O‘yinni o‘tkazish uchun joyni tanlash. Ochiq havoda o‘yinlarni o‘tkazish uchun maydonchalarni tayyorlash kerak. Eng yaxshisi, maydonchani to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, eng kamida 8 m, uzunligi 12 m bo‘lishi kerak. Maydondan 2 m masofada bir necha skameykani qo‘yish tavsiya etiladi. Iloji boricha, yozgi maydoncha atrofida daraxtlar bo‘lgani yaxshi.
Bino ichida o‘yinni o‘tkazishda shuni hisobga olish kerakki, o‘ynovchilarning harakat qilishiga, iloji boricha asbob-anjomlarning xalaqit bermasligi uchun ularni yordamchi xonalarga oldirib qo‘yish kerak. Agar asbob-anjomlarni zaldan olish imkoniyati bo‘lmasa, unda ularni zalning qisqa devori tomoniga qo‘yiladi va o‘tirgich, to‘r yoki boshqa buyumlar bilan o‘rab qo‘yiladi. Deraza oynalari va lampalar sim to‘rlar bilan bekitiladi. Bundan ular o‘yinni o‘tkazishda oldin shamollatish va nam latta bilan artilishi lozim.
Raxbar joylarda o‘yinni o‘tkazishdan oldin dastlab joy bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerak va o‘yin uchun shartli chegaralarni belgilab chiqishi shart.
O‘yinga asbob-anjomlarni tayyorlash. Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish uchun bayroqchalar, rangli bog‘ichlar, har xil kattalikdagi koptoklar, gimnastika tayoqchasi, bulavalar yoki keglilar, chambarak va arg‘amchilar kerak bo‘ladi. O‘yinda asbob-anjom chiroyli, yashil rangda va o‘yinda ajralib turadigan bo‘lishi zarur(bu kichik maktab yoshidagi bolalar uchun ayniqsa muhim). Asbob-anjomlarning katta-kichikligi va og‘irligi o‘ynovchilarning bo‘ylariga mos bo‘lishi lozim (umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturiga qarang). Asbob-anjom sonini oldindan hisobga olish lozim. Asbob-anjomni o‘tkaziladigan joy bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muhimi, uning sanitar holatini muntazam ravishda tartibga solib borish kerak. Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni asbob-anjomlarni ta’mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali bo‘ladi.
O‘yin qatnashchilariga asbob-anjomni tarqatib qo‘yib chiqish faqatgina o‘yinni tushuntirib bo‘lgandan so‘ng beriladi. Buni bolalarning o‘zlari tashkiliy ravishda bajaradilar.