bir leksema ichida yashiringan so‘zlarni aniqlash
. Masalan,
shuhratparastlik
leksemasida o‘n to‘rtta so‘z yashiringan:
ruh, sut,
hur, past, lak, para, sara, shart, kar, sil, sharpa, sila, hut, rak;
berilgan so‘zlardan o‘z va ko‘chma ma’noli birikmalar hosil
qilish
:
tulki, kitob, yengil, og‘ir, qora, katta, shirin, achchiq, chuqur,
oqlamoq, o‘ymoq, ulamoq
kabi;
berilgan so‘zlarning sinonimlarini yozish:
falak, go‘zal, katta,
kulmoq, tashrif buyurmoq, botir, tinch, keng, sabr, do‘st;
berilgan so‘zlar asosida matn tuzish
:
hayo, armon, gul, imkon,
ifor, inson, orzu, tafakkur, mulohaza, aqlli, yashash tarzi, qadr-
qimmat, qadriyat
.
Bunda dastlab mazmunan bir-biriga aloqador
so‘zlar beriladi, masalan,
bahor, gul, iliq, shabada, yoqimli.
Bu so‘zlar
tuzilayotgan matnning qaysidir o‘rnida qatnashishi shart. O‘quvchi-
talabalar mazmunan bir-birini to‘ldiruvchi so‘zlar yordamida matn
60
tuzishni o‘rganib olganlaridan so‘ng mazmunan bir-biriga ma’no
jihatidan yaqin bo‘lmagan so‘zlar asosida matn tuzish topshirig‘i
beriladi, masalan,
to‘qson to‘qqiz, qahraton, dars, bobojon
yoki
sharshara, 1-para, Prezident, jazirama, mukofot
va hokazo
.
O‘quvchi
ana shu turli mavzudagi so‘zlar o‘rtasida bog‘lanish nuqtasini topib,
matn tuzishi kerak bo‘ladi;
berilgan so‘z
, masalan,
quyosh
so‘zi asosida matn tuzish;
bir qator pedagog-xodimlar qo‘llayotgan “uch so‘z” usuli
dan
foydalanish: berilgan uch so‘z, masalan,
hayot, jilg‘a, mahzunlik
lug‘aviy birliklari
asosida matn tuzish;
Dostları ilə paylaş: |