Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport


O‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə21/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

O‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish.
O‘yinni tanlash, eng avvalo, dars oldiga qo‘yilgan vazifa bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, raxbar bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalar sonini va o‘yinni o‘tkazish sharoitini hisobga oladi. Harakatli o‘yinlarda 3 dan 300 tagacha kishi qatnashii mumkin.
Tashabbuskorlik sharoitida hammadan ko‘proq tez-tez 3-10 ta o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan o‘yinlardan foydalaniladi. Ular odatda, bolalar bilan mustaqil ravishda hovlilarda, maydonchalarda, shuningdek, har xil yig‘ilishlarda tashkil etiladi. O‘qituvchi, tarbiyachi va etakchilar rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar (darsda, yig‘ilishlarda, dam olish oromgohlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, sport maktabida) 20-40 ta harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Katta bayram kechalarda va bolalar ko‘p to‘plangan ommaviy sayillarda 100-300 o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan ommaviy harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin.
O‘yinni tanlashda albatta o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning shaklini (darsda, tanaffusda, zvenolar, bayramlarda, sayrlarda)hisobga olish shart. Darsda va tanaffusda vaqt chegaralangan bo‘ladi; o‘yin mazmuni va vazifasi darsdagiga ko‘ra tanaffusda boshqacha bo‘ladi, bayramlarda ayniqsa ommaviy va atraksion o‘yinlaridan foydalaniladi, bu o‘yinlarda har xil yoshdagi va turli tayyorgarlikdagi bolalar qatnashishi mumkin.
O‘yinni tanlashda va o‘tkazish to‘g‘ridan to‘g‘ri uning joyiga bog‘liq bo‘ladi. Uncha katta bo‘lmagan tor zalda, maydonchada yoki yo‘lakchada o‘yin bir chiziqqa saflangan holda o‘tkaziladi, o‘yinda o‘ynaydiganlar navbatma-navbat qatnashadilar. Katta zalda yoki maydonchada tarqalib yugurish katta va kichik koptoklarni uloqtirish hamda sport o‘yinlari elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. Shahardan tashqariga saylga va ekskursiyaga chiqqan vaqtda joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlardan foydalaniladi. Qishda qishki o‘yinlar maydonchada chang‘ida, konkida, chanada va qordan har xil shakllar yasash bilan o‘tkazilishi mumkin.
Ochiq havoda o‘yinni o‘tkazishda ob-havo sharoitini (ayniqsa qishda) hisobga olish zarur. Agar havo harorati past bo‘lsa, bunday paytda barcha o‘yin qatnashchilari faol harakat qilishlari kerak bo‘ladi. O‘yinda turib qolish va o‘zining navbatini ko‘p kutib qolish holatlaridan xoli bo‘lishi kerak. Kunning issiq paytlarida eng yaxshisi kam harakatchan o‘yinlardan foydalangan ma’qul, chunki o‘yin qatnashchilari o‘yin topshiriqlarini navbat bilan bajaradilar.
Shuningdek, o‘yinning tanlanishi qo‘llanmalar va asbob-anjomlarning bor bo‘lishiga bog‘liq. Tegishli asbob-anjomlarni yo‘qligi va uni noto‘g‘ri almashtirish o‘yinning buzilishiga olib keladi.
Raxbar jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturdagi o‘yinlar va to‘plamlardan, bolalar o‘rtasida yaxshi o‘ynaladigan o‘yinlar, raxbar va bolalar jamoasi va mustaqil ijobiy yangi o‘yin variantlaridan foydalaniladi. Ushbu maqsad uchun belgilangan tarbiyaviy jihatdan ko‘proq tez-tez samara beradigan yangi shakldagi, ijodiy qayta ishlangan o‘yinlarining yangi shakliga ega bo‘ladi.
Bolalarni katta sportga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq juda ko‘p sport o‘yinlari va boshqa sport turlari elementlari bilan yaratilgan. Bu kichik va o‘rta yoshdagi Bolalar qo‘lidan keladigan turli-tuman sport turlarida ishtirok qiladigan shaklda ishtirok etishga ruhsat beriladi: basketbolda (“To‘p uchun kurash”, “To‘p kapitanga”, “To‘rt tomonga uzatish”), voleybolda (“VoleybolChilarning to‘p uzatishi”, “To‘pni uzatdingmi, o‘tir”).
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy harakatli o‘yinlarni kengroq ommalashtirish zarur. Bu esa, har xil millat bolalari o‘rtasida do‘stlikni, har xil xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin