Barcha petna bo‘yicha o‘yin qoidalari. O‘yinchilarni tutish – petna qilish, bu degani birortasiga qo‘li yoki buyum bilan tekkizsa (koptok, ro‘molcha, va boshqalar), lekin o‘yinchini ushlamasligi va uni tortmasligi kerak.
O‘yinchilar yugurishi mumkin, faqat maydonda belgilangan chegara bo‘ylab harakat qilishga ruxsat etiladi. Belgilangan chegaradan o‘yinchi chiqib ketsa tutilgan hisoblanadi va petnachi bilan rollarini almashadilar.
Har bir yangi o‘yinboshi – petnachi deb e’lon qilinishi shart, chunki u petnachi bo‘lganini, o‘yinchilar kimdan qochishlarini hamma bilishi kerak.
Х Х Х Х
Х Х Х
Х Х Х Х
Х Х
- raxbar
X X - o‘yinchilar
- o‘yinboshi
JUFT – JUFT BO‘LIB TUTIB OLISH Pedagogik vazifasi. Ijodiy tashabbuskorlikni, chaqqonlikni, tezlikni tarbiyalash.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (diqqat, o‘zaro hamkorlik, tezkor fikrlash) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik, koordinatsiya) xususiyatlarini shakllantirish.
Tayyorgarlik ko‘rish. O‘yin uchun taxminan 15x20 – 25 metr kattalikdagi maydoncha chiziladi. Bir tomonida o‘yinboshi uchun uncha katta bo‘lmagan joy chizib ajratiladi. Ulardan bittasi – o‘yinboshi, qolganlari – o‘yinchilar bo‘ladi. O‘yinboshiga alohida yoki ma’lum joy ajratiladi, o‘yinchilar esa bunday maydon bo‘ylab erkin ravishda joylashadilar.
O‘yin tasnifi: Raxbarning signali bo‘yicha o‘yinboshi maydonga yugurib chiqadi va o‘yinchilardan bittasini tutishga yoki petna qilishga harakat qiladi. O‘yinboshi tutilgan o‘yinchi bilan “tutuvchi” juftligini tashkil qiladi va ular maydonga chiqib navbatdagi o‘yinchilarni tutadi. “Tutuvchi” juftliklari birorta o‘yinchiga etib olib, bo‘sh qo‘llarini shunday birlashtiradilarki, tutilganlar qo‘llari o‘rtasida bo‘lib qolsin. Shundan keyin ular tutilgan o‘yinchini maxsus ajratib qo‘yilgan joyga olib borib qo‘yishadi. Tutilgan o‘yinchilar ikkita bo‘lgandan keyin yana bitta “tutuvchi” juftliklar bo‘la boshlaydi va kam o‘yinchilar qoladi. O‘yin barcha o‘yinchilar tutib olinmaguncha davom etadi. Oxirgi tutilgan o‘yinchi o‘yinboshi bo‘ladi.
Oxirida tutilgan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi.
O‘yin qoidasi. Juftlik o‘yinchilarni faqat ularning qo‘llari bilan o‘rab tutishi mumkin.
Tutish vaqtida o‘yinchilarni ushlash va ularni kuch bilan tutish yoki tortish man etiladi.
Maydon chegarasidan yugurib chiqqan o‘yinchilar tutilgan hisoblanadi va maxsus ajratib qo‘yilgan joyga boradi.
“Tutuvchi” juftlikni aylantirgan qo‘lini tagidan o‘yinchi “tutuvchilar” halqa hosil qilmaguncha, sirg‘alib chiqib ketishi mumkin.