Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Ўтилган мавзуни мустаҳкамлаш учун саволлар



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
pdf

Ўтилган мавзуни мустаҳкамлаш учун саволлар. 
1.Тут ипак қуртида неча жуфт кўз мавжуд? 
2 Тут ипак қуртининг кўзлари қайирида жойлашган , томоқ усти тугунининг 
кўриш қисми нима орқали боғланган бўлади? 
3. Тут ипак қуртининг сезги органларига қайси органлари киради? 
2.6. Tut ipak qurtining ichki sekretsiya organlari
Har qanday tirik hujayra uchun ikkita jarayon xarakterlidir. Birinchidan, qabul 


qilingan moddalarni o‘zlashtirish va ikkinchidan, uning hayot faoliyati natijasida hosil 
bo‘lgan moddalarni ajratib chiqarishdir. Boshqacha aytganda,ajratish har bir 
hujayraning xususiyatidir. Agar ko‘pchilik hujayralar o‘zidagi jarayonlar natijasida 
hosil bo‘lgan chiqindilarni ajratsa, ayrim guruh hujayralar boshqa hujayralarga ta’sir 
etuvchi alohida moddalar ajratib chiqaradi. Bu bilan ularda borayotgan jarayonlarning 
o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi,bu esa o‘z navbatida butun organizmda bo‘layotgan 
hamma fiziologik jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu hamma hujayralarning 
odatdagi ajratadigan moddalari boshqa hujayralarga ta’sir etmaydi, degan so‘z emas. 
Organizmda bo‘ladigan hamma jarayonlar o‘zaro bog‘liq organizmning hamma qismi 
bir-biriga doimiy unday yoki bunday yo‘l bilan ta’sir etib turadi. Lekin hayvon 
tanasining tuzilishida, uning o‘sish va rivojlanish jarayonlarida ma’lum ro’l o‘ynovchi 
maxsus hujayralar, organlar va bezlar borki, ular maxsus organlar faoliyatining 
mahsulidir. Bu to‘g‘rida biz oldingi mavzularda gapirgan edik. Ipak ham alohida 
ajratuvchi organlar - ipak ajratuvchi bezlar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu ikki 
holatda ham, boshqa holatdagi kabi, ajratadigan mahsulot (modda) tashqi muhit 
ta’siriga qurtning qaytargan javobi natijasida bo‘ladi. 
Organlarning yana bitta toifasi borki, bu organlar o‘sish va rivojlanish ichki 
jarayonlarning borishiga ta’sir etuvchi maxsus kimyoviy moddalar ajratadi. Bu 
moddalar yangi jarayonlar hosil qiladi yoki, aksincha, ularning hosil bo‘lishiga 
to‘sqinlik qiladi. Bu organlar ichki sekretsiya organlari, ular ajratadigan moddalar esa 
gormonlar deb ataladi. 
Hasharotlarning gormonli faoliyati kam o‘rganilgan bo‘lsa ham, hozirda shu 
narsa ravshan bo‘ldiki, po‘st tashlash, metamorfoz, jinsiy yetilish va voltinlikning 
o‘zgarishi kabi jarayonlar har xil ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan gormonlar 
ta’sirida amalga oshadi va boshqariladi. Gormonlarning ta’siri murakkab va spetsifik 
xarakterga ega, agar bir xil gormonlar rivojlanishning u yoki bu jarayonlarini hosil qilsa, 
boshqa gormonlar, aksincha, bu jarayonlarni yoki dastlabki gormon ajratuvchi bezlar 
faoliyatini to‘xtatish qobiliyatiga ega. Rivojlanishning turli xil jarayonlari bir xil ichki 
sekretsiya bezlari ajratgan gormonlar ta’sirida yuz berishi ham ma’lum. Binobarin, bitta 


gormonning o‘zi organizm holatiga qarab turlicha jarayonlar hosil qiladi yoki ichki 
sekretsiyaning bitta bezi turlicha ta’sir etuvchi gormonlar ajrata oladi. 
Masalan, qurtning po‘st tashlashi va metamorfozi tomoq usti tugunlari ishlab 
chiqargan gormonlar ta’sirida amalga oshadi. Bu gormonlar gemolimfada saqlanib, 
qurtlarning po‘st tashlashida ishtirok etadi. Bu gormonlarning qurt organizmiga aktiv 
ta’sirini simpatik nerv tizimiga kiruvchi va tomoq nervlarida joylashib tomoq usti 
tugunlaridan orqaga ketuvchi alohida nerv hosilalari ajratgan gormonlar to‘xtatoladi 
.Bu to‘g‘rida biz nerv tizimini bayon qilganda gapirgan edik. Bular yondosh tana deb 
ataladi.
Hozirchalik bu yondosh tanalar tormozlovchi gormonlar ishlab chiqaradi, 
tomoq usti gangliylari ajratgan boshqa gormonlar esa faqat po‘st tashlashda ishtirok 
etadi. Agar qurtdan yondosh tana, ya’ni tormozlovchi gormon ajratadigan organ olib 
tashlansa, qurtning yoshidan qat’iy nazar, organizmda po‘st tashlash o‘rniga 
metamorfoz sodir bo‘ladi. Bu ish qurt uch yoshdaligida, ya’ni tuxumdan chiqqanidan 
13-14 kun keyin o‘tkazilsa, u normal rivojlanganidagi kabi ichaklarini bo‘shatadi, 
kichkina, lekin yupqa devorli to‘g‘ri pilla o‘raydi va unda g‘umbakka aylanadi. Bu 
pillaning og‘irligi normal holdagi pillaning og‘irligidan bir necha marta kam bo‘ladi. 
Bu ishdan so‘ng qurtning to‘rtinchi yoshida g‘umbaklari nisbatan yirik bo‘lgan, 
kapalaklari esa kichkina bo‘lishiga qaramay, normal kattalikdagi tuxumlar qo‘ygan. 
Po‘st tashlash va metamorfozning boshlanishi faqatgina tomoq usti gangliysining 
ajratuvchi faoliyatiga bog‘liq bo‘lmay, balki birinchi ko‘krak bo‘g‘imida joylashgan 
alohida bezning (protorkal bezning) faoliyatiga ham bog‘liqligi gormonal 
protsesslarning murakkabligini ko‘rsatadi

Tomoq 
usti 
tugunining 
gormon 
ajratish 
vazifasi, 
gemolimfada 
gormonlarning bo‘lishi, tomoq usti gangliysini olib tashlash va gemolimfani bir 
qurtdan, ikkinchi qurtga quyish tajribasi orqali isbotlangan. Birinchi tajribada 
tomoq usti tuguni olib tashlangan yoki qurt tanasi undagi gemolimfa tananing 
oldingi qismidan keyingi qismiga oqib tushmaydigan holda o‘rtasidan 
ko‘ndalangiga bog‘langan. Tomoq usti tuguni olib tashlanganda metamorfoz 


mutlaqo bo‘lmaydi, qurt tanasi ko‘ndalangiga o‘rtasidan bog‘langanda tananing 
oldingi qismi g‘umbakka aylana boshlaydi, keyingi qismi esa qurtligicha 
qoladi.Bunday natijalarni gemolimfada metamorfoz gormonlari yetarli miqdorda 
to‘planmagan holdagina olish mumkin. Bu ish qurt voyaga etgan davrda o‘tkazilsa 
gemolimfada metamorfoz gormonlari to‘planib qolganidan yuqorida bayon etilgan 
hodisalar yuz bermaydi. Po‘st tashlashga tayyorlanayotgan qurtdan gemolimfa olib, 
yaqin kunda po‘st tashlashga kirishmaydigan qurtga quyish tajribasi ham juda 
qiziqarlidir. Bunday holda retsipient deb ataladigan - gemolimfa quyilgan qurt tezda 
po‘st tashlay boshlaydi. Binobarin «donor» (gemolimfasi olingan qurt)ning 
gemolimfasida po‘st tashlashga kirishmagan qurtning po‘st tashlashiga yordam 
beradigan gormon to‘planadi. 
Bunday hodisa, monovoltin zotlar, diapauzasining gormonal tabiatini 
aniqlash tajribasida ham ko‘rildi. Diapauza tomoq osti gangliysiiing gormonal 
faoliyati natijasi hisoblanadi, lekin bu faoliyat bu holda 
«miya»
vazifasini 
bajaruvchi tomoq osti tuguni tomonidan boshqarilishi aniqlangan. Kapalakka 
aylangan vaqtda diapauzani o‘tmagan tuxum qo‘yishi lozim bo‘lgan bivoltin 
zotining qurtiga shunday zotdan bo‘lgan qurtning tomoq osti gangliysi olib 
o‘tkazilsa, bu tomoq osti gangliysining faoliyati tomoq usti gangliysi faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lmaganidan tuxumlarni diapauzaga kiritadigan gormonlarni osongina 
ajratadi. Biroq shunday gangliyni ularni bog‘lab turuvchi tomoq oldi 
komissuralarini saqlagan holda «miya» bilan birga o‘tkazilsa, birinchi holatdagi 
kabi natija olinmaydi, ya’ni «miya» tomoq osti gangliysi faoliyatini boshqarib 
tuxumlarda diapauza hosil qiluvchi garmonlarning ajralib chiqishini tormozlaydi. 
Uchinchi variantda «retsepient»ga komissurasi kesilgan gangliy va «miya» 
o‘tkazilsa, ya’ni «miya» tomoq usti gangliysi bilan nerv orqali bog‘lanmasa 
yangidan diapauzani o‘tgan tuxumlar olingan. Bu tajribalarning hammasi diapauza 
gormoni tomoq osti gangliysi ajratishini, lekin uning faoliyatini «miya» (tomoq usti 
gangliysi) boshqarib borishini ko‘rsatdi. «Miya»ning tormozlovchi faoliyati o‘z 
navbatida, birinchidan, mazkur hasharot turining irsiy xususiyatlariga, ikkinchidan, 


bu hasharotning ko‘paygan sharoitiga bog‘liq, chunki bivoltin va polivoltin 
zotlarning kapalaklari, g‘umbagi va qurtini saqlash va qo’ygan tuxumlarini ochirish 
sharoitiga qarab diapauzani o‘tgan yoki diapauzani o‘tmagan tuxum qo‘yadi. 
Boshqacha qilib aytganda, tomoq usti gangliysini shuning uchun ham miya deb 
aytish mumkinki, u organizm rivojlanishining hamma sharoitini qabul qilib, ularni 
«xotirlaydi» va tashqi sharoit ta’sirlariga muvofiq tomoq osti gangliysining 
gormonik faoliyatini tormozlaydi yoki aksincha, qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, 
organizmning gormonli faoliyati kasallik oqibatida o‘zgargan yoki buzilgan 
bo‘lishi mumkin; bunday holda pilla va kichkina g‘umbaklar uchraydi; bu belgilar 
tut ipak qurti yuqumli kasalliklar (liqoq va pebrina) bilan kasallanganligini 
ko‘rsatadi. 
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘ldiki, gormonlar ipak qurtining 
rivojlanish jarayonida katta ro’l o‘ynaydi. Bunday gormonlar ajratish nerv 
tizimining faoliyati bilan bevosita bog‘liq, ularni ishlab chiqaruvchi organlar ham 
sezish organlari kabi nerv tizimining ajralmas qismidir. Binobarin, hasharotning 
nerv tizimi markaziy periferik va simpatik sistemalar, sezish organi va ichki 
sekretsiya organlaridan iborat. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin