Asosiy g‘oyalaringizni ikki xil isbot usuli bilan
mustahkamlang.
Tezis dalillarga asoslanishi lozim. Har bir fikr
isbotning ikki usuli – dalillar va faktlar bilan mustahkamlanish talab
etiladi. Faktlar siz yozayotgan insho bo‘yicha kitobdagi aniq
sitatalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Majnun timsoli xarakterini
yoritish kerak bo‘lganida uning so‘zlaridan sitata keltirish va tavsif
berish lozim. Dalillar sizning mantiq va mulohazangizga asoslanadi.
Qaysning ruhiyati qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘lgan? Uning nutqidagi
73
qaysi jihatlarga e’tibor berish lozim? O‘z nuqtayi nazaringizni mantiq
asosida tushuntiring va siz mustahkam isbotga ega bo‘lgan dalilni
namoyon qilasiz.
6. Javob berish lozim bo‘lgan savollar haqida o‘ylang.
Insho
yozuvchilarning keng tarqalgan shikoyati shuki, ular aniq mavzu
bo‘yicha fikr yuritishni bilishmaydi. O‘quvchi berishi mumkin
bo‘lgan savollarni o‘zingizga berib ko‘ring, qoralamada bu savollarga
javob yozing va shu tarzda oldindan material to‘plab qo‘ying.
Masalan, Laylining o‘limi tasviri qanday berilganligi haqida
o‘zingizdan so‘rang. Bunga boshqa personajlarning munosabati
qanday? O‘quvchi o‘zini qanday his qilishi lozim? Nima uchun
Navoiy qahramonini o‘z erkiga qo‘yib beradi? O‘ldirmasdan, tirik
qoldirsa bo‘lmasmidi? Qays nega o‘lishi kerak? Dostonni uning
o‘limisiz yaratish mumkinmidi?
7.
Juda aqlli bo‘lib ko‘rinishdan tortinmang.
Insho yozuvchi
ko‘plab o‘quvchi-talabalarning yo‘l qo‘yadigan xatolaridan biri shuki,
ular so‘zlarni soddaroq qo‘llash uchun ko‘p vaqt sarflashadi.
8. Qoralama nusxani shakllantirishda obdon o‘ylab, fikrlar
nihoyasiga yetgach, qoralama nusxadagi matnni shoshmasdan,
husnixat bilan oqqa ko‘chirib yozish tavsiya etiladi. Oqqa ko‘chirish
jarayonida amaldagi husnixat qoidalariga va insho yozishning o‘ziga
xos tartiblariga qat’iy rioya qilish kerak.
Agar talaba tomonidan maqsadli ravishda yuqoridagi qoidalarga
amal qilinmagan bo‘lsa, maxsus belgilar qo‘yilgan bo‘lsa, bunday
insholarga «qoniqarsiz» baho qo‘yiladi. Inshoning oq nusxasida
o‘chirilgan va ustiga yozib qo‘yilgan joylar bo‘lmasligi lozim. Insho
yozilgan daftar muqovasiga ham turli xil belgilar qo‘yilmaydi.
Inshoning sarvarag‘iga o‘quvchining ism-sharifi yoki unga
aloqador bo‘lgan so‘zlar amaldagi tartib-qoidalar asosida yozib
qo‘yilishi shart.
Insho yozib bo‘lingandan so‘ng u o‘quvchi tomonidan diqqat
bilan o‘qib chiqiladi va har ikkala nusxa sarvaraq bilan birgalikda
topshiriladi.
O‘quvchilarga belgilab berilgan insho mavzularidan tashqariga
chiqish, insho mavzularini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish, o‘zlari
xohlagan mavzu bo‘yicha insho yozish huquqlari berilmaydi.
|