94
ko’lami va sifatining o’zgarishi, informatika ko’lami kengayishi, internet tarmog’i
jadal o’sishi va hokazolardir.
Bizningcha, mana shu omillar qatoriga shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
yo’lga qo’yilishi, odamlarning oqilona, odilona muloqotga o’rgangani, jamoa va
guruhlarda ijobiy
psixologik muhit yaratilgani, asabiylashish, parokandalik
kamayganini ham qo’shish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ko’rilgan akselerasiya nazariyalarini alohida olib qaralsa, mazkur
jarayonni tushuntirish imkoniyati torayadi. Shuning
uchun ularning ijobiy
jihatlarini tanlab, muayyan tizimni barpo etish va shu yaxlit tizimdan foydalanib,
akselerasiyaning mohiyati va uni keltirib chiqaruvchi omillarni tushuntirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: