V.A.Motsart, L.V.Betxoven, Bax, Chaykovskiy kabi
musiqachilarning kuyi eshittiriladi va shu asosda “Kuy sehri”
mavzusida matn yaratiladi;
antonim, omomim, paronimlar dan unumli foydalanilgan holda
ham matn yaratish mumkin. Bu tarzdagi matnlarni yozishni
o‘rgangan
o‘quvchi
inshoni
mukammal
tarzda
ifodalashga
qiynalmaydi.
3.
Narsa-hodisalarni, voqelikni tasvirlash usuli dan
foyadalanish mumkin. Ona tili mashg‘ulotlarida narsa-buyum,
hayvonlar, voqea-hodisalar; insonning tashqi qiyofasi, tabiat manzarasi,
ma’lum bir joyning (mas., sinf xonasi, darsxona), tasvirini yaratishga
doir topshiriqlar berilishi mumkin. O‘quvchilar
qish, bog‘ haqida
og‘zaki va yozma matnlar yaratishga juda qiziqadilar. Topshiriqlar
quyidagi mazmunda bo‘lishi mumkin:
–
alohida narsa-buyumlarni tasvirlash . Turmushdagi alohida
narsa-buyumlarni og‘zaki tasvirlash maktabgacha bo‘lgan davrda
shakllana boshlaydi. Bu muhim topshiriq boshlang‘ich sinflarda ham
amalga oshiriladi va ona tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida
davom ettiriladi. O‘quvchilar ona tili mashg‘ulotlarida istalgan narsa-
buyum (masalan, kitob, kundalik, yozuv stoli, deraza, chizg‘ich,
chinor, dastro‘mol kabilar)ning oddiy, ilmiy va badiiy tasvirini
yaratishlari mumkin. Bunday matnda o‘quvchi o‘xshatish, jonlantirish
kabi tasviriy vositalarni, badiiy so‘z va iboralarni, sifatlash, mubolag‘a
kabi usullarni qo‘llay olishi kerak bo‘ladi. Tasviriy insho yaratishdan
bog‘lanishli nutqni o‘stirishda, she’riy matnlarni tahlil qilishda,
masalan, Oybekning “Na’matak” she’rini, A.Oripovning “Men nechun
sevaman O‘zbekistonni?” she’ridagi voqelikni tasvirlashda foydalanish
mumkin.
Narsa-buyum tasvirini yaratishda tabiiy ashyolardan unumli
foydalanish tavsiya etiladi:
–