Nazorat savollari
1.Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish qoidalarini tushuntiring?
2. Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishga joy qanday tayyorlanadi?
3. Harakatli o‘yinning tarbiyaviy vazifasi tushintiring?
4-mavzu: Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati va o‘tkazish qoidalari.
Reja:
1.Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
2.Harakatlio‘yinlarni o‘tkazishqoidalari.
Qadimiy tarbiya sistemasida o‘yinlardan shaxsan shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Muqaddam pedagogik fikr namoyondalari o‘yinning tarbiyaviy ahamiyatini g‘oyat ziyraklik bilan fahmlashgan. Ular har qanday vaziyatga nisbatan o‘yin vaqtida bolalarning xulq-atvorlarini bilib olish, ularning salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, noo‘rin xarakatlarni bartaraf etishning yaxshiroq choralarini qo‘llash mumkin deb hisoblashgan. SHuning uchun o‘sha davrlardayoq bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, ularga mos o‘yinlarni tanlash masalasi qo‘yilgan.
Harakatli o‘yinni asosiy mazmuni turli-tuman harakatlar va o‘ynovchilarningharakati hisoblanadi.Ularni to‘g‘ri boshqarishda yurak–qon tomir tizimiga, mushak, nafas olish va organizimning boshqa tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Harakatli o‘yinlar funksional faoliyatni ko‘taradi, tanadagi katta va kichik mushaklarni turli tuman dinamik ishlarga jalb qiladi,bo‘g‘inlarda harakatlanishni oshiradi, har xil analizatorlarni rivojlantiradi va takomillashtirishga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlar xar doim his-tuyg‘uni ifodalaydi.His-tuyg‘u xolati adrenalin garmonini zo‘r berib ajralishi bilan tariflanadi,bu mushak faoliyatini oshiradi va markaziy nerv faoliyatini faollashtiradi.
O‘yinni tanlash, eng avvalo, mashg‘ulot oldiga qo‘yilgan vazifa bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, instruktor bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalar sonini va o‘yinni o‘tkazish sharoitini hisobga oladi. Harakatli o‘yinlarda 3 dan 300 tagaCha kishi qatnashish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |