97
yoshidagi bolalarda endigina rivojlanish bosqichiga ko’tarilgan intellekt o’smirlik
davrida yanada takomillashadi.
Ta’lim jarayonida ularda materiallarni tahlil va sintez qilish, muammoning
mohiyatiga tushunish jadal sur’atlar bilan o’sadi. Tafakkurning rivojlanishi
intellektni qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi.
Ma’lumki arifmetikadan algebraga o’tish umumlashtirishnint yuqori
bosqichiga ko’tarilganini bildiradi. Binobarin, mazkur
holatda mavhumlashgan
sonlar qaytadan mavhumlashtiriladi, oldin umumlashtirilgan narsa va hodisalar
qaytadan umumlashtiriladi va natijada “mavhumni mavhumlashtirish”,
“umumlashmani umumlashtirish” degan ilmiy tushunchalar vujudga keladi.
O’smir o’quvchilar o’rganayotgan fan asoslari, avvalo ularning mavhum
tafakkurini o’stirishga qaratiladi. Uning aqliy faoliyati xususiyatlaridan biri –
mavhum tafakkurning rivojlanishidir.
Maktab ta’limi va mustaqil bilim olish faoliyati ta’siri ostida, o’smirda
analitik-sintetik faoliyat jadal sur’at bilan rivojlana boshlaydi. Shuning uchun unda
sabab va natijani izohlash uquvi mustahkamlanib boradi. O’quvchi materiallarning
muhim
belgilarini ajratishga, keng ma’noli umumlashtirishni amalga oshirishga
harakat qiladi. Ta’lim jarayonida anchagina mavhum tushunchalar, masalan,
matematikada – nuqta, chiziq, tenglik..., fizikada – kuch, solishtirma og’irlik,
tezlik, amper, volt..., geografiyada – ekvator, qutb, kenglik, uzunlik, zona, plato...,
tarixda – qul, davr, shaxsiy mulk, boylik, ekspluatasiya va hokazolar vujudga
keladi.
O’smirlik davrida o’quvchilarda analitik-sintetik
faoliyat yetarlicha
rivojlanmagani, fikr yuritish usullari to’liq emasligi uchrab turadi. Shuning uchun
geometrik masalani yechish usulini yoki isbotlash yo’lini ko’rsatib berilmasa,
qiyinchiliklar tug’iladi, o’quvchilar masalani eng oddiy usulda “tavakkal”iga yecha
boshlaydilar.
O’smirlar fikr yuritish faoliyatining xususiyatlaridan biri – yaqqol-obrazli,
ko’rsatmali tafakkur tarkibining muhim rol o’ynashidir. Ularda mavhum tafakkur
o’sishi bilan yaqqol-obrazli tafakkurning tarkibiy qismi mutlaqo yo’qolib
ketmaydi, balki saqlanib qoladi va rivojlanadi hamda tafakkurning umumiy
strukturasida muhim rol o’ynaydi.
O’smirning eng muhim xususiyatlaridan yana biri mustaqil fikrlash, aqlning
tanqidiyligi tez rivojlanishidir. By esa kichik maktab yoshidagi o’quvchidan farqli
o’laroq, o’smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi.
Maktab ta’limining bevosita ta’siri bilan o’smirda o’zini
anglash jarayoni
rivojlana boshlaydi.
U o’zining fikriga,
mustaqil qarashiga, biror masala yuzasidan o’z
mulohazasiga ega bo’lishi uchun harakat qiladi. Shuning uchun o’qituvchi yoki
98
ota-onaning aytganlariga, kitob va darsliklarga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydi.
Ko’pincha o’qituvchining mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklarni
topishga intilib, o’z gapida turib
,
ayrim fikrlarga qat’iy e’tiroz bildirishga,
tortishishga va bahslashishga moyil bo’ladi.
Aqlning tanqidiyligi ayrim hollarda o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida
“anglashilmovchilik g’ovi”ni vujudga keltiradi. Aqlning “tanqidiyligi” o’smirning
asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, u o’zgalar
fikrini turli bahonalar, sabablar bilan
yo’qqa chiqarishga qaratilgan bo’ladi.
Tafakkurning mustaqilligi inson uchun juda katta ahamiyatga ega.
O’qituvchi dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda, har qanday og’ir shart-
sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni qo’llab-quvvatlashi, uning
rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuni ham esdan chiqarmaslik
lozimki, dastlabki davrda o’smirning nuqtai nazarini, mulohazalaridagi xatolarini,
muvaffaqiyatsizliklarni yomonlash,
uni izza qilish, izzat-nafsiga tegish,
masxaralash mutlaqo mumkin emas. Aks holda o’smir aqlining ajoyib sifati barbod
bo’ladi va uning o’zi jamiyat hamda tabiat qonunlariga, holatlariga befarq
qaraydigan shaxsga aylanib qoladi.
O’qituvchi o’quvchinilg aql-zakovatini to’g’ri, rivojlantirish uchun har bir
imkoniyatni to’la, ishga solishi:
1) o’smirlarga to’g’ri ta’riflashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, materiallarni
mavhumlashtirish va umumlashtirishni o’rgatishi;
2) ularga o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini
tushuntirib
berishi lozim. Mustaqil ravishda hukm va xulosa chiqarish, mulohaza yuritish kabi
aqlning turli shakllaridan foydalanish o’smirlarda aqliy, faoliyat ko’nikma va
malakalarini o’stiradi, natijada jadal rivojlanish pallasi amalga oshadi.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun avvalo o’smirlar oldiga turli
obyektlarni mustaqil holda taqqoslash, ulardagi o’xshash va tafovutli jihatlarni
topishni yuklash kerak. Buning uchun ularning diqqatini quyidagi savollarga javob
berishga qaratish maqsadga muvofiqdir: “Bu holatda qanday umumiylik mavjud?”,
“Ushbu narsalar qaysi belgi va jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi?” “Mazkur
narsalar va hodisalar o’rtasida qanday o’xshashlik belgisi bor?” va hokazolar.
Botanika darslarida o’quvchilarga mox (yo’sin) bilan suv o’tini,
zamburug’ning poyasi bilan ildizini taqqoslashni tavsiya etib,
poyaning ildizdan,
sporaning urug’dan nimasi bilan farqlanishini aniqlashni topshirish foydalidir.
O’smir aql-zakovatini kamol toptirish uchun ularga doimo mantiqiy tafakkur
usullarini o’rgatib borish zarur. Bunda mantiqiy xatolarni tuzatib borishni aslo
yoddan chiqarmaslik kepak. O’smirda to’g’ri mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda
ona tili va adabiyot o’qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma vaqt