Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə29/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Tuzoq yoki koptok
Pedagogik vazifasi. Tezlik reaksiyasini tarbiyalash.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (diqqat, tezkor fikrlash, xotira) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik, koordinatsiya) xususiyatlarini shakllantirish.
Tayyorgarlik ko‘rish. O‘yinchilar orasidan ikkita o‘yinboshi saylanadi (agarda 15 tadan ortiq kishi o‘ynayotgan bo‘lsa, unda 2-3 juft o‘yinboshi saylanadi). O‘yinboshilar bir-birining qarshilarida turib (ular o‘rtasidagi masofa taxminan 1,5 metr bo‘ladi), qo‘llarini ushlaydi va qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, “darvoza” hosil qiladi. Qolgan o‘yinchilarni barchasi darvoza orqasining bir tomonida turadilar.
O‘yin tasnifi. Raxbarning signali bo‘yicha barcha o‘yinchilar darvoza orqali (tuzoq yoki qopqon) bir, ikki, uch - deb sanaganda yugurib o‘tishlari shart. Hisob “to‘rtda” “darvoza” yopiladi (“o‘yinboshilar” qo‘llarini pastga tushiradi). Kimda kim yugurib o‘tishga ulgurmasa, u tutilgan hisoblanadi va o‘yinboshilarning bittasi bilan joy almashadilar. Agar darvozada ikkitasi ushlangan bo‘lsa, unda ular ikki o‘yinboshi bilan joy almashadilar va o‘yin davom etadi, shundan so‘ng faqat yugurib o‘tish boshqa tomondan bajariladi.
Agar o‘yinchilar ko‘p bo‘lsa va 2-4 ta “darvoza” qo‘yilgan bo‘lsa, unda o‘yinchilarni 2-4 ta guruhga bo‘lish mumkin va har bir guruh o‘zlarining “darvozasi” oldida o‘ynaydi.
Biror marta o‘yinboshi, ya’ni “darvoza” rolida bo‘lmagan o‘yinchilar yutgan hisoblanadi.
O‘yin qoidasi.

  1. Darvoza orqali yugurish vaqtida bir-birini turtishga ruxsat etilmaydi.

  2. “To‘rt” hisob sanalgandan keyin o‘yinboshilarini qo‘llarini tortib tushirib, darvoza orqali yorib o‘tishga ruxsat berilmaydi

  3. Agar darvoza orqali ikki kishidan ko‘p yugurib o‘ta olmasalar, unda ularning eng oxirgisi o‘yinboshi bo‘ladi.

  4. 2-4 ta darvoza bo‘lganda quyidagi qoidani kiritish mumkin, shu qoida bo‘yicha qolgan barcha o‘yinchilar xohlagan darvoza orqali o‘tishi mumkin.

  5. Darvozaning yon tomonidan yugurib o‘tganlarni darvoza orqali yugurib o‘tgan hisoblanmaydi va u o‘yinboshi bo‘ladi.

  6. Rahbar sanoqni sekin sanashi kerak – taxminan, har bir hisobda 1-1,5 va x.k. sanashi kerak.

Х Х
О О О


Х
Х
- Rahbar


- o‘yinchilar


X
Darvozani xosil qilgan o‘yinboshilar o‘yinboshilar
X

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin