Tayyorgarlik ko‘rish. O‘yinchilar 2-4 teng komandalarga bo‘linadilar va biri boshqasiga parallel holda bitta qatorda saf tortib turadilar. Agar sport zalda imkoniyat bo‘lsa ikkala komandani bitta chiziqqa – saflash mumkin. Komandada o‘yinchilar, o‘zlarini tartib raqamlarini esda saqlagan holda tartib bo‘yicha sanaydilar. Oldinda turgan o‘yinchilarning oldiga start chizig‘i chiziladi. Har bir qatorni oldida 15-20 metr masofada feshka qo‘yilgan bo‘ladi.
Start chizig‘idan 2-3 metr masofada o‘ng parallel ravishda finish chizig‘i chiziladi.
O‘yin tasnifi. Rahbar baland ovozda xohlagan raqamini aytadi. Ana shu raqamli o‘yinchi oldinga yugurib chiqadi, qarshisida turgan fishkani aylanib o‘tib, orqaga qaytib keladi. Kimda kim birinchi bo‘lib qaytib kelib va finish chizig‘idan o‘tsa, komanda uchun bitta ochko oladi. Rahbar o‘zini xohishi bo‘yicha ayrim yoki alohida qilib chaqiradi. Ayrimlarini u 2 marta ketma-ket chaqirishi mumkin. Har bir martada yugurib kelgan o‘yinchilar komandada o‘z joylariga turadilar. O‘yin 5-10 daqiqa davomida o‘tkaziladi, shundan keyin ochkolar hisoblab chiqiladi.
Ko‘p ochko to‘plagan komanda g‘olib bo‘ladi.
O‘yin qoidasi. Agar ikkala o‘yinchi bir vaqtda yugurib kelsa u yoki boshqa komandaga ochko berilmaydi.
Agar o‘yinchi oxirgi nuqtagacha yugurib bora olmasa, unda ochkoni boshqa komandaga - uning sherigiga beriladi.