55
so‘zlashuv uslubiga, ularning faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar rasmiy
va
ilmiy uslubga, muallif nutqidagi ba’zi o‘rinlar ommabop uslubga
mansub bo‘ladi. Badiiy asarlar tilida arxaizm, istorizm, neologizm,
varvarizm, vulgarizm, argo, jargonlar ham uchraydi. Badiiy uslub
o‘quvchida estetik zavq uyg‘otadi, voqea-hodisani obrazli ifodalarda,
ta’sirchan vositalar orqali aks ettiradi.
Obrazlilik va estetik ta’sir
etish
badiiy uslubning muhim belgisidir.
Risoladagidek insho yozish uchun o‘quvchi nutq uslublarini
yaxshi o‘zlashtirishi kerak. Undan badiiy uslubning o‘ziga xos
jihatlarini, boshqa uslublardan,
jumladan, ilmiy uslubdan farqini
yaxshi anglash talab etiladi. Uslub xususiyatlarini yaxshi o‘zlashtirgan
o‘quvchi tushunchalarni ilmiy va badiiy uslubda ta’riflay bilishi
lozim. Masalan,
lola
so‘zini ilmiy uslubda ta’riflaydi:
Piyozguldoshlar
oilasiga mansub bir yillik o‘simlik. Qir-adirlarda, tog‘larda o‘sadi.
Qizil, sariq ranglarda bo‘ladi;
badiiy uslubda ta’riflaydi:
Ayni bahor fasli. Atrofni lolalarning
alvon gilami qoplagan. Lolalar quyoshga tutilgan qadah singari yal-
yal tovlanadi. Alvon gilamlarda quvnab, yayrab yugurging keladi
kishi.
Yoki
lola
ning shoir Furqat misralaridagi obrazli ifodasini
anglash lozim:
Yomg‘ir suvi to‘lganda tog‘ lolani jom etsin...
Bunda
o‘quvchi ilmiy uslubda terminlar, shartli belgilarning qo‘llanishi,
so‘zlarning o‘z ma’nosida kelishi, ko‘chma ma’nodagi so‘zlarning
qo‘llanmasligi haqidagi bilimlarini yanada boyitadi.
Badiiy uslubda
obrazli tasvirning, ta’sirchan ifodaning mavjud bo‘lishi, so‘zlarning
ko‘chma
ma’noda
qo‘llanishi,
emotsional-ekspressivlikning
ustunligini anglaydi.
O‘quvchi leksikologiya sohasida muayyan darajada bilimga ega
bo‘lishi zarur. So‘z ma’nosini, metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi
semantik ko‘chishlar mohiyatini yaxshi anglashi kerak. Metaforani
o‘rganish jarayonida o‘quvchi o‘xshashlik haqida, metonimiyani
o‘rganish jarayonida aloqadorlik, sinekdoxani o‘rganish jarayonida
butun-qism munosabati haqida fikrlaydi. Semantik ko‘chish asoslari
haqidagi ma’lumotlarni yodda saqlab qoladi. Natijada keltirilgan
misollarga analogiya tarzida o‘zi ham yangi misollar topadi, o‘ziga
xos ko‘chimlarni yuzaga keltiradi.
Bu esa ijodiy matn yaratishda,
fikrni ta’sirchan, obrazli ifodalashda muhimdir.
56
Insho matni talab darajasida bo‘lishi uchun nutq uslublarini
mukammal o‘zlashtirish talab etiladi. Uslub turlari yaxshi
o‘zlashtirilmasa, insho matnida xatolarga yo‘l qo‘yiladi.
Uslubiy xatolar leksik, morfologik me’yorlarning buzilishi
natijasida yuzaga keladi.
Uslubiy xatolar sinonimlarni qo‘llashda kuzatiladi:
bashara-
afti-angor.
Uslubiy xatolarning ma’lum qismi so‘z tanlash bilan
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, insonga nisbatan
qulamoq
, narsa-buyumga
nisbatan
yiqilmoq, ashula
ga nisbatan
chiroyli
so‘zlarini qo‘llash
noto‘g‘ri.
Paxta gulladi
birikuvi ham uslubiy jihatdan xatodir.
Paronimlarni noto‘g‘ri qo‘llash uslubiy xatolarni yuzaga
keltiradi.
Paronimlar orfoepiya me’yorining buzilishi natijasida yuzaga
keladi. Aytilishi (talaffuzi) jihatidan o‘xshash,
ammo yozilishi va
ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar paronimlardir:
yuvindi-yuvundi,
kuyindi-kuyundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-yorug‘, quyulmoq-
quyilmoq, arch-art, otalik-otaliq, borlik-borliq, yonilg‘i-yoqilg‘i,
matal-ma’tal (mahtal), jodi-jodu, yondosh-yondash, bob-bop, bod-bot,
tub-tup, tanbur-tambur, daha-daho, sira-sara, xiyol-xayol, sada-sado,
juda-judo, qism-qisim, adl-adil, ahl-ahil, asr-asir, azm-azim,
tuyilmoq-tuyulmoq, kift-kaft, yod-yot, darz-dars, ramz-razm, qarz-
qars, qayd-qayt, naq-naqd, o‘tkazmoq-o‘tqazmoq.
Talaffuzi yaqin
bo‘lganligi uchun bunday so‘zlarni bir-biri bilan almashtirib qo‘yish
ehtimoli bor.
Paronimlar
birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanib, bora-
bora bir so‘z shakliga aylanib ketgan holatlar ham uchraydi
.
Masalan,
tunamoq-to‘namoq
paronimlarining har ikki o‘rinda ham, aksariyat
hollarda,
tunamoq
shakli qo‘llanadi. Bir so‘zning ikki xil yozilishi
paronim hisoblanmaydi:
podsho-podshoh, gado-gadoy, kaptar-
kabutar, nabira-nevara
. Bunday so‘zlar dubletlar bo
‘
lib, har ikki
shakl ham xato hisoblanmaydi. Dubletlarning yuzaga kelishiga
o‘zlashgan so‘zlarning asl holatidagi imlosi va o‘zbek
tili talaffuz
me’yorlariga moslashgan ko‘rinishi sabab bo‘lgan. Keyingi paytda
bunday so‘zlar ko‘paydi:
darvesh-darvish, fojea-fojia.
Bu imlo
qoidalarini takomillashtirishga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatdir.
Paronimlar og‘zaki talaffuz me’yorlari bilan bo‘g‘liq bo‘lib, bir
qator uslubiy xatolarga sabab bo‘ladi:
Yaxshiga
yondosh
– yomondan
qoch.
Bu o‘rinda
yondosh
paronimi
yondash
o‘rnida qo‘llangan.
Buning ikki sababi bor: birinchidan,
yondosh
(sifat) –
yondash
(fe’l)
57
so‘zlarining talaffuzda o‘xshashligi, ikkinchidan,
qoch
so‘ziga
qofiyadoshlik talabi.
Onangni boshda tutsang, singlingni
kaft
ingda tut
maqolida
kift
so‘zining paronimi noto‘g‘ri qo‘llangan. Shahrimiz ko‘chalaridagi
poyafzal
,
yoqilg‘i quyish shahobchasi
mazmunidagi birikmalar,
Hush
kelibsiz
undovi ham paronim bilan bog‘liq xatolarga misol bo‘ladi
(aslida:
poyabzal, yonilg‘i quyish shahobchasi, Xush kelibsiz
shaklida
bo‘lishi kerak).
Uslubiy xatolar grammatik me’yorlarning buzilishi natijasida
ham yuzaga keladi. Uslubiy xatolarning ma’lum qismi –
li /-lik; -ni/-
ning
qo‘shimchalarini qo‘llash bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: