Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
pdf

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1.Tut ipak qurtida qanday sezgi organlari bor va ular qanday toifalarga bo‘linadi? 
2. Tut ipak qurtida ko‘rish organlari qanday tuzilgan va ular nerv tizimi bilan qanday
bog‘langan? 
3. Tut ipak qurtida eshitish, sezish va ta’m bilish organlari tuzilishi va ishlashi? 
4. Tut ipak qurtining tashqi rivojlanishiga qarab, uning ta’sirlarni qabul qilishi qanday
o‘zgaradi? 
5.Gormonlar nima va ular qurt organizmining rivojlanishida qanday ro’l o‘ynaydi? 
6.Tut ipak qurtida metamorfoz protsessining borishida tomoq usti gangliysining ro’li. 
7. Tut ipak qurtining tomoq usti va tomoq osti gangliylari tut ipak qurtining voltinligini qanday 
boshqaradi? 
 
 
2.7. Tut ipak qurtining ichagi va ovqat hazm qilishi


Har bir tirik organizmning asosiy hayot faoliyati moddalar almashinuvidan 
iborat. Moddalar almashinuvida, organizmni o‘rab olgan tashqi muhitdan bir 
moddani qabul qilib, uni o‘zlashtirish va u organizm tomonidan ikkinchi bir - 
keraksiz moddani ajratib chiqarish tushuniladi. 
Modda almashinuvi moddalarning o‘zaro o‘tishi, bir turdan ikkinchi turga 
aylanishi, moddalar sostavining o‘zgarishi faqatgina tirik organizmga xos emas. 
Anorganik tabiatdagi hamma narsa to‘xtovsiz o‘zgarib (kristallarning o‘sishi, 
adsorbsiya hodisasi, turli xil kimyoviy sintezlar) turadi. Shu bilan birga anorganik 
jismlar to‘xtovsiz bo‘linib, maydalanib va soddalashib turadi.
F.Engels “Anti-Dyuring” asarida tirik organizm va o‘lik jismlarda bo‘ladigan 
moddalar almashinuvidagi qat’iy farqni ko‘rsatib o‘tadi. F.Engelsning 
xarakteristikasiga ko‘ra, hayot hodisalarining hamma tirik mavjudotlarda bir xil 
bo‘lishiga sabab, eng avvalo,oqsil moddalar tashqi muhitdan o‘zi uchun mos 
bo‘lgan boshqa moddalarni oladi va ularni o‘zlashtiradi; bunda tananing birnecha 
keraksiz qismlari parchalanadi va ajralib chiqadi. Tabiiy jarayon natijasida 
anorganik jismlar ham o‘zgaradi, parchalanadi yoki umumlashadi, lekin hech 
qachon asl holiga aylanmaydi. Masalan, nurab tushgan qoya, endi avvalgi qoya 
bo‘la olmaydi, metall oksidlanishi natijasida zangga aylanib qoladi. 
Tirik organizm va anorganik jismlarda bo‘ladigan moddalar almashinuvi shu 
bilan farq qiladiki, moddalar almashinuvi jarayoni natijasida anorganik jismlar 
emiriladi, tirik organizmda bo‘ladigan moddalar almashinuvi esa ularning yashashi 
uchun zarur sharoitdir. 
F.Engels tirik organizm tanasida yuz beradigan moddalar almashinuvining 
sifat xususiyatlari uning tashqi muhitdan o‘zi uchun muvofiq keladigan moddalarni 
olish, ularni o‘zlashtirish layoqatiga bog‘liq, deb qaradi. Tirik organizmning tashqi 
muhit moddalariga nisbatan bunday tanlab olish xususiyati uning anorganik 
tabiatdagi jismlardan farq qiladigan muhim xususiyati hisoblanadi. 
Tirik organizmda bo‘ladigan moddalar almashish jarayoni juda turli-tuman 
va murakkabdir. 


Materialist biologlar moddalar almashinuvi hayotning hamma, ya’ni eng 
soddadan to eng murakkabgacha bo‘lgan omillarini belgilaydi deb, hisoblaydi. 
«Organizm shubhasiz,- deb yozadi Engels,- o‘zida bir butun mexanikani, fizikani 
va kimyoviy bog‘lab turuvchi eng oliy birlikdir, shunday ekan, bu uchlikni bir-
biridan mutlaqo ajratib bo‘lmaydi. Organizmda mexanik harakat oziqlanish, nafas 
olish, ayirish va boshqalar, hatto muskullar harakati ham tug‘ridan-tug‘ri fizikaviy 
va ximiyoviy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi». 
Binobarin, asosiy hayot mexanik, fizik va kimyoviy jarayonlarning ajralmas 
yig‘indisi hisoblanadi, buning natijasida organizm bilan uni o‘rab olgan tashqi 
muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi yuz beradi. Agar tashqi muhit bu 
jarayonlarning borishiga hal qiluvchi ta’sir etsa, bunda organizm ham o‘z faoliyati 
bilan tashqi muhitga ta’sir etadi. Tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi birlik ana 
shundan iboratdir. 
Organizmlar va tashqi muhit o‘rtasidagi hamda organizm ichidagi moddalar 
almashinuvi turli formada bo‘ladi. Oziqlanish, nafas olish, qon aylanish, nervlar 
faoliyati, muskullar yordamida amalga oshadigan harakatlar, sekret ishlab chiqarish 
va ayirish vazifalari, bioelektrik hodisalar va boshqa moddalar almashinuvining 
asosiy va umumiy formasi bo‘lib hisoblanadi. Harakat deganda, bunday holatda 
hayvon butun tanasining o‘zgarishinigina emas, balki organizm ichidagi 
harakatlantiruvchi hamma jarayonlarni tushunish lozim. Bunday jarayonlar ichak 
yo‘li muskullarining qisqarishi natijasida oziqning siljishi, qonning tomirlarda 
oqishi, nafas olish faoliyati, organizm ichida hamma moddalarning organdan-
organga, hujayradan-hujayraga o‘tishi, turli xil chiqindi va mahsulotlarning 
organizmdan tashqi muhitga chiqarib yuborilishi va boshqalar (qurtda -ekskrement, 
ipak chiqarish, po‘st tashlash vaqtida tashlanadigan po‘st va boshqalar)dan iborat. 
Moddalar almashinuvi bu ko‘p jarayonlardir, bunda bir butun organizm, 
uning hamma organlari va har bir hujayralari alohida ishtirok etadi. 
Tirik organizmning normal hayot faoliyati uchun har bir alohida organda, har 
bir alohida hujayrada bo‘ladigan jarayonlarning hammasi bir-biriga muvofiq


kelishi kerak. Ayrim organlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini nerv tizimi 
ham bajaradi. Bu to‘g‘rida biz oldingi boblarda gapirgan edik. 
Moddalar almashinuvini umumiy belgilariga qarab, quyidagi asosiy 
jarayonlarga bo‘lish mumkin: 
1) organizm uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarning tashqi muhitdan qabul 
qilinishi; 
2) bu moddalarning o‘zlashtirilishi, ya’ni ularning tana tarkibida mavjud 
bo‘lgan kimyoviy elementlar o‘rniga almashinishi yoki ulardan tananing yangi 
tarkibiy qismlarining tuzilishda yoki bo‘lmasa dastlabki ikki maqsad uchun 
energiya manbai sifatida foydalanish;
3) tana tarkibiga kiruvchi va yangi qabul qilingan elementga almashgan 
hamda energiya olish uchun foydalanilgan moddalarning oksidlanishidan hosil 
bo‘lgan parchalanish mahsuloti hisoblangan kimyoviy elementlarning ajralib 
chiqishi. 
Oziq moddalari ikkita asosiy, ya’ni qattiq va suyuq formada qabul qilinadi 
(ko‘pincha qattiq va suyuq qismlar kompleksidan iborat bo‘ladi). Bular oziq holida 
va gazsimon holda (kislorod va suv bug‘lari tarzida) foydalaniladi. 
Oziq moddalarini o‘zlashtirish, ya’ni tashqi muhitdagi moddalarning 
organizm tarkibiga kiruvchi moddalarga aylanishi, moddalar almashinuvining 
markaziy jarayoni hisoblanadi. Modda almashinuvi birinchi tomondan oziqni qabul 
qilish (kemirish, chaynash, so‘rish va boshqalar), uni parchalash va o‘zlashtirishga 
tayyorgarlik ko‘rishdan iborat. Bularning hammasi ovqat hazm qilishdir; ikkinchi 
tomondan esa nafas olishdir; bu jarayon natijasida organizmga kislorod va suv 
bug‘lari kiradi, bularsiz ovqat bilan birga kirgan moddalar hazm bo‘la olmaydi. 
Ovqat moddalarining parchalanishi shuning uchun zarurki, organizm 
murakkab organik moddalardan iborat bo‘lgan oziq-oqsil, uglerod va yog‘lardan 
bevosita foydalana olmaydi; ularning uncha murakkab bo‘lmagan moddalarga 
parchalanishi suvda erib ketishiga imkon beradi, oziq moddalari shunday eritma 
ko‘rinishida ichak devorlariga so‘riladi, so‘ngra olingan oziq moddalari 


gemolimfaga o‘tib, u orqali organlarga, to‘qimalarga va ayrim hujayralarga boradi; 
oziq tarkibidagi oddiy moddalar, bu yerda oqsil, uglevod va yog‘larning mazkur 
organizm uchun xos bo‘lgan formasini hosil qilish uchun qurilish materiali sifatida 
foydalaniladi. Bu moddalar mazkur organizm hujayrasi va uning qismlarining hosil 
bo‘lishida hujayralarning maxsus suyuqlik ajratishida va, nihoyat, organizmning 
hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy va issiqlik energiyasi hosil bo‘lishida 
yordam beradi. 
Moddalarning bunday o‘zgarishi nafas olish vaqtida olinadigan kislorod 
ishtirokida bo‘ladi. Natijada parchalangan oqsillardan, faqatgina aminokislotalar 
hosil bo‘ladi. Bu aminokislotalardan yangi oqsillargina emas, balki boshqa organik 
birikmalar uglevodlar va yog‘lar ham hosil bo‘lishi mumkin. Organizm o‘zi uchun 
zarur bo‘lgan organik moddalarni eng oddiy moddalardan sintez qilib oladi. Bunda 
sintezlarni laboratoriya sharoitida hozircha mutlaqo qilib bo‘lmaydi, chunki 
organizmda juda kam energiya sarf bo‘lgani holda haddan tashqari tez sintez 
jarayon yuz beradi. 
Moddalar almashinuvining boshqa bir bosqichi parchalanish hisoblanib, 
buning natijasida birinchidan to‘qima va hujayralar hosil bo‘lgan moddalar, 
ikkinchidan, oksidlanishidan organizm uchun zarur bo‘lgan energiya beruvchi 
moddalar hosil bo‘ladi va parchalanish mahsulotlari ajralib chiqadi. Lekin 
parchalanish mahsulotlari hamma vaqt ham tanadan tezda chiqarib tashlanadigan 
oddiy chiqindilar hisoblanmaydi. Bularning ko‘pchiligi organizmning normal 
faoliyati uchun juda zarurdir. Masalan, teri qoplami, uning kutikula qavati terining 
hujayrali qavatini tashkil etuvchi hujayra dissimilyasiyasining mahsuloti 
hisoblanadi; po‘st tashlash vaqtida u ham qurt tanasidan ajralib tashqi muhit 
moddasiga aylanadi. Lekin tushib ketgunga qadar u skelet rolini va organizmni 
tashqi muhitning noqulay omillaridan (ayniqsa, organizmga mikroblar kirishdan 
saqlaydi) himoya qilish rolini o‘ynaydi. 
Qurtda moddalar almashinuvining bunday jarayonda borishiga muvofiq 
keladigan ixtisoslashgan qator organlar mavjud. Oziqni kemirish va yutish 


vazifasini og‘iz bo‘shlig‘i, unga tutashgan jag‘lar va og‘izning boshqa qismlari 
bajaradi. Oziq ichakda hazm bo‘ladi va so‘riladi. Ichakning orqa qismida esa 
chiqindilarning bir qismi to‘planadi va chiqarib tashlanadi. Tashqi muhitdan 
gazsimon moddalarning yutilishi va ularning ajralib chiqishi nafas olish organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Ichak so‘rib olgan oziq moddalar qon aylanish tizimi 
orqali tananing hamma qismiga yetib boradi.Gemolimfada qisman oraliq 
almashinuv bo‘lib o‘tadi, ya’ni organizmga kirgan birikmalar, hujayralar ko‘proq 
foydalana oladigan boshqa formaga aylanadi va boshqa organlardagi ortiqcha oziq 
moddalari, oziq moddalar yetmagan organlarga qisman sintez qilinadi. 
Gemolimfaga hujayralardan parchalanishning asosiy mahsulotlari kelib tushadi, 
buni u maxsus ayiruvchi organlar- Мalpigiev naylariga va yog‘ tanachalariga 
yetkazib beradi; parchalanishdan hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotlarning bir 
qismini- SO

va suv parlarini gemolimfa tashqi teri qoplamiga yetkazsa, bu yerdan 
ular tashqariga chiqarib yuborilishi kerak. 
Oziqlanish organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasida boradigan moddalar 
almashinuvining muhim jarayonlaridan biridir. 
Tirik organizmlarning hammasi ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga 
anorganik moddalarni o‘zlashtira oladigan va ularni «qayta ishlab» o‘z organizmini 
tuza oladigan organizmlar kiradi. Bu gruppaga, asosan, oziq moddalarini 
o‘zlashtirish uchun quyosh nuridan energiya manbai sifatida foydalanadigan 
o‘simliklar, o‘simliklar kabi anorganik moddalar (asosan, karbonat angidrid)ni 
o‘zlashtira oladigan bakteriyalarning ayrim turlari kiradi. Bu bakteriyalar boshqa 
ichki oksidlanish jarayonlari natijasida hosil bo‘lgan energiyadan kimyoviy ichki 
reaksiyalar uchun energiya manbai sifatida foydalanadi. Anorganik moddalarning 
organik moddalarga aylanishi uchun quyosh nurlari energiyasidan foydalanish 
jarayoni fotosintez, ichki kimyoviy jarayonlar natijasida ajralib chiqarilgan 
energiyadan foydalanish esa 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin