Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


xatti- harakatlari tasodifiy voqyelikka, ta’sir kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog’liqdir.  Ular tashviqotga tez



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

 
xatti-
harakatlari tasodifiy voqyelikka, ta’sir kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog’liqdir. 
Ular tashviqotga tez
 
beriladilar, barcha narsalarga ishonadilar, qaysi
 
yo’lga kirib 
qolganliklarini anglab yetadilar, biroq
 
“kompaniya” fikriga qarshi borishga botina 
olmay ko’ngilsiz ishlarga qo’l uradilar. Ko’pincha tartibbuzarlar qilmishlariga 
tavba qilib, sinf jamoasi a’zolarini ishontiradilar, lekin ma’lum fursat o’tgandan 
so’ng bergan va’dalarini butunlay unutadilar.
 
Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin
 
o’smirlar shaxsiyatparastlik
tufayli qonunbuzarlik, tartibbuzarlik yo’liga kirib qoladilar.
Ular shaxsiy talablari va ehtiyojlarini qondirish uchun hap qanday nojo’ya 
xatti-harakatdan qaytmaydilar, hamisha odamlarga yaxshilik qilishni orzulaydilar
biroq o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ijtimoiy manfaatdan yuqori qo’yadilar. 
O’zlarining xohishlarini taqiqlangan usullar bilan amalga oshiradilar, so’ng 
qilmishlariga afsus-nadomat chekadilar, ruhan eziladilar. Lekin mazkur 
kechinmalarni tez unutadilar, ularning shaxsiy ehtiyojlari har qanday yuksak 
hislardan, xohishlardan ustun turadi. Axloqqa xilof xatti-harakatlar achinish hissi 
tarzida namoyon bo’ladi, xolos. 
 
Injiq tabiatli o’smirlar to’rtinchi guruhga mansub bo’lib, ular sinf jamoasida 
o’z o’rinlarini topa olmaganidan qayg’uradilar. Bunday o’quvchilar ginaxon, 
arazchi bo’ladilar, shuning uchun sinf jamoasida kamsitilayotgandek, kechinmalar 
bilan yashaydilar. Bunday holatning vujudga kelishiga asosiy sabab shaxsiy 
imkoniyatlardan ko’ra intilish, mayl va obro’ ketidan quvishning ustunligidir. Ular 
jamoa a’zolarining hurmatiga sazovor bo’lishni xohlaydilar. Ko’pincha tundlik 
bilan ish tutadilar, biror narsaga xayrixohliklari yaqqol ko’zga tashlanmaydi. 
Tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, o’z imkoniyati, aqliy, quvvatiga ishonchsizlik 


102 
ularga xos xususiyatlardir. Ular qonun va qoidalarni buzishga astoydil harakat 
qilmasalarda, ta’lim va tarbiya jarayonida qiyinchilik tug’diradilar.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarning xatti-harakatlarini ijobiy yo’nalishga burib 
yuborish uchun ularda mas’uliyat, g’urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni 
tarkib toptirish lozim. Buning uchun ularga yoshi, kuchi, qobiliyati va 
qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish ayni muddaodir. Ularga kichik 
jamoani, sport seksiyasini, tirik burchakni boshqarish vazifasini ishonib topshirish 
natijasida salbiy fe’l-atvorlarini kamaytirish mumkin. Ularni o’zlari qiziqqan 
to’garaklarga jalb qilish orqali o’qishga salbiy munosabatlari asta-sekin yo’qotib 
boriladi. 
Tarbiyasi qiyin o’smir o’quvchilarni qayta tarbiyalash uchun quyidagilarga 
e’tibor berish kerak. 
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni keltirib chiqaruvchi sabablar majmuasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin