Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə91/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Ratsional ovqalanishrang ahainiyati. Odamning sog'lom va baquwat bo'lishida, yoshlarning normal o'sishi va rivqjlanishi, ish qobiliyatining yaxshi bo'lishida ratsional ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Ovqat odam organizmida ikkita muhim funksiyani bajaradi:
Ovqatning energetik funksiyasi, ya’ni ovqat moddalari organizm­da kislorod yordamida oksidlanib, energiya hosil qiladi va bu enetgiya to'qima hamda a’zolarning normal ishlashi, tana harorati doimiyligini ta’minlash, odamning harakatlanishi, ish bajarishi uchun sarflanadi.
Ovqatning plastik funksiyasi shundan iboratki, uning tarki­bidagi moddalar, ayniqsa oqsil hujayra va to'qimalaming tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni hujayralarning eskirgan qismlari yangilanishini va hujayralar bo'linib ko'payishini ta’minlaydi.
Ratsional ovqatlanish goidalari. Ovqatlanishning ilmiy asosda ratsional tashkil etilishi uchta qoidaga asoslanadi:
1. Ovqatlanishning miqdor goidasi. Bir kccha-kunduzgi ovqatdan organizmda hosil bo'ladigan energiya miqdori sarflanadi­gan energiya miqdoriga teng bo'lishi kerak.
2. Ovqatlanishning sifat goidasi. Bir kecha-kunduzgi ovqat tarkibidagi oqsillar, yog'lar va uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlaming miqdori odam organizmining shu moddalarga bo'lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
3. Ovqatlanish rejimi. Bir kecha-kunduzgi ovqat miqdori to'rt qismga bo'lingan holda iste’mol qilinishi kerak. Masalan, maktab o'quvchilarining ovqat­lanish rejimi ularni ertalabki yoki kechki smenada o'qishiga qarab quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
-ertaiabki nonushta — bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 25—30% ini tashkil etadi (soat 7—7.30 da);
-tushkl ovqat - bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 35— 40% ini tashkil etishi kerak (ertalab o'qiydiganlar uchun maktabdan keyin, ya’ni soat 14—15 da; kunning ikkinchi yarmida o'qiydiganlar uchun soat 12—12.30 da);
-kechki ovqat - bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 15— 20% ini tashkil etadi (coat 19—20.00 da).
Yuqorida ko'rsatilgan uch marta asosiy ovqatlanishdan tash­qari, qo'shimcha ovqatlanish ham ko'zda tutiladi. Bu bir kecha-kunduzgi ovqatning 10-15% ini tashkil etadi, ya’ni maktabda tanaflus vaqtida ovqatlanish.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida ayniqsa, yoz faslida kunduzi kunning issig’i ta’sirida me’da-ichaklarning ovqat hazm qilish faoliyati ma’lum darajada susayadi va ishtaha pasayadi. Shuning uchun mahalliy aholi ovqatning ko’p va yuqori kaloriyali qismini kechki paytda iste’­mol qilishga odatlanib qolgan. Shunga ko’ra, ular organizmi mazkur ovqatlanish tartibiga moslashgan. Demak, bu tartibda ovqat­lanish bizning issiq iqlim sharoitda xalqimizning milliy urf-odatiga aylanib qolgan. Ammo e’tirof etish zarurki, kechki paytda ko’p miqdorda va yuqori kaloriyali taomlar iste’mol qilingandan keyin, albatta 2-3 soat o’tgach uyquga yotish kerak yoki har xil yengil ishlar bilan shug’ullanish, toza havoda sayr qilish kerak, aks holda iste’mol qilingan taomlaming hazm bo’lishi qiyinlashib, me’da-ichak kasalliklari paydo bo’lishi mumkin.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin