ichkaridan
to’la yuzli,
o’siq qoshli,
og’ir qaraguvchi ko’zli,
siyrak soqol,
o’rta bo’yli,
ustidan kimxob to’n kiyib,
beliga qilich osgan
qirq besh yoshlar chamasida
bir kishi ko’rindi» (70-bet).
Tafsilotlar zanjiri ana shunday qatorlashgani sababli qushbegi qiyofasi joylanadi. Ko’rinadiki, «tafsilot ko’plikda ta’sir qiladi. Detal yakkalikda intiladi» (E.Dobin). Detal tafsilotga nisbatan qisqaroq bo’ladi, bir necha «zarra»ning yig’indisidan tafsilot yaratiladi.
Shu o’rinda yana bir «arzimas mayda-chuyda», «ikir-chikir» haqida gapirish o’rinliga o’xshaydi. «Ko’pgina yozuvchilar asarlaridagi tinish belgilarga, abzatslarga e’tiborsiz qaraydilar. Holbuki, «Tinish belgilar fikrni bo’rttirish, so’zlarni to’g’ri tanosibga keltirish va jumlalarga yengillik va to’g’ri ohang baxsh etishga yaratilgan».
Yozuvdagi eng kichik belgilardan biri vergul… Lekin uning qudrati shunchalikki, musulmonni shirk egasiga aylantirishi mumkin. «Yo’q, Allohning har bandasi goh hud, goh behud tushlar ko’rar…» jumlasidagi birinchi vergulni olib tashlasang-chi, dahriyning aynan o’ziga aylanasiz…
Xullas, badiiy asarda «may-chuyda», «ikir-chikir» degan tushunchalarga o’rin yo’q. eng kichik zarra – mikroelement ham asarda insoniylashar ekan, unga e’tiborsizlik qilgan yozuvchi insoniylikdan haqqoniy dars berishi, «xalqning o’qituvchisi», «tuyg’ular tarbiyachisi» (Ch.Aytmatov) bo’lishi mumkin bo’lmasa kerak.
Dostları ilə paylaş: |