Oxirgisi - chiqib ketadi Pedagogik vazifasi. Tezlik reaksiyasini tarbiyalash.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (diqqat,tezkor fikrlash) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik, koordinatsiya) xusu-siyatlarini shakllantirish.
Tayyorgarlik ko‘rish. O‘yin qatnashchilari (6-10 kishidan iborat bo‘lib) qatorga saflanadilar. Doira bo‘ylab zalni o‘rtasiga bir xil buyumlar qo‘yiladi (kubiklar, tennis koptoklari, toshlar, fishkalar). Ularni soni o‘yin qatnashchilaridan bittaga kam bo‘lishi kerak.
O‘yin tasnifi. Rahbarning ko‘rsatmasi bo‘yicha “o‘yinchilar” buyumlardan 5-6 qadam narida doira bo‘ylab yuguradilar. Xushtak bo‘yicha har biri unga yaqinroq turgan buyumni ushlab olishga harakat qiladi. Kim buni olishga ulgurmasa – o‘yindan chiqariladi. Shundan keyin doiradan buyumlardan birini olib qo‘yiladi. O‘yinchilar boshqa tomonga yuguradilar va signal bo‘yicha yana buyumni egallashga harakat qiladilar. Yana o‘yinchilardan biri o‘yindan tashqarida bo‘ladi. Nihoyat oxirida 2 ta tezkor va chaqqon o‘yinchilar qoladi, ular doira o‘rtasida qo‘yilgan buyumdan o‘n qadam narida turadilar va rahbarning topshirig‘i bo‘yicha har xil harakatlarni bajaradilar (cho‘qqayib o‘tirishi, turgan joyda yurish, sakrashlar va boshqalar). Rahbarning signali bo‘yicha ular buyum tomonga borishga intiladilar va bir necha sekunddan keyin g‘olib aniqlanadi.
Oxirgi yutqizgan chiqib ketadi, g‘olib esa buyumni bosh ustida ko‘taradi. Ya’ni buyum bilan qolgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi.
O‘yin qoidasi. Agarda bitta buyumni bir vaqtning o‘zida ikkita o‘yinchi ushlasa, rahbar, u kimda bo‘lishini aniqlaydi. U qaytadan takror bajarishiga ruxsat berishi mumkin.
Raqamlarni chaqirish. Pedagogik vazifasi. Diqqatni va tezlik reksiyasini tarbiyalash. Finishni bajarish texnikasini mustahkamlash.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (diqqat,tezkor fikrlash, xotira) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik, koordinatsiya) xususiyatlarini shakllantirish.