Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Kichik qon aylanish doirasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə143/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Kichik qon aylanish doirasi. Yurakning o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanadi. O’pka arteriyasi orqali vena qoni o’pka kapillyarlariga olib boriladi. O’pkada kapillyarlar bilan o’pka alveolalari havosi orasida gazlar almashinuvi kechadi. O’pkadan to’rtta o’pka venalari orqali arterial qon chap bo’lmachaga qaytariladi. Chap bo’lmachada qon aylanishining kichik doirasi tugaydi. Chap bo’lmachadan qon chap qorinchaga tushadi va qaysiki u yerdan katta qon aylanish doirasi boshlanadi.
Yurakning tuzilishi. Yurak ikkita bo’lmacha va ikkita qorincha: to’rtta kameradan iborat kovak organdir. Yurakning o’ng va chap qismlari bir-biridan uzluksiz to’siq bilan bo’lingan. Bo’lmachalardan qorinchalarga, qon to’siqlardan bo’lmacha va qorinchalar orasidagi teshiklardan o’tadi. Teshiklar klapanlar bilan jihozlangan bo’lib, ular faqat qorinchalar tomonga ochiladi. Klapanlar tutashuvchi tabaqalardan hosil bo’ladi va shuning uchun ham tabaqali klapanlar deb ataladi. Yurakning chap qismidagi klapanlar ikki tabaqali bo’lsa, o’ng tomondagisi uch tabaqalidir.



41-rasm. Yurakning o’tkazuvchi tizimlarini chizmali ko’rinishi.
1-sinus tuguni(Kis-Flek tuguni); 2-bo’lmacha-qorinchalar oldi tuguni(Ashoff-Tavara tuguni); 3-Giss tutami; 4- va 5-uning o’ng va chap oyoqchalari; 6-Giss tutami oyoqchalarining tarmoqlanish uchlari(Purkinye tolalari).
Chap qorinchadan aortaga va o’ng qorinchadan o’pka arteriyalariga chiqish joyida yarim oysimon klapanlar joylashgan. Yarim oysimon klapanlar qonni qorinchalardan aortaga va o’pka arteriyasiga chiqishiga imkon beradi va qonni tomirlardan qorinchalarga qaytib kirishiga qarshilik ko’rsatadi.
Yurak klapanlari qonni faqat bir tomonga qarab harakatlanishini ta’min etadi, bo’lmachalardan –qorinchalarga, qorinchalardan esa –arteriyalarga.
Yurakning yuqorigi kengaygan qismini asos, qisqargan pastki qismini esa –yurak uchi deb yuritiladi.
Odam yuragining massasi 250 g dan 360 g ni tashkil etadi.
Yurak to’sh suyagini orqasida qiyshiq yotadi. Uning asosi orqaga, yuqoriga va o’ngga yo’nalgan bo’lsa, uning uchi esa – pastga, oldinga va chapga yo’nalgan bo’ladi. Yurakning uchi ko’krak qafasining oldingi qismini v-chap qovurg’alar orasida yotadi: ana shu yerda yurak qisqargan paytda yurak zarbi yoki turtkisi seziladi.
Yurakni devorlarining asosiy massasini kuchli muskullar – miokard tashkil etadi va ular maxsus turdagi ko’ndalang talg’ir muskul to’qimasidan iboratdir. Yurakning turli qismlarida miokardning qalinligi turlichadir. U bo’lmachalarda ancha nozik va yupqa (2-3 mm), chap qorincha esa juda kuchli muskulli devorga ega, u hatto o’ng qorinchaga nisbatan 2,5 martaga qalindir.
Yurak muskullarining asosiy massasi yurakga xos bo’lgan –tipik tolalar bilan namoyon bo’ladi, qaysiki ular yurak bo’limlarini qisqarishini ta’min etadi. Ularning asosiy funksiyasi – qisqaruvchanlik. Bu tipik ishchi yurak muskulaturasidir. Bundan tashqari yurak muskullarida tipik tolalar ham mavjud. Yurakdagi qo’zg’alish va uning bo’lmachalardan qorinchalarga o’tkazilishi atipik tolalarning faoliyati bilan bog’liq.
Yurak muskullarining atipik tolalari qisqaruvchi tolalardan o’zining tuzilishi va fiziologik funksiyalari hamda xususiyatlari bilan farq qiladi. Ularda ko’ndalang talg’irligi juda zaif ko’rinadi. Lekin yengil qo’zg’aluvchan va zararli ta’sirlarga juda turg’unlik xususiyatlari yuqoridir. Muskullarning atipik tolalarining yuzaga kelgan qo’zg’alishni yurak bo’ylab o’tkazish xususiyati uchun uni yurakning o’tkazuvchi tizimlari ham deyiladi.
Hajmi bo’yicha tipik bo’lmagan muskullar yurakning uncha katta bo’lmagan qismini tashkil etadi. Atipik muskullarning yig’ilgan joyi tugunlar deb ataladi. Shunday tugunlardan biri o’ng bo’lmachada, yuqorigi kovak venaning qo’yilish joyida joylashgan. Bu sinus –bo’lmacha tuguni yoki Kiss-Flek tuguni. Aynan ana shu tugunda sog’lom odamlarni yuragining qisqarish ritmini aniqlovchi qo’zg’alish impulslari hosil bo’ladi. Ikkinchi tugun o’ng bo’lmacha va qorinchalar orasidagi yurak to’siqlarida joylashgan – bu esa bo’lmacha, qorinchali tugun yoki Ashof Tavar (atrioventrikullyar) tuguni deb yuritiladi. Yurakning bu oblastdan qo’zg’alish bo’lmachalardan qorinchalarga qarab tarqaladi.
Bo’lmacha –qorinchalari tugunidan qo’zg’alish bo’lmacha –qorinchalarni o’tkazuvchi tizim tolalari (Giss bog’i) bo’ylab qorinchalar orasidagi to’siqlarda joylashgan. Bo’lmacha –qorinchalar bog’ining dastasi ikkita oyoqchalarga bo’linadi, ulardan biri o’ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga yo’nalgan bo’ladi.
Atipik muskullardan qo’zg’alish yurakning qisqaruvchi muskul tolalariga atipik muskullar guruhiga kiruvchi tolalar yordamida o’tkaziladi.



Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin