Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


- mavzu: Moddalar va energiya almashinuvi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə81/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

12- mavzu: Moddalar va energiya almashinuvi
Rеja:
1. Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha
2. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari
3. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvi
4. Oqsillar almashinuvi.
5. Yog'lar almashinuvi.
6. Uglevodlar almashinuvi.
7. Suv va mineral tuzlar almashinuvi.
8. Vitaminlar
9. Energiya almashinuvi
10. Energiya sarfi.
11. Organizmda energiya sarflanishini aniqlash
12. Ovqat me’yori.


Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha
Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi, organizmda uning o'zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalaming kimyoviy, mexanik, termik o'zgarishi natijasida ulardagi potential energiya issiqlik, mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo'lgan energiya hisobiga to'qimalar va a’zolar ish bajaradi, hujayralar ko'payadi, ularning eskirgan tarkibiy qismlari yangilanadi, yosh organizm o'sadi va rivojlanadi. Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyiigi ta’minlanadi.
Shunday qilib, moddalar va energiya almashinuvi bir-biriga chambarchas bog'liq. Tirik organizmda moddalar va energiya al­mashinuvi uzluksiz davom etib turadi, ya’ni moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik xususiyati bo'lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o'tadi. Bunda moddalar va energiya yo'qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi.
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari
Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o'tadi. Bular anabolizm va katabolizm deb ham ataladi.
Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o’tishi assimilyatsiya yoki anabolizm deb atalad. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko'payadi. Organizm qancha yosh bo'lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o'tadi. Bu esa yosh organizmning o'sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
Ovqat moddalarining ma’lum qismi yuqorida aytilganidek, assimilyatsiya jarayoni natijasida hujayralarning eskirgan qismlari yahgilanishi, yangi hujayralar hosil bo'lishi hamda zahira holda to'qimalarda saqlanadigan energiya beruvchi moddalar (glikogen, ATF, KF) sintez qilinishi uchun sarflanadi.
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlanrining parchalanishi (yemirilishi) dissimilyatsiya yoki katabolizm deb ataladi. Buning natijasida energiya hosil bo'ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natjjasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar ayirish a’zolari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar).
Shunday qilib, odam organizmida assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari bir-biriga bog'liq holda davom etadi. Sog'lom bo'lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon bir-biriga teng muvozanatda bo'ladi. Yosh organizmda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo'lib, buning natjjasida o'sish va rivojianish ta’minlanadi. Keksa odamlar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun bo'ladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqi bo'lib, yuzlarida ajin paydo bo'ladi, tana muskullari bo'shashib, ularning hajmi kichrayadi va qorni osilib qoladi. Og'ir kasalliklar vaqtida dissimilyatsiya kuchayadi. Shuning uchun, hatto yosh odamning ham rangi so'liydi, terisi quriydi, yuzida ajin paydo bo'ladi, muskullari bo'shashadi, tana massasi kamayadi.
Demak, organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonla­ri uzluksiz davom etadi. Odam tanasidagi har xil to'qima va hujayralar tarkibiy qismlarining yangilanish muddati turlicha bo'ladi. Masalan, jigar to’qimasi va qon zardobining oqsillari 20 kun davomida butunlay yangilanadi, tana muskullarining oqsillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi hamma to’qimalar tarkibidagi oqsillarning yarmi har 80 kun davomida yangilanib turadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qaysi bir to'qima va a’zo qanchaiik faol ish bajarsa, harakat qilsa, uning tarkibiy qismlari yangilanishi shunchalik tez sur’atlarda bo'ladi. Binobarin, jismoniy mehnat, jismoniy taibiya va sport mashg'ulotlari odam tanasidagi to'qimalarning tez yangilanishi, organizmning yosh, sog'lom va tetik saqlanishiga olib keladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin