Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Shartli reflekslarni hosil bo’lish sharoiti



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə70/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Shartli reflekslarni hosil bo’lish sharoiti. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar negizida hosil bo’ladi. Shartli reflekslarni I.P.Pavlov tomonidan «shartli» deb atalishiga asosiy sabab, ularning hosil bo’lishi uchun ma’lum-aniq sharoitlar talab qilinadi. Eng avvalo shartli qo’zg’atuvchi yoki signal zarur.
Tashqi muhitdan berilayotgan ta’sirotchi yoki organizmning ichki holatining ma’lum o’zgarishi shartli qo’zg’atuvchi bo’lib hisoblanishi mumkin. shartli qo’zg’atuvchilar sifatida I.P.Pavlov laboratoriyasida elektr chirog’ini o’chirib yoqishi, qo’ng’iroq, suvning shildirashi, terini ta’sirlash, hid, ta’m sezgilarini qo’zg’atish idish va tovoqlarni tovushi, yonayotgan shamni ko’rinishi va boshqalardan foydalanilgan. Agarda it har kuni bir vaqtda oziqlantirilsa, itlarda hali oziqlantirilguniga qadar me’da shirasini ajralishi boshlanadi. Bu yerda shartli qo’zg’atuvchi bo’lib vaqt xizmat qiladi. Odamlarda ish tartibi ovqat yeyishni har kuni bir vaqtda bajarish, har kuni bir vaqtda uyquga ketish bilan vaqtga nisbatan shartli reflekslar hosil qilish mumkin.
Ilgarigi hosil qilingan shartli reflekslarning o’xshash qo’zg’atuvchilari ta’sirini takrorlash yo’li bilan ham shartli reflekslar hosil qilish mumkin. O’xshash qo’zg’atuvchilarni (indifferent) birlamchi tartibdagi refleksning shartli qo’zg’atuvchilari bilan mustahkamlash yo’li bilan ikkilamchi tartibdagi shartli reflekslar hosil qilinadi. Eksperimentlar davomida uchlamchi va to’rtlamchi tartibdagi shartli reflekslar hosil qilish imkoniyati borligi aniqlandi. Bolalarda, hattoki oltinchi tartibdagi reflekslar ham hosil qilindi, lekin odat bo’yicha bu reflekslar turg’un bo’lmaydi.
Kuchli og’riqlar, kasallik yoki boshqa kuchli begona qo’zg’atuvchilar shartli reflekslar hosil qilish imkoniyatini og’irlashtiradi yoki umuman yo’q qiladi.
Shartli reflekslar hosil qilish uchun, shartsiz reflekslar hosil bo’lishini chaqiruvchi shartsiz qo’zg’atuvchilar bilan shartli qo’zg’atuvchilar mustahkamlanishi kerak bo’ladi. Oshxonadagi pichoqlarning tovushi ilgari bir necha marta ovqatlanish bilan mustahkamlangan bo’lsa, u odamlarda so’lak ajralishini chaqira oladi.
Bizning bu misolimizda pichoq va qoshiqlarning tovushi shartli qo’zg’atuvchilar hisoblansa, so’lak ajralishini chaqiruvchi shartsiz refleksni shartsiz qo’zg’atuvchisi bo’lib ovqat hisoblanadi. Agarda shamning ko’rinishi biron marta kuygan paytdagi og’riq bilan to’g’ri kelgan bo’lsa yonib turgan shamning ko’rinishi bolalarni qo’lini tortib olish uchun signal bo’lishi mumkin. Shartli reflekslar hosil bo’lishida shartsiz qo’zg’atish ta’siri bir necha marta (odatda 1-5 s/ga) shartli qo’zg’atuvchi bilan birgalikda bajarilishi kerak.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin