68
Insho orqali o‘tkaziladigan nazoratda o‘quvchining yozma nutqi
silliq, ravon, ta’sirchan, ifodali va sheva elementlaridan xoli bo‘lmog‘i
kerak.
Insho o‘quvchining ona tilidan egallagan bilimlarini o‘zida
mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining
ijodiy-
amaliy faoliyatiga ko‘chadi. Shuning uchun ona tili o‘qituvchilari
darsda mustaqil ishning bu muhim turiga alohida e’tibor qaratishlari
zarur.
Inson hamma fikrini ham qog‘ozga tushira olavermaydi.
Miyaning nutq mexanizmini boshqaradigan qismi faolligi ham yozma
topshiriqlarning sifati bilan bog‘liq. Yozma va og‘zaki
nutq rivoji
miyadagi nutq mexanizmiga aloqador. Fikrlash tezligi,
jumlalarni tez
fursatda, maqsadga muvofiq tuza olish yillar davomidagi mashqlar
natijasida shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: