Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə28/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Sehrli tayoqcha
Pedagogik vazifasi. Diqqat va tezlik reaksiyasini rivojlantirish.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (diqqat,tezkor fikrlash, xotira) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik, koordinatsiya) xususiyatlarini shakllantirish.
Tayyorgarlik ko‘rish. O‘yin Ochiq havoda va sport zalda o‘tkaziladi. O‘yin uchun uzunligi 1 metrli tayoqcha kerak. Gimnastika tayoqchasidan foydalanish ham mumkin. 4-5 metrli diametrda katta doira chiziladi, katta doiraning ichida 2 – 3 metrli kichik doira chiziladi. “Qorovul” saylanadi. O‘yinboshi tayoqchani kichik doiraning o‘rtasiga erga qoqib qo‘yadi (agarda sport zalda o‘ynaladigan bo‘lsa, to‘ldirma to‘plar bilan mustahkamlanib qo‘yiladi). Tayoqni qo‘riqlash uchun oldida “Qorovul” turadi. Barcha o‘yinchilar katta doira chizig‘i bo‘ylab turadilar va tartib raqamlari bo‘yicha sanaydilar.
O‘yin tasnifi.O‘yinboshi chetda turadi va xohlagan o‘yinchining raqamini chaqiradi (o‘zining xohishi bo‘yicha). Chaqirilgan o‘yinchi, o‘zining harakatlari bilan qorovulni chalg‘itib, tayoqchani ushlashi shart. Qorovul uni kichik doira ichida tutib olishga harakat qiladi. Agar o‘yinchini qorovul ushlab olmasdan oldin tayoqchani ushlab olsa, unda unga bitta ochko beriladi va o‘z joyiga borib turadi. Agar uni qorovul ushlab olsa, ular rollarini almashadilar.
O‘yinboshi o‘yinchilarni faqat ketma-ket ikki marta chaqiradi.
O‘yin 3-5 daqiqadan keyin to‘xtatiladi.
Ko‘p ochko to‘plagan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi.
O‘yin qoidasi.

  1. O‘yinboshi raqamni baland ovozda va aniq aytadi.

  2. Tayoq quyidagi holatda ushlangan hisoblanadi: qorovul uni ushlagan bo‘lmasa va o‘yinchi tayoqni kichik doiradan olib chiqsa.

  3. Qorovul o‘yinchilarni katta doirada ushlasa, hisobga olinmaydi.

- rahbar
- qorovul
X – o‘yinchilar



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin