Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Tayanch - harakat organlarining gigiyenasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə114/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

7.6. Tayanch - harakat organlarining gigiyenasi


Qaddi qomat va uning kamchiliklari. Har bir odam o’z tanasini odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deyiladi. Qad-qomat shakllanishida ayniqsa umurtqa pog’onasining, ko’krak qafasi, qo’l va oyoqlar suyaklari hamda tana muskullarining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Odam qad-qomatining to’g’ri bo’lishi muskullar tonusiga, asab tizimining holatiga, hayoti mobaynida gavdasini tutishiga, jismoniy mashq bilan shug’ullanish darajasiga, turli kasalliklarga chalinuvchanligiga bog’liq. Anatomik nuqtai nazardan, mutadil qad-qomat deyilganda, umurtqa pog’onasi bir me’yorda to’lqinsimon, bosh va bo’yining tanaga nisbatan to’g’ri va tik, ikkala yelka va ikkala ko’krak bir tekislikda, qorin bir oz ichga tortilgan, ko’krak qafasi bir oz qorindan oldinga chiqib turgan, oyoqlari tik va to’g’ri holatda bo’lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, tizzalar bir-biriga tegib turadigan holat tushuniladi.
Qad-qomatning noto’g’ri shakllanishi bir necha xil bo’ladi: cho’zilgan, egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo’lishi tufayli yuzaga keladi.
Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib, orqa yelka qismi do’mbayib, bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, ko’krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat umurtqa pog’onasining bel qismi me’yordan ko’proq oldinga bukilishi, bo’yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi.
Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, ko’kraklari ham past, baland, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Bunday odam gavdasini to’g’ri va tik tuta olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo’ladi (rasmga qarang). Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak.
Qad-qomatning to’g’ri shakllanishiga bola tug’ilishidan boshlab e’tibor berish lozim. Yangi tug’ilgan bolaning oyoq-qo’llarini to’g’ri parvarish qilish, to’g’ri yo’rgaklash, beshikda yotganda oyoq-qo’llarini to’g’rilab bog’lash, ko’krak qafasini qattiq qisib bog’lamaslik kerak. Bola bir yoshda yura boshlaydi. Bu davrdan boshlab bolaning qad-qomatiga ye’tibor berish lozim.
Bolani olti oylik bo’lguncha o’tqizmaslik, o’n oylik bo’lguncha oyog’ida uzoq vaqt tik turg’izmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog’onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo’lganligi sababli tana og’irligini ko’tara olmasdan, qiyshayib qolishi mumkin.
4-5 yoshgacha bo’lgan bolalalarni katta odamlar uzoq vaqt qo’lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko’tarilishi tufayli umurtqa pog’onasi egrilanib qolishi mumkin. Bolaning 6-7 yoshdan qad-qomati shakllana boshlaydi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari uzoq vaqt bir joyda o’tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og’ir buyumlarni ko’tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo’lida ish bajarmasligi, bo’ylariga mos parta, stol-stullarda o’tirishi kerak. O’quvchilar parta, stol-stulda o’tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o’tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyang’ichiga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo’g’imida to’g’ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko’krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm. ga yaqin masofa bo’lsin.
Yurganda boshni tik tutib, o’rtacha qadam tashlash, lapanglab, bir qo’lni cho’ntakka solib, qiyshayib yoki uyalib, engashib yurmaslik, mehnat darsida gavda holatini, mehnat turini tez-tez o’zgartirib turishi kerak. Bolalar va o’smirlarda ko’pincha tovuq ko’krak, etikdo’z ko’kragi, skoliozning turli shakllari, yassi oyoqlik, muskullarni yetarli rivojlanmasligi, bo’g’imlarning kasallanishi kabi nuqsonlar tufayli qad-qomat buziladi. Bola yoki o’smirni oyoq kiyimining tor yoki keng bo’lishi ham qad-qomatning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Bolaning tunda uxlashiga ham e’tibor qaratish lozim. Bola gadasini to’g’rilab tekis joyda, biroz qattiq o’rin ko’rpada uxlashi kerak. Ba’zi bolalar gujanak bo’lib uxlaydilar. Bunday holat ham qad-qomatga ta’sir qiladi, bolalar va o’smirlar qad-qomatni to’g’ri shakllanishiga yordam beradigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga yoshlikdan o’rgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda suzish, voleybol, turnikda tortilish va boshqalar.
Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning ko’rinishi o’zgarmasdan, balki u ichki organlar (o’pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilarning) rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun shu yoshgacha o’smirlar yuqorida ko’rsatilganlarga amal qilsalar ularning qad-qomatlari to’g’ri va chiroyli bo’lib shakllanadi.
Bolani qad-qomatini to’g’ri shakllanishini ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar tizimli ravishda kuzatib borishlari, zarur bo’lganida turli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.
Skolioz tayanch-harakat apparati kasalliklariga kiradi, u umurtqa pog’onasining yon tomonga qiyshayishidir. Kasallik o’z vaqtida davolanmasa, uzoq yilga cho’ziladi va oqibat natijada ko’krak qafasi bo’shlig’idagi hayotiy muhim organlarga zarar yetadi. Bu kasallikda ko’pincha umurtqa pog’onasining shakli buziladi. Skoliozning og’ir-yengil kechishi umurtqa pog’onasining qanchalik qiyshayganiga bog’liq. Qobirg’alar uchining bir oz bo’rtganligi 10° qiyshayishi skoliozning birinchi darajali belgisi qovurg’alarda bukirlik hosil bo’lib qiyshayish burchagi 30° gacha bo’lsa ikkinchi darajali, qiyshayish burchagi 30-50° bo’lganda skoliozning uchinchi darajasi va nihoyat qiyshayish burchagi 50° dan ortsa, skoliozning to’rtinchi darajasi rivojlangan bo’ladi.
O’quvchilar o’qish jarayonida umurtqa pog’onasining juda zo’riqishi skoliozga sabab bo’ladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida, maktab internatlarda shifokorlar, biologiya o’qituvchilari o’quvchilarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turishi, o’quv muassasalarida o’quvchilarning o’qishi, mehnat qilishi uchun talab qilingan gigiyena sharoiti yaratib berilishi shart. Ayniqsa bog’cha, kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirib, skolioz bor yo’qligini aniqlash va zo’rayib ketmasligi uchun chora-tadbirlar ko’rish muhim ahamiyatga ega.
Noto’g’ri o’tirish natijasida umurtqa pog’onasining yon tomonga egilishi (skolioz). Bolalar va o’smirlar tez o’sib rivojlanadilar. Bu davrda ularning ovqatlanishiga katta ye’tibor berish kerak. Bolalar ovqatida vitaminlar, ayniqsa vitamin D, tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) yetarli bo’lmasligi, oyoq suyaklarini noto’g’ri shakllanishiga sababchi bo’lishi mumkin. Buning oqibatida oyoqlar X simon yoki O simon qiyshayadi.
Oyoqlarning X-simon shaklida oyoqning tizza qismlari bir-biriga tegib turganda tovonlar bir-biridan uzoqlashadi. Oyoqlarning O-simon shaklida, aksincha tovonlar bir-biriga tegib turganda, tizzalar bir-biridan yiroqlashgan holatda bo’ladi.
Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga ko’ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko’proq qismi o’yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo’ladi. Tovon va panjalarning bunday tuzilishi tana og’irligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta’minlaydi.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin