Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə69/84
tarix12.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#57750
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
fiziologiya

Hazm kanalining harakatlari.

Odam ovqatlangandan 15 minutdan so`ng ichak mushaqlari qiskarib, ichak harakatlana boshlaydi. U uch xil peristal’tik, segmentli, mayatniksimon harakatlanadi. Ichak harakatlanganda ovqat massasi korishadi, to`g`ri ichak tomonga harakatlanadi, Ichakning reflektor yo`lidan kisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta`sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat butkasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-30 soat atrofida o`tadi.



So`rilish

Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta`sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan holga kelgandan so`ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so`riladi. Oshqozonda suv, alkogol’, ba`zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so`rila boshlaydi. Yangi tug`ilgan bolalarda oshqozon ko`proq ovqat moddalari so`riladi. Yosh ortishi bilan so`rilish kamayadi. Ichakning shilliq qavatida juda ko`p miqdorda so`rgichlar bo`ladi. (Har bir mm2 22-40 ta). Ichak so`rgichlarining qisqarishini piyoz, chesnok va kalampir 5 marta tezlashtiradi. So`rgichlar qon tomirlariga juda boy. Oqsillar ichak devorlaridan aminokislotalari holida, uglevoddan suvda erigan monosahariddan, yog`lar esa yog`` kislotasi va glitsirin holida qon va limfaga so`riladi. Bolalarda ichakdan juda oz miqdorda oqsillar so`riladi. Suv va uglevoddan yug`on ichak devorlaridan yaxshi suriladi (katta odamlarda). Bolalarda ichakdan aminokislotalar va monosaharidlarni so`rilishi katta odamdagi so`rilishga nisbatan tez bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan so`rilish kamayadi. Shuningdek tuzlarning so`rilishi ham susayadi. Tuzlarning so`rilishi maktab o`quvchilarida bog`cha bolalariga nisbatan 2 marta ortiq. Jinsiy balog`at yoshida so`rilish yana kamayadi. Issiq sharoitda bolalarning ovqatlanish vaqti va gigienasiga e`tibor berish kerak.


Bu sharoitda bog`cha yoshidagi bolalarda yog``ning hazm bo`lishi kiyinlashadi, chunki yo`qori temperaturada oshqozon, ichak, me`da osti bezidan shirani ajralishi, oshqozon shirasining kislotaligi juda kamayib ketadi. Buning natijasida ba`zi qiyin hazmlanadigan ovqat moddalari hazm bo`lmay, hazm kanallida chiriy boshlaydi. Buning natijasida bola turli mikroblarga qarshi ko`rash qobiliyatini susaytiradi va u dizenteriya, dispepsiya kasalliklariga yo`liqadi.

Ovqat hazm kanalida hazm bo`lganidan so`ng chiqindi moddalar najas bo`lib, yug`on ichakka yigiladi. Defikatsiyaning asab markazi orqa miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashki sfinter ixtiyoriy.

Bolalar orasida oshqozon-ichak kasalliklari 1 yoshgacha-40%, 5 yoshgacha 30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto`g`ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining bo`zilishi, issiq sharoit og`riq bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish tizimsining harakterli belgisi: shillik, qavati nozik, qon va limfa tomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa oshqozon-ichak traktining tez yallig`lanishiga va kasallikning og`ir kechishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o`tishini ta`minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo`ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va tozalanmaydi va zaharli moddalarning hosil bo`lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon ichak kasallarini keltirib chiqaradi.


Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin