Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#124382
  1   2
yoshlarni-vatanparvarlik-ruhida-tarbiyalash-masalalari



YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH 
MASALALARI 
 
Muxsinjon Mo‘minov 
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga 
muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid 
tushunchalar, qarashlar haqida so‘z boradi.
 
Kalit so‘zlar: vatanparvarlik, sanʼat sohasi, estetik ehtiyojlar, madaniy-maʼrifiy 
faoliyat.
 
ISSUES OF EDUCATION OF YOUTH IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM 
Mukhsinjon Muminov 
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
Abstract: This article discusses the concepts and views on educating the younger 
generation in our country in the spirit of patriotism, the formation of a sense of 
patriotism in young people. 
Keywords: patriotism, art, aesthetic needs, cultural and educational activities. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga 
davlatimiz siyosatining muhim ustivor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi. 
Yurtimizda mustaqillik shamollari esa boshlagan davrdanoq, kishilar ongi, 
dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlarida, bir so‘z bilan aytganda maʼnaviy-
mafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o‘zgarishlar paydo bo‘la 
boshladi. Chunki, mustaqillik erkinlik, milliylik, vatanparvarlik darvozalarini 
ochib,insonlarni ezgulik sari boshladi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev - Mustaqillik 
yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga 
hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy etuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni 
voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan 
ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirla 
rtahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, 
uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, 
ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash, 
tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan 
dalolat bermoqda», - deb bu borada qilishimiz lozim bo‘lgan ishlar haqida aniq vazifa 
va ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar. Bu so‘zlar zamirida hali oldimizda bu sohada juda 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
734
http://oac.dsmi-qf.uz


ko‘p ishlarni qilishimiz lozimligini hayotni o‘zi isbotlamoqda. - Maqsadimizga 
erishish yangi demokratik jamiyatni qurish, islohatlarning taqdirini qanday kuchlarga 
ega ekanliklarimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga 
erishganligiga, qanday g‘oyalarga eʼtiqod qilishiga, maʼnaviy jihatdan qanchalik 
boyishiga bog‘liqdir»- deydi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom 
Karimov. Shu bois yoshlarning maʼlumot olish imkoniyatini oshirish, milliy 
umuminsoniy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash 
eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun bugungi kunda o‘zbek xalqining 
asrlar davomida shakllangan umuminsoniy maʼnaviyatini va milliy qadriyatlarini 
singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash 
madaniyat va sanʼat sohasining asosiy masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki, 
madaniyat va sanʼat jamiyat hayotining muhim ajralmas qismi bo‘lib, u inson 
ruhiyatiga kuchli taʼsir ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Milliy Vatanparvarlik haqida so‘z borganda, bu o‘zbek xalqining qoniga singib 
ketgan iymon, insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o‘z eliga 
sadoqat ahloqiymaʼnaviy qadriyatlar, g‘oyalar, qarashlar yig‘indisi tushuniladi. 
Taʼlim muassasalarida ham Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tarbiyalash 
taʼlimining asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Vatanparvarlik his-tuyg‘ularini 
shakllantirishda O‘zbekistonning davlat ramzlari bayroq, gerb, madhiya, o‘zbek tili, 
Konstitutsiya va boshqa shu millatga, shu zaminga xos, mos bo‘lgan tuyg‘ular, 
fazilatlar o‘tkazilayotgan madaniy-maʼrifiy faoliyatda o‘z aksini topmoqda. Yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi davlat darajasidagi masalalardan bo‘lganligi 
bois, bunday maqsadlarga aniq rejalashtirilgan yo‘l xaritalarida belgilangan 
vazifalardan iborat ishlarni hayotga tatbiq etish orqali amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir.
Vatanparvarlik mavzusida juda ko‘p olim-u ulamolarimizning ijod namunalari-
yu, bu haqdagi fikrlari bizgacha yetib kelgan. Amir Temur, Alisher Navoiy, 
Muhammad Zaxiriddin Bobur, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ajdodlarimizning ijod 
namunalari hozirgi kungacha, yaʼni bizning zamonamizda ham o‘ziga xos o‘rin 
egallagan bo‘lib, yoshlar tarbiyasida ibrat, namuna sifatida qo‘llanib kelinmoqda. 
Vatan tushunchasini har kim har xil maʼnoda, o‘zining tushunish darajasida talqin 
qiladi. Bu - insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joydir, bolalik, yoshlik davri 
o‘tadigan, taʼlim-tarbiya topadigan, safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir. Vatanni 
sevish, uning ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon ko‘zdan, qora kuchlardan 
himoya qilish, uning shaʼnini himoya qilish - bularning barchasi siz-u bizning 
oldimizda turgan masʼuliyatli vazifalardandir. Vatan tushunchasini, uni sevish, 
ardoqlash, himoya qilish tuyg‘usi nafaqat insonda, balki hayvonot olamida ham 
kuzatish mumkin. Baliq suvga, hayvon o‘zining iniga, hasharot uyasiga intiladi. O‘sha 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
735
http://oac.dsmi-qf.uz


tafakkur qilmaydigan jonzotlar ham, hasharotlar ham o‘zining uyini taniydi, uni quradi, 
unda jufti bilan yashab, naslini davom ettiradi, zarur paytda uni himoya qiladi. Shunday 
ekan, aqlu zakovat, tafakkur ato etilgan, borliqdagi mavjudotlarning gultoji bo‘lgan 
insonda esa bu tuyg‘u yuksak darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Shiddat bilan 
rivojlanib borayotgan davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami 
kundan-kunga kengayib bormoqda. Davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari, 
tashkbbuslari bilan yurtimiz hayotida misli ko‘rilmagan darajadagi taraqqiyotning 
pog‘onalarini ko‘rib guvohi bo‘lib turibmiz. Insonlarning tinchhotirjam yashashi, 
ularning manfaatlarini himoya qilish, yurtimizni jahon arenasiga chiqarish, obro‘yini 
ko‘tarish, Prezidentimizning taʼbirlari bilan aytganda, -xalqni rozi qilish» yo‘lida 
qilinayotgan barcha ishlar, islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotida muhim strategik 
masala sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar 
Strategiyasida belgilangan beshta ustivor yo‘nalishlari mazmunida ham shu yurtda 
yashayotgan xalqimizning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularning 
farovon turmush tarzini yaxshilash, yurtimizning jahon hamjamiyati oldida nufuzi, 
obro‘yini oshirish va boshqa masalalar turibdi. Bunday ulug‘ ishlarni amalga 
oshirishda vatanparvarlik tuyg‘usi kuchli insonlarning fidoiyligi muhim ahamiyat kasb 
etadi. “Vatan” - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, - «Ona yurt» degan maʼnoni anglatadi. 
Vatan insonning kindik qoni to‘kilgan, avlod va ajdodlari tug‘ilgan joyi, ijtimoiy 
muhiti va inson, uning hayoti va maʼnaviy tushunchalarni anglatadi. -Vatanparvarlik - 
deganda Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi 
uchun faol bo‘lishga undaydigan maʼnaviy - axloqiy fazilatlar tushuniladi. 
Vatanparvarlik - ota-bobolarimizdan meros qolgan zaminni sevish, yurtning o‘tmishi 
va kelajagi, xalq urfodatlarini, kuy-qo‘shiqlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish 
demakdir».
Yoshlar tarbiyasi masalasi davlatimiz siyosatining hozirgi kunda eng muhim 
strategik vazifalaridandir. Yoshlar tarbiyasi tarbiyalash va ularning shaxsini har 
tomonlama kamol toptirish barcha umumtaʼlim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu 
vazifalar o‘quvchilarda barcha qobilyatni o‘sishiga, ijodiy intilishni vujudga 
keltirishga asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Ilg‘or g‘oyalarni davrimizda roy berayotgan 
o‘zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o‘g‘il va 
qizlarda g‘oyaviy eʼtiqodni maʼnaviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba 
bo‘lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli taʼsir ko‘rsatadigan 
ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya 
tizimi tarkib topadi.Vatanparvarlik tushunchasi ko‘pincha harbiy faoliyatga nisbatan 
ishlatiladi. Bir jihatdan olib qaralganda, bu to‘g‘ri. Ammo, biz bu tuyg‘uni faqat 
harbiylarga nisbatan ishlatsak, biz vatanparvarlikning tor maʼnoda qo‘llagan bo‘lamiz. 
Vatanparvarlikni barcha faoliyat doirasida ko‘rish maqsadga muvofiqdir. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
736
http://oac.dsmi-qf.uz


Vatan tushunchasi keng va tor maʼnolarda qo‘llash mumkin. Keng maʼnodagi 
tushunchasi: Vatan - bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-
azaldan iqtiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, tor maʼnodagisi esa kishi tug‘ulib 
o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutiladi. O‘zbeklarda falonchi vatanli bo‘ldi, 
deyilganda o‘sha odam uy-joyli, boshpanali bo‘ldi degan maʼno ham shu nuqtai 
nazardan aytilgan bo‘lsa kerak. Alisher Navoiy ijodida Vatan tushunchasi keng 
maʼnolarda qo‘llanilgan. Bir taʼrifida Vatan so‘zini geografik maʼnoda, yaʼni, tug‘ilib, 
o‘sib-ulg‘aygan joy mazmunida tadbiq etgan. Masalan, shoir ustodi Sayyid Hasan 
Ardasherga yozgan sheʼriy maktubida: Ki bo‘lmoq vatan ichra dushvor edi,Ko‘ngulga 
jafo dafʼi ozor edi
, - derkan, ona shahri Hirotnieʼtiborga olgan. Ustod Maqsud 
Shayhzoda aytganidek, Navoiy «hatto Xuroson saltanatining yiroq viloyatlariga 
borganda ham o‘zini “g‘urbatda” his etgan», degan qarashlar mavjud. Navoiy 1465-66 
yillarga qadar, asosan, Hirot va Mashhadda yashagan. Sheʼrdagi “g‘urbat” so‘zidan 
ko‘rinib turibdiki, bu sheʼrni u o‘z vatani Hirotda emas, balki g‘urbatda - musofirlikda, 
demak, Mashhadda yozgan bo‘lishi kerak, degan taxminlar ham mavjud «Navoiyning 
o‘z tug‘ilgan ona shahri Hirotdan, qavmu qarindoshlaridan uzoq Mashhadda kechirgan 
yillari ancha mashaqqatli bo‘lgan bo‘lsa kerakki, - deydi professor Abduqodir 
Hayitmetov, - u «Majolisun nafois»da u yillarni eslab o‘zini “g‘arib” deb ataydi va 
kasal bo‘lib qolganda «bir joyda yiqilib qolganini aytadi». Tadqiqotchining 
taxminicha, ruboiy «shu vaqtlarda (yaʼni Mashhadda - I. H.) yozilgan bo‘lsa ajab 
emas». Demak, “g‘urbat” va “g‘arib” to‘rtlikdagi “belgi” so‘zlar bo‘lib, ruboiyning 
yaratilgan vaqti, bosh g‘oyasi va lirik qahramonning qayg‘uli holatini anglashga 
«ochqichidir. Darhaqiqat, xuddi shunday: G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish… 
Shu misraning o‘zi go‘yo tugal mazmunli sheʼr. Uni o‘qigan zahoti, yurtidan 
yiroqlardagi kishining qismati tasavvurda qariyb to‘la jonlanadi. Vatandan judolik-
g‘urbat. G‘urbatda yashash - g‘ariblik. G‘arib - shodlikdan mahrum bir bechora. 
Ruboiyning oxirgi baytidagi obrazli qiyos Vatan va farzand o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
chuqur isbotlaydi. Barkamol avlod taʼlim va tarbiyasi bilan bog‘liq qarashlarni Alisher 
Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatida juda ko‘p uchratamiz. Maʼlumki, Navoiy ham 
ijodkor, ham amaldor sifatida el osoyishtaligini saqlash, qishloq va kentlarni 
obodonlashtirish, yoshlarni bilim olishga chorlash uchun amaliy sharoitlar yaratishda 
tinmas va tolmas tashabbuskor bo‘lgan. U o‘z asarlarida bu g‘oyalarni keng targ‘ib 
etgan. Navoiy asarlaridagi g‘oyalar, o‘z davrida ilgari surilgan va amalga oshirilgan 
tadbirlar mazmun va mohiyatini bugungi kunda yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq 
tadbirlarda keng qo‘llashimiz zarur. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
737
http://oac.dsmi-qf.uz



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin