Nazorat savollari
1. Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiring?
2.O‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish qanday amalga oshiriladi?
3. O‘yinga asbob-anjomlarni tayyorlashda nimalar inobatga olinadi?
III. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
1 -amaliy mashg‘ulot:
1-mavzu. Harakatli o‘yinlarni tarbiyalanuvchilar yoshiga mos holda tanlash
Reja:
1.Bolalarda tezkorlikni rivojlantirishda harakatli o‘yinlarning axamiyati.
2.Bolalarda chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish
Harakatli o‘yinlarni asosan yugurish elementlari tashkil qilisa, u bolalarni tezda charchatib qo‘yishi mumkin va ular o‘yinni nisbatan birmuncha yomon bajaradilar.Chunki ularning oldida aniq maqsad (bir tomondan ikkinchi tomonga tez yugurib o‘tishi, uni tutib olmasliklari kerak) o‘yinga ma’naviy mazmun beruvchi harakatlar engil, jonli shaklda bo‘lishi kerak.
Tezkorlikni va uni rivojlantirish uslubiyoti
Jismoniy fazilatlardan biri bo‘lgan tezkorlik deganda biz Tarbiyalanuvchining ma’lum sharoitda qisqa vaqt ichida eng ko‘p harakatlarni bajara olish kobiliyati tushuniladi.
O‘yinchi harakat faoliyatining tezligi, birinchi navbatda, harakatlarni muvofiqlashtiruvchi markaziy asab tizimining faoliyatiga munosib bo‘lishi lozim. Tarbiyalanuvchilarning tezkorligi muayyan reaksiya tezligida, jadal siltatishda, 20-30 m masofada ko‘rsatiladigan yurish tezligida hamda to‘p bilan yoki to‘psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosipedda uchish va sho‘nga o‘xshash har xil maksimal tezlik bilan bajariladigan siklik mashqlardan foydalaniladi. Qayta tezlanishda maksimal darajaga etkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, harakat amplitudasini kattalashtirish lozim.
Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslubiyoti
Chaqqonlikni tarbiyalash- chaqqonlikni bu Tarbiyalanuvchining harakatlari muvofiqlashgan va ular aniqligini bevosita kuch va tezlikning yuqori darajasi ko‘rsatilishi bilan bog‘liq kompleks qobiliyatlari. Muvofiqlashuv jihatidan murakkab harakatlarni yaxshi o‘zlashtirish paydo bo‘layotgan vaziyatlarni to‘g‘ri baholash, to‘satdan o‘zgarayotgan sharoitlarga amal qilib, murakkab harakat vazifalarini muvaffaqiyatli echish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Tarbiyalanuvchi uning nihoyatda muhim narsa, bu tayanchsiz holatda bajariladigan muvofiqlashgan harakatlar, tez o‘zgaruvchi sharoitlarda to‘p bilan bo‘ladigan harakatlar, muvozanatini saqlay bilish va yo‘nalishni saqlashning alo darajada rivojlanishi.
Chaqqonlikning rivojlanishiga, odatlanmagan sharoitda (boshqa snaryadlar, to‘siqlarni boshqacha joylashtirish, ob-havo sharoitlarining qiyinligi va boshqalar). Odatdagi mashqlarni bajarish yaxshi yordam beradi. Shuningdek, akrobatika, gimnastika va engil atletikaga oid mashqlarni, to‘pni uzatish, ilish, darbozaga otish, xalqaga tashlash texnikasi bilan bargalikda qo‘shib o‘rganishlar ham chaqqonlikni rivojlantiruvchi vositalardan sanaladi.
Chaqqonlikni rivojlantirishni 6-7 yoshdan boshlash kerak.Bolalar murakkab jismoniy mashqlar texnikasini osonlik bilan o‘zlashtirib oladilar. Murakkab muvofiqlashtiruvchi harakatlarni aniq va tezda o‘zlashtirib oladilar.
Mashg‘ulotda va mashq soatlarida chaqqonlik mashqlari tayyorlov va asosiy qismining boshida bajarilishi lozim. Tolish sharoitida chaqqonlik oz samara bilan rivojlanadi.
“ Chumchuqlar» o‘yini”. Maydonga diametrini katta olib doira chiziladi. Onaboshi, ya’ni «katta qush» doira tashqarisida turib doiraga sakrab kiradilar, «katta qush» esa ularni tutishga harakat qiladi (qo‘lini tegizadi). «Chumchuqlar» doira ichida qo‘proq turishga va tutilib qolmaslikka harakat qilib, doiradan sakrab chiqadilar. Agar «katta qush» doira ichida turgan «Chumchuqni» ushlasa, unda Chumhchuq bilan «katta qush» o‘rinlarini almashtiradilar. O‘yin shu tarzda davom ettiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi
yosh avlodni jismonan sog‘lom, aklan etuk, ma’naviy boy, har tomonlama
rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshdagi bolalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy,akliy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tugma layokati,
kizikishi, extiyoji va imkoniyatlarini xisobga olgan uolda, milliy va
umuminsoniy kadriyatlar asosida muntazam (maktabgacha ta’lim tashkilotiga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanish kunikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik,tetiklik, chakkonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir.
Muntazam ravishda utkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning usishi va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir kursatadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog‘lom, aklan etuk, ma’naviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshdagi bolalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy,akliy, axlokiy, estetik, mexnat tarbiyasini berish va ularning tugma layokati,
kizikishi, extiyoji va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda, milliy va
umuminsoniy kadriyatlar asosida muntazam (maktabgacha ta’lim tashkilotiga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim muassasalarida utkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanish kunikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik,tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda utkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning usishi va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir kursatadi.
«Boyqushcha» o‘yini. Maydonchadan boyqushcha yashaydigan «uya» ajratiladi. Qolgan o‘yinchilar esa kapalak, uchayotgandek harakat qiladilar, erkin yugurib yuradilar. Rahbar «tun» deganida hammalari taqqa to‘xtab, kapalakning qanot qoqishi, chigiritkaning qo‘llariga tayanib turishi va hokazo holatlarni ifodalangan holda qimirlamasdan turadilar. Xudi shu komandadan so‘ng boyqushcha uyasidan chiqib, kim uxlamayotganini tekshirib chiqadi. Kimda-kim qimirlab qolsa, «boyqushcha» uni qo‘lidan ushlab o‘z «uya»siga olib ketadi. 15 sekunddan so‘ng Rahbar «kun» deydi. shunda «boyqushcha» uchib ketadi, hamma o‘yinchilar bemalol yugurib yuraveradilar. «Boyqushcha» kimni o‘z «uya»siga olgan bo‘lsa, o‘sha o‘yinchiga jarima ochko beriladi.
«Sakrobodom chumchuqlar» o‘yini. Maydonga diametrini katta olib doira chiziladi. Onaboshi, ya’ni «katta qush» doira tashqarisida turib doiraga sakrab kiradilar, «katta qush» esa ularni tutishga harakat qiladi (qo‘lini tegizadi). «Chumchuqlar» doira ichida qo‘proq turishga va tutilib qolmaslikka harakat qilib, doiradan sakrab chiqadilar. Agar «katta qush» doira ichida turgan «Chumchuqni» ushlasa, unda Chumchuq bilan «katta qush» o‘rinlarini almashtiradilar. O‘yin shu tarzda davom ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |