Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Shartli reflekslarni hosil bo’lish mexanizmi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə71/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Shartli reflekslarni hosil bo’lish mexanizmi. I.P.Pavlovning tushuntirishicha shartli reflekslarning hosil bo’lishida po’stloqdagi ikkita nerv hujayralari guruhlari orasidagi vaqtinchalik bog’lanishlarning yuzaga kelishi tufayli shartli va shartsiz qo’zg’atishlarni qabul qiluvchi guruhlar orasida amalga oshadi.
Shartli qo’zg’atuvchilar ta’siri natijasida katta yarim sharlarning ma’lum qismlaridagi ular ta’sirini qabul qiluvchi markazlarida (ko’rish, eshitish va boshq) qo’zg’alish yuzaga keladi.
Shartli qo’zg’atuvchi shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustaxkamlanayotgan paytda katta yarim sharlarning kerakli qismlarida dominantlik xarakteriga ega bo’lgan ancha kuchli qo’zg’alish o’chog’ini ancha kuchsiz bo’lgan qo’zg’alish o’chog’idan qo’zg’alishni tortib olinishi natijasida nerv yo’llarining tekislanishi, qo’zg’alishni jamlanishi (summasiyasi) yuz beradi.
Qo’zg’alishning har ikkala o’chog’i orasida vaqtinchalik nerv bog’lanish yuzaga keladi. Po’stloqning bu har ikkala o’chog’i bir vaqtda qo’zg’atilsa, ularning aloqasi shuncha mustahkam bo’ladi. Bir necha takrorlashlardan keyin bu bog’lanish shunchalik mustahkam bo’ladiki, hatto bitta shartli qo’zg’atuvchining ta’siri ham ikkinchi o’chog’da ham qo’zg’alish yuzaga keltiradi. Ana shu vaqtinchalik bog’lanishlarning yuzaga kelishi hisobiga organizm uchun avval o’xshash bo’lgan shartli qo’zg’atuvchi, ma’lum tug’ma faoliyatlar uchun signal bo’lib qoladi. Agar it birinchi marta qo’ng’iroq tovushini eshitsa, dastlab it unga umumiy chamalash reaksiyasini bajaradi, ya’ni bir qarab qo’yadi, bu paytda so’lak ajralmaydi. Agar chalingan qo’ng’iroqni tovushini ovqat yedirish bilan mustahkamlasak katta yarim sharlar po’stlog’ida ikkita qo’zg’alish o’chog’i yuzaga keladi: birinchisi eshitish zonasida, boshqasi esa – oziqlanish markazida (po’stloqning bu qismlari, hid, ta’m, ovqatlar ta’sirida qo’zg’atiladi). Qo’ng’iroq tovushi bir necha marta oziqalar bilan mustahkamlansa katta yarim sharlar po’stlog’idagi bu ikki qo’zg’alish o’choqlari orasida vaqtinchalik bog’lanish yuzaga keladi.
Keyingi tadqiqot ishlari natijasida vaqtinchalik bog’lanishlarning yuzaga kelishi faqat gorizontal tolalarda bo’lmasligini (po’stloq, po’stloqosti) ko’rsatuvchi ma’lumotlar olindi. Itlarni miyasini kulrang moddasini kesish yo’li bilan po’stloq turli qismlarga bo’lindi, lekin bu urinishlar ushbu qismlar hujayralari orasidagi vaqtinchalik bog’lanishlar hosil bo’lishiga qarshilik ko’rsatmadi. Bu esa po’stloq-po’stloqosti-po’stloqorti yo’llari bo’ylab vaqtinchalik bog’lar o’rnatilishida muhim rol o’ynaydi degan xulosa qilishga asos bo’ldi. Bu paytda shartli qo’zg’atuvchidan markazga intiluvchi tolalar talamus va nospesifik tizimlar (gippokamp, retikulyar formasiya) orqali po’stloqning ushbuga monand qismlariga tushadi, bu yerda ular qayta ishlanadi va pastga tushuvchi yo’llar orqali po’stloqosti hosilalariga yetib boradi, u yerdan impulslar yana po’stloqga keladi, so’ngra po’stloqdagi shartsiz refleksning vakil zonasiga keladi.
Vaqtinchalik bog’lanishlar hosil bo’lishida ishtirok etuvchi neyronlarda nima yuz beradi? Bu borada ko’plab fikr va mulohazalar bor, bulardan birida asab o’simtalarining o’zlarida yuz beradigan morfologik o’zgarishlarga asosiy e’tibor berish talab etiladi. Ko’plab tadqiqotchilarni fikricha, shartli qo’zg’atuvchilar bilan tug’ma reflektor reaksiyalar birgalikda ko’plab takrorlanganida nerv impulslarini sinapslardan qayta o’tish vaqtida sinapslarni qo’zg’aluvchanligi ortadi, natijada ma’lum xarakterdagi impulslarni navbatdagi neyronga tanlab o’tkazilishi yengillashadi. Ushbu mualliflarning fikricha, shartli bog’lanishlar sinaptik bog’lanishlarni suyammasiyasi va ikkinchi marta takrorlanuvchi shartli va shartsiz qo’zg’atishlar ta’siri ostida neyronlarnng o’zlarini ritmik faoliyatini ortishi hisobiga yuz beradi. Bundan tashqari, neyronlarni ajralib turuvchi va vaqtinchalik bog’lanishlarini tutashishida ishtirok etuvchi membranalarda aminokislotalar konfigurasiyasining (tashqi ko’rinishi, shakli) o’zgarishi haqida ham taxminlar bor.
Ma’lumki, hosil qilingan shartli reflekslar juda uzoq muddat saqlanishi mumkin, ayrim paytlarda bu vaqt yillar bilan hisoblanadi.
Hosil bo’lgan vaqtinchalik bog’lanishlarni uzoq vaqt saqlanishini nima ta’minlaydi? Esda saqlab qolish, xotira jarayonining mohiyatini tushunish juda aniq bo’lishiga qaramasdan bu hodisaning mexanizmi haligacha ochib berilgani yo’q.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin