Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

 
tabiatni 
tasvirlash.
O‘quvchilar 
1-sinfdan boshlab 
“Atrofimizdagi olam” o‘quv fanini o‘rganadilar va tabiat tasvirini aks 
ettirishda qiynalmaydilar. Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchilarning tabiat 
haqidagi tasavvurlarini kengaytiribgina qolmay, balki shu mavzuda 
tasviriy matn yaratish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. 
Tabiat tasvirini yaratishda matn namunalaridan foydalanish 
mumkin. Chunonchi, mashhur so‘z ustalari, yozuvchi va shoirlarning 
asarlaridan tabiat tasviriga oid o‘rinlarni o‘qib berish, matn 
namunalari ustida ishlash, ularning til xususiyatlarini tahlil qilish 
kabilar o‘quvchilarning shu tipdagi matn yaratishlariga keng yo‘l 
ochib beradi.
Ona tili mashg‘ulotlarida, ayniqsa, tabiatning badiiy tasvirini 
yaratishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bunday insholar badiiy 
nutq imkoniyatlaridan unumli foydalanishni talab etadi. 
Kuzatish tabiat tasvirini yaratishda asosiy manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Ayniqsa, o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan kuzatishlar 


63 
tasviriy insho uchun boy material beradi. Bundan tashqari, suhbat 
o‘tkazish, tabiat tasviriga oid rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar va 
diapozitivlardan foydalanish ham inshoning bu turi uchun yetarlicha 
ma’lumot beradi; 

insonning 
tashqi 
qiyofasini 
tasvirlash.
Ona 
tili 
mashg‘ulotlarida portret tasviridan ham keng foydalanish mumkin. 
Tasvirning eng murakkab ko‘rinishlaridan biri insonning tashqi 
qiyofasini aks ettirishdir. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi ota-onasi, 
aka-ukalari, sinfdoshlari, tanish-bilishlari, o‘qigan badiiy asari, ko‘rgan 
kinofilmi qahramonlarining tashqi qiyofasini tasvirlashi mumkin. 
Tashqi qiyofa ifodasi ham tasviriy inshoning boshqa turlari kabi 
ilmiy va badiiy ko‘rinishlarga ega. Ilmiy tasvirda odamning yoshi, yuz 
tuzilishi, ko‘zi, qulog‘i, burni, sochining rangi, bo‘yi, gavdasi kabilar 
aniq faktlarga asoslangan holda ko‘rsatiladi. Badiiy tasvirda esa 
o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a kabi usullardan 
foydalaniladi; 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin