurligi kabi vazifalar qo‘yildi. Tarix
tadqiqotlarini amalga oshirishning zamonaviy vositalaridan bo‘lgan turli fondlar bilan
ilmiy hamkorlik yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini bermoqda.
Chunonchi, Tarix instituti va Konrad Adenaur fondi bilan o‘zaro ilmiy hamkorlikda
bajarilayotgan ―Eng yangi tarix umumjahon jarayonlarining tarkibiy qismi sifatida‖
loyihasi doirasida o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o‘rganish‖
mavzuiga oid davra stolidagi (2014 yil, 24 sentyabr) ma’ruzalar va muhokamalar eng
yangi tarixning dolzarb masalalarini, tadqiqot usullarini aniqlashda tarixchilar
hamjamiyati uchun muhim ilmiy tadbir bo‘ldi. Ilmiy jarayonni tashkil etishda
dissertatsion tadqiqotlar ilmiy bilimlar rivojining ko‘rsatkichi ekanligini nazarda
tutadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning eng tarixiga oid ilmiy
bilimlarning to‘planishi va rivoji 1991-2012 yillar mobaynida himoya qilingan
dissertatsion tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi.
Mustaqillik tarixining turli jihatlari doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarining
mavzulari bo‘ldi. Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘rsatilgan yillarda O‘zbekiston tarixi
ixtisosligi bo‘yicha himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari nisbatida
O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘p
emas. Dunyoda ―O‘zbek modeli‖ deb e’tirof etilgan siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy va
madaniy sohalardagi tub islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, tarixiy
jarayonlar tarixchilar tomonidan qadam-baqadam o‘rganilib borildi va ilmiy tadqiqot
ob’ektiga aylandi. O‘zbekiston jamiyati hayotida kechayotgan demokratik o‘zgarishlar,
fuqarolik jamiyatini shakllantirish vositalari, ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga
kelishi va rivojlanishi kabi mavzular tarixchilar tomonidan o‘rganila boshlandi.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi o‘zgarishlar Respublika
viloyatlari va shaharlari misolida tadqiq etildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston
aholisining milliy xususiyatlari va demografik rivojlanishi jarayonlarini o‘rganish
dolzarb ahamiyat kasb etdi. Tarixiy o‘zgarishlarning demografik jarayonlarga ta’siri
hamda ularning turli jihatlarini tahlil etish mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, islohot larning ijtimoiy samarasini oshirishga
qaratildi.
Tarixchilar tadqiqot ob’ekti bo‘lgan ma’lum hududni mustaqillik yillaridagi
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish orqali iqtisodiy, agrar, madaniy
sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yoritdilar. Mazkur
tadqiqotlarning davriy chegarasi, manbaviy asoslari turlicha bo‘lishiga qaramay, bu
izlanishlarning umumlashmasi mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiy ijtimoiy va
madaniy jarayonlarini yaxlit bir manzarasini shakllantirishda muhim material bo‘lib
xizmat qiladi Mustaqillik davri ijtimoiy jarayonlarini turli jihatlarini ma’lum xronologik
doirada o‘rgangan tadqiqotlar vujudga keldi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li
ta’lim tizimini isloh qilishni taqozo qildi. Bu sohada O‘zbekiston o‘z milliy
strategiyasini ishlab chiqib, ta’lim tizimini isloh qilishning o‘ziga xos yo‘lidan bordi.
Ta’lim tizimidagi islohotlar jarayoni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ishlab
chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishi natijasidata’limning uzluksizligi, umumta’lim va
professional ta’limning chuqurlashib borishini yorituvchi, shuningdek O‘zbekistonda
ilm-fan rivojlanishi holati va taraqqiyot yo‘nalishlarini tahlil qiluvchi tadqiqotlar amalga
oshirildi. O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida millliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi
va rivojlanishi, madaniyat rivojining turli jihatlarini yorituvchi tadqiqotlar vujudga
keldi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar muvaffaqiyati
jamiyatning katta qismini tashkil etgan ayollar faolligiga bog‘liq ekanligi O‘zbekistonda
xotin-qizlar masalasida yangicha yondoshuvlar, muammolar yechimini izlash
zaruriyatini taqozo qilganligi G.G‘anieva tadqiqotida o‘rganildi.
Mustaqil O‘zbekistonda yoshlarga oid siyosatning ahamiyati va ularning mamlakat
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, milliy mustaqillik sharoitida talaba yoshlarda axloqiy
qadriyatlarining shakllanishi tadqiq qilindi. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar
tizimidagi o‘rni nomzodlik dissertatsiyalari mavzulari orasida eng faol o‘rganilgan
muammolardan bo‘ldi. O‘zbekistonda diplomatiya xizmatining shakllanishi va
rivojlanishi o‘rganish O‘zbekistonning sovet davri va mustaqillik yillaridagi tashqi
aloqalari tarixini qiyosiy tahlil etish orqali bu soha rivojida muhim o‘rin tutgan
omillarni aniqlash va tarixiy jarayonlarni umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqarish
imkonini berdi.
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi va Markaziy Osiyo mintaqasida
xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistonning o‘rni muammosi bir qator nomzodlik
dissertatsiyalarida tadqiq qilindi. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekistonning eng yangi tarixini
yaratish yo‘lida yosh mustaqil respublikaning mintaqadagi barqarorlikni ta’minlashda
jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini har tomonlama
qamrab olinishiga va ilmiy jihatdanyoritilishiga yordam beradi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda tizimli yondoshuvning shakllantirilishi,
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohadagi tub o‘zgarishlarni tadqiq qilishda har bir
jarayon xususiyatidan kelib chiqib ma’lum xronologik ramkalarni belgilab olish
maqsadga muvofiq bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqotlar, ularda mujassamlashgan
manbaviy ma’lumotlarni tanqidiy va tahliliy o‘rganish O‘zbekistonning eng tarixini
yaxlit manzarasini yaratishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz tarixchilarining
O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixiga doir izlanishlari natijalari shuningdek
ko‘plab maqolalar, risolalar, monografik tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekistonning mustaqillik davri masalalarini o‘rganishda faylasuflar, iqtisodchilar,
huquqshunoslar, sotsiologlarning izlanishlarini e’tirof etgan holda, ularning
tadqiqotlarida mujassamlashgan ma’lumotlar va xulosalarni tarixiy tadqiqotlarga jalb
qilish asnosida, fanlararo yondoshuvga asoslangan O‘zbekistonning eng tarixini yaxlit
yorituvchi asarning yaratilishi fursati yetdi. Bu asar jamiyat tarixiy tafakkurida
mamlakatimizning dunyoda munosib o‘ringa egaligi va O‘zbekiston tarixi umumjahon
tarixiy jarayonlarining ajralmas bir qismi ekanligi haqidagi tasavvurlarni
shakllantirmog‘i lozim. ‖
Har bir tarixiy jarayon shu jarayonlar sodir bo‘layotgan davrning mahsuli. Ma’lum bir
davrda xalq tafakkuri, intellektual salohiyati, buyuk maqsadlari va ulug‘ kelajakka
bo‘lgan ishonchlari shakllanadi. Voqeahodisalar, xususan, jamiyat bir holatdan ikkinchi
bir holatga o‘tayotgan, odamlar dunyoqarashida keskin burilishlar sodir bo‘layotgan,
natijada yaxlit jamiyat, butun xalq hayoti yangi mazmun kashf etayotgan bir jarayonda
tarixiy davrni butun ko‘lami, mahobati va mohiyati bilan o‘rganish fan oldidagi muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va
o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan
o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari yangi sahifa ochdi.
Mustaqillikning o‘tgan davri tarix bilan qiyoslaganda kapalak umridek qisqa. Biroq, ana
shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy,
ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq
kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning
mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon
sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat
bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi
tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon
qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum
mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi.
Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga
jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy
darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni
yuklamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni
bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar
samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo’ldi.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli,
haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy
adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga
qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini
to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy
va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib
etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan
tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday
borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi
davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli,
mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq
hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi
bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi
mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng
muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom
Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini
ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim
negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan. Sobiq tuzum davrida
davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi.
Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari,
har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik
tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar”
deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va
boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning
retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid
ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada
haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga
foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda
masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”.
Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb
etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni
talab etayotir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi vazifasi va ahamiyati O'zbekistonning zamonaviy
tarixini o'rganishning ahamiyati mamlakatning zamonaviy hayotiga bevosita ta'sir
ko'rsatadigan ijtimoiy ahamiyatga ega voqealarni tushunishga qaratilganligi bilan
belgilanadi. Ushbu voqealarning tarixiy ahamiyati nimada va ularning mohiyati nimada,
ulardagi ayrim siyosiy arboblarning roli nimada, ushbu voqealarning rivojlanishi uchun
qanday ssenariylar mavjud va bu voqealar zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog'liq? -
zamonaviy tarix javob berishi kerak bo'lgan savollar. Bundan tashqari, yaqin tarix
hozirgi zamon bilan bog'liq bo'lganligi sababli kelajak bilan bog'liq tendensiyalarni
ko'rish uchun muhim ahamiyatga ega.
O'zbekistonning eng yangi tarixi ilmiy bilimlar va o'quv sohasi sifatida bir qator muhim
vazifalarni bajaradi.
Ta'lim funksiyasi ilmiy va tarixiy bilimlarni o'zlashtirish, tarixiy narsalarni ko'rish
qobiliyatidan iborat zamonaviy O'zbekiston hududida jamiyatning rivojlanishi turli xil
ilmiy nazariy va uslubiy yondashuvlar va tushunchalar prizmasi orqali amalga
oshiriladi.Kognitiv va tarbiyaviy vazifa talabalarning mustaqil ish ko'nikmalarini
shakllantirish, ma'lumot izlash, turli manbalar bilan ishlash, ularni baholash,
attestatsiya, sharhlash va tahlil qilish tizimlari Ta'lim funktsiyasi fuqarolik pozitsiyasini,
qadriyatlarga yo'naltirilgan tarixiy xotirani va vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish
bilan bog'liq. Biz o'z tarixiga ega bo'lgan va ular bilan faxrlanadigan ko'plab o'zaro ta'sir
ko'rsatuvchi davlatlar, xalqlar va madaniyatlardan tashkil topgan dunyoda yashayapmiz.
Tarixiy ovozlarning ushbu polifoniyasi O'zbekiston ovozini o'z ichiga olishi kerak.
Uning ahamiyati shundan iboratki, odamlar tomonidan tarixiy o'ziga xoslikni yo'qotishi
va tarixiy xotirani beparvo qilish, boshqa xalqlarning ularga nisbatan munosabatiga ham
ta'sir qiladi. Shu sababli, O'zbekiston tarixini o'rganish bilimlar yig'indisini mexanik
assimilyatsiya qilish emas, aksiologik (qimmatli) rangli bo'lishi kerak - Vatanimizda
g'urur tuyg'usi, unga bo'lgan sevgi hissini shakllantirish. Yozish va evristik funktsiyalar
tarixiy bilimlar asosida kelajakdagi rivojlanish stsenariylarini bashorat qilishga imkon
beradi. Tarix fanining bashorat funktsiyasi prognozlarni amalga oshirish bilan bog'liq;
loyihani rejalashtirish - kelajak uchun stsenariylarni yaratish bilan, "mumkin bo'lgan
dunyolar" dizayni; evristik - ilmiy kashfiyotlardagi tarixiy bilimlarning roli, bashorat
orqali ilmiy bilimlarni kengaytirishda. Hozirgi kunni tahlil qilish va kelajakka kirish
o'tmishni bilmasdan iloji yo'q. Shunga qaramay, bir qator ta'limotlar tarixiy tadqiqotlar
asosida prognozlarga shubha bilan munosabatda bo'lishadi (masalan, bu ibora
britaniyalik faylasuf K. Popper tomonidan "Tarixni qidirish" asarida tan olingan) 20,
aksariyat sotsiologlar va siyosatshunoslar bilishadi. Ushbu turdagi prognozlarning
samaradorligi shubhasizdir.
O'zbekistonning eng yangi tarixini o'qitishning metod va yo’nalishlari
Tarixiylik prinsipi. Ushbu prinsipga ko'ra, tarixiy voqealar va jarayonlar ushbu voqealar
va jarayonlar qanday paydo bo'lganligi, qanday rivojlanganligi va ular nimaga olib
kelganligi nuqtai nazaridan qat'iy aniq tarixiy kontekstda ko'rib chiqilishi kerak.
Tarixiyizmning uslubiy prinsip sifatida talabi davrda paydo bo'ladi va rivojlanadi. O'rta
asrlar teleologizmiga qarshi bo'lgan ma'rifat (Viko, Volter, Russo, Diderot), keyin nemis
klassik falsafasida (Hegel, Marks), hayot falsafasida (Diltey) va falsafiy va tarixiy
fikrning boshqa sohalarida. Zamonaviy talqinda tarixshunoslik prinsipi tarixshunoslik
va jurnalistikada juda kamdan-kam uchraydigan hodisaga qarshi qaratilgan, bunda
mualliflar dunyoqarash g'oyalarini, xulq-atvor stereotiplarini va o'z davrlarining axloqiy
me'yorlarini tarixdagi voqealarni baholashda, unutish yoki ataylab e'tiborsiz qoldirishda
qo'llashadi. , o'rganilgan voqealar sodir bo'lgan joyda shuni ta'kidlash kerakki, tarixiylik
prinsipining uslubiy ahamiyati barcha tarixiy yo'nalishlarda tan olinmaydi. Shunday
qilib, n norozilik o'zgarganda (ingliz tilidan hozirgi kungacha) - G'arb
tarixshunosligining yo'nalishlaridan biri - tarixiy voqelik "haqiqatda" bo'lgani kabi qayta
tiklanmaydi, uni har bir tarixchi izohlaydi va quradi va har bir davr ushbu davrning
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi
(tushunchalar, baholashlar va boshqalar) o'tmishni tasvirlashga nafaqat yordam bera
oladi, balki doimiy ravishda aralashadi. Ko'plik prinsipi tarix nuqtai nazaridan ko'rib
chiqiladi. Uzoq vaqt davomida ko'plab tarixiy tadqiqotlar ikkilik radikalizm yoki
dixotomizm bilan tavsiflangan edi (bugungi kunda ham topilgan), tarixiy jarayonlar
"yoki-yoki" tamoyiliga ko'ra, "oq-qora" idrok prizmasi orqali baholanadigan joy
mavjud. faqat ikkita taxmin mavjud - ijobiy yoki salbiy; to'g'ri yoki noto'g'ri. Baholash
idrokining bu usuli barcha tarixiy davrlarga xos bo'lgan.
Dostları ilə paylaş: |