yozilish tarixi asarda peyzaj va portret tasviri


Asarda badiiy detallar qo’llanishi



Yüklə 43,26 Kb.
səhifə4/5
tarix21.05.2023
ölçüsü43,26 Kb.
#118829
1   2   3   4   5
KURS ISHI

1.3 Asarda badiiy detallar qo’llanishi
Badiiy asar syujetining turli tuman ko’rinishlari bo’lishidan qat’iy nazar bosh muddao asardagi xarakterlarning ravshan va chuqur tahlilidir. Shuning uchun ham «syujet-hayotni tadqiq qilishdir» (V.Shklovskiy).
Badiiy asarda sodir bo’ladigan biror ish (fikr, qiliq, kulgu, piching…) yoki voqea-hodisa tasodifiy bo’lmay, balki har birining voqe bo’lish joyi, vati, sabablari aniq bo’lishi va u ma’lum harakterdagi g’oyaviy yukningzarur zarrasini ochishga bo\ysungan bo’lishi shart. Shu bilan u yozuvchi tomonidan o’quvchi ishonadigan tarzda asoslanishi talab qilinadi. Bu asoslash (motivirovka)dir.
«…Asarning badiiy ta’sirdorligida asoslashning ahamiyati juda katta. Asoslanmagan qiliq, voqea va fikr (kishi tomonidan aytilgan so’z) tasvirning haqqoniyligini buzadi. «O’tkan kunlar»ning eng kuchli tomonlaridan biri – unda asoslash talabiga qat’iy rioya etilganidir», - deb yozadi Izzat sulton va asoslashning qator namunalarini misol keltiradi:
Yozuvchining niyaticha, kumush ota-onasidan uzoqda, yolg’izlikda (ular ishtirokisiz – H.U.), halok bo’lishi kerak. Kumushning fojiasida (binobarin, eski odat va kundoshlikning oqibatlarini) yana ham bo’rttirib tasvirlash uchun muallifning shunday niyat qilgani romanning so’nggi boblarimazmunidan anglashilib turibdi. Ammo, odatga binoan, qizning tug’ishi oldidan ona uning yonida bo’lishi kerak. A.Qodiriy Kumushning yolg’izlikda halok bo’lishini asoslash uchun Oyshabibi (Kumushning buvisi) o’limini xuddi shu paytda bo’lganvoqea qilib tasvirlaydi. Tabiiyki, azali Oftoboyim yaqin orada Marg’ilondan ketolmaydi. Oqibatda, Oftoboyim va Mirzakarim qutidor faqat Kumushning dafn marosimi o’tgandan keyingina Toshkentga yetib keladi. (I.Sulton, 185-bet).
Badiiy asar syujetiga aloqador eng kichik aslida eng katta muammolardan biri – badiiy detal va tafsilotlardir. Chunki «Detallarni haqqoniy tasvirlashdan tashqari, tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlash – realismdir», degan ta’rifni ko’pchilik yod biladi. Bundan ko’rinadiki, syujet voqealari (tipik sharoit) tipik xarakterlarni namoyon qilarkan, bu vazifani detallarsiz, detallarni haqqoniyligini, aniqligi, ta’sirchanligisaiz to’la ro’yobga chiqara olmaydi. Demak, asar detalsiz (uni «zarra» deb atasak), tafsilotsiz yashay olmaydi.
Badiiy zarra va tafsilot «ko’z ilg’amaydigan har bir mayda narsani» (A.Pushkin) barchaga bo’rttirib ko’rsatadi, shu sabab «romanistning san’ati hamma detallarni haqqoniyligi»ga bog’liq (Balzak). Darvoqe, unda (eng mayda zarrada) butun bir koinot (xuddi tomchida quyosh aks etganidek) joylashadi.
«Detal – san’atning miniatyura modeli» ekan, demak, «hamma gap tafsilotlarda» (I.Turgenev)dir.
«O’tkan kunlar»ga bir nigoh tashlaylik:
« – Nega qochasiz? Nega qaramaysiz? – dedi bek.
Kumushbibi shu choqqacha qaramagan va qarashni ham tilamagan edi. Majburiyat ostida, yov qarashi bilan sekingina dushmaniga qaradi… shu qarashda bi muncha vaqt qotib qoldi. Shundan keyin bir necha qadam bosib Otabekning betiga yaqin keldi va esankiragan, hayajonlangan bir tovush bilan so’radi:

  • Siz o’shami?

  • Men o’sha, - dedi bek…» (60-bet).

Mana shu parchada biz ta’kidlagan («Majburiyat ostida, yov qarashi bilan sekingina dushmaniga qaradi». «Siz o’shami?») ikkita holat va nutqiy detalning o’ziyoq Kumush holatini va muhabbatinin tarixini shunchalik yaqqol ko’rsatadiki, uni o’nlab sahifalardagi tasviri bu ishni bajara olmagan bo’lardi. Chunki bu ikki «zarra» nishonga to’g’ri urgan: Dushmanga qarashni istamaslik, majburiyat-la qaragach, sevganini – baxtini ko’rish va «Siz o’shami?» so’zlariga butun borlig’ini (orzularini, qiynalishlarini, zoriqishlarini, sevgisini, ibosini, samimiyligini, qalbini…) baxshida etish… Qisqa va soda, Ravshan va ta’sirdor (Birinchi bo’lib ko’zga tashlanadi va kitobxonni lol qoldiradi). Tipik va o’ziga xos.
«Ba’zilar asarga chiroyli detla kiritishga o’ch bo’ladi. O’sha detal chiroyli bo’lsa border. Ammo asarning bosh maqsadiga xizmat qilmaganidan keyin tegirmonchining maxsisiga o’xshab qolaveradi, oyoqni bir qoqsangiz yopishgan un gardi tushib ketadi-yu, burishgan mahsi ko’rinib qoladi. Detal pardoz emas, husn bo’lib asarni ochishi kerak» (A.Qahhor). Ana shundagina detal va tafsilotlar kitobxonda xarakter holati, sharoit xususiyati haqida asosli tasavvur uyg’otadi.
«O’tkan kunlar»dagi O’tapboy qushbegi portretini aniq ko’rish uchun, uni bo’laklarga ajrataylik:
«Toradagi kichkina eshik ochilib

Yüklə 43,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin