Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

sarguzasht-hikoya
sanaladi. Boshdan 
kechirilgan voqealar asosida hikoya yaratish, ayniqsa, 5-6-sinflarda 
ko‘p qo‘llaniladi. Bu hikoyalarda har bir o‘quvchi o‘z boshidan 
kechirgan voqea-hodisalar haqida fikr yuritadi. Masalan, “Yozning 
issiq kunlaridan birida”, “Men ko‘rgan voqea”, “Ma’murjonga qanday 
yordam berdim?”, “Yong‘in bartaraf etildi” kabi mavzularda 
yoziladigan insholarda o‘quvchilar ko‘proq o‘z sarguzashtlarini hikoya 
qilishlariga to‘g‘ri keladi. 
Hikoya yozishning eng samarali usullaridan biri berilgan g‘oya 
asosida matn tuzishdir. O‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan o‘rtaga 
tashlangan g‘oya insho uchun asosiy material bo‘ladi. Muallif 
(o‘quvchi) berilgan g‘oyani kengaytiradi, voqea ishtirokchilarini 
tanlaydi, unga badiiy jihatdan sayqal beradi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning orzu-umidlari aks 
etgan matnlardan ham foydalaniladi. “Agar men sehrgar bo‘lsam…”, 
“Yurtim kelajagi”, “Men shifokor bo‘laman” kabi mavzularda 
yoziladigan insholar o‘quvchilarni ertangi kun rejalarini belgilashga 
o‘rgatadi. 
O‘qituvchi o‘z ijodkorligini ishga solib matn yaratishning yana 
boshqa turlarini ham o‘ylab topishi mumkin. Matn bilan ishlashning 
afzalligi shundaki, unda o‘quvchi-talabaning yozma va og‘zaki nutqi 
rivojlanadi, nutq jarayonida so‘zlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llay 
olishga o‘rgatiladi, ya’ni so‘zning izohi, ma’no qirralari tahlil qilinadi, 
uslubiy jihatlari yoritiladi.
5. 
Ko‘p mutolaa qilish
yozma nutqni shakllantirish va 
takomillashtirishning muhim omillaridan biridir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob 


66 
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob 
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish 
bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi №F-4789 sonli Farmoyishi 
kitob o‘qish masalasidagi ijobiy natijalarni ta’minlovchi muhim omil 
bo‘lib xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, ayniqsa, badiiy asarlarni o‘qish 
o‘quvchi dunyoqarashini kengaytirishga, tafakkur darajasini 
oshirishga yordam beradi. Badiiy asar o‘qish jarayonida o‘quvchi 
voqea-hodisalar, qahramonlar haqida mulohaza yurita boshlaydi, bir 
vaqtning o‘zida assotsiativ tafakkur imkoniyatlaridan foydalanib
analiz, qiyoslash, induktiv, deduktiv tahlillarni amalga oshiradi. 
Natijada o‘quvchining tafakkuri rivojlanadi, fikrlash tezligi ortadi. 
Har bir insho o‘quvchi tomonidan yaratiladigan ijodiy ishdir. 
Ona tili va adabiyot darslarida hamda sinfdan tashqari o‘qish 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos asarlarni 
tanlab o‘qitish, qayta hikoya qildirish, rejalar tuzdirish o‘quvchining 
xotirasini mustahkamlaydi. Shu bilan bir vaqtda ma’naviy jihatdan 
komillikka yetaklaydi. O‘quvchi o‘zi o‘qib, reja tuzib, mustaqil 
ravishda insho yozadi. Buning uchun dastlab kichik-kichik ertaklar
hikoyalar o‘qib berish, reja asosida qayta hikoya qildirish yaxshi natija 
beradi. O‘quvchida atrofni kuzatish, tabiat hodisalariga munosabat 
bildirish, axloqiy fazilatlar va illatlarni ajrata olish tafakkuri
shakllanishini nazorat qilib borish darkor. 
O‘quvchilarning voqealarni eslash, rasmlarga qarab hikoya tuza 
olish, o‘qigan asarlari, ulardagi timsollarga tavsif berish, badiiy ifoda 
vositalaridan o‘rinli foydalanish qobiliyat va imkoniyatlarining yuzaga 
chiqishi, albatta, izlanishi va ko‘p o‘qishi yordamida amalga oshadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin