58
9. Insho mavzusini yoritishda faktik materiallardan foydalanish
talab etiladi. Faktik materiallar insho matnining aniqlik, ishonarlilik
darajasini orttiradi. Qabul imtihonlarida
faktik materiallardan
foydalanilmagan holatlar bo‘ladi. O‘quvchi “Hayrat ul-abror”ning
tarbiyaviy ahamiyati haqida insho yozar ekan, yozma ishida shu
asardan bir satr ham keltirmagan. Asardagi biror maqolatni keltirib,
tahlil qilmagan.
Ammo bu asarning mazmuni, ahamiyati haqida
umumiy ma’lumotlar bergan. Insho hajmi talab darajasida. Reja
mavzuga mos tuzilgan. O‘quvchi shularni nazarda tutib, qo‘yilgan
balldan norozi holda qayta baholashlarini so‘rab, apellyatsiya
komissiyasiga ariza beradi. Bu o‘rinda o‘quvchining e’tirozi o‘rinsiz.
Faktik ma’lumotlarsiz insho
matnining mantiqiylik, to‘g‘rilik, aniqlik
talablari buziladi.
Insho mavzusini faktik jihatdan asoslashda xalq og‘zaki ijodi
namunalari, maqol, matallardan, buyuk mutafakkirlarning fikrlari,
aforizmlaridan, ko‘chirmalardan foydalanish mumkin.
Faktik materiallardan noto‘g‘ri
foydalanish, asar mualliflari,
qahramonlar nomini xato ko‘rsatish baholash natijasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Inshoda faktik materiallardan foydalanish me’yor darajasida
bo‘lishi kerak. Me’yordan ortiq faktik materiallarning berilishi quruq
bayonchilikka olib keladi. Badiiy uslub imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanishga imkon bermaydi.
10.
Inshoda mustaqil yondashuv, muallif fikr, munosabat aks
etishi lozim. O‘quvchi muayyan mavzu asosida insho yozar ekan,
dastavval, o‘zi o‘qigan
materiallarga, ma’lumotlarga asoslanadi.
O‘qigan manbalari asosidagi mulohazalarini bayon etadi. Shuning
barobarida insho o‘quvchining qo‘yilgan masalaga bevosita
munosabati, mustaqil yondashuvi asosida shakllantirilmog‘i kerak.
Zero, insho so‘zining lug‘aviy ma’nosi ham shuni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: