75
1) tuzilayotgan jumlalarning qisqa va aniq bo‘lishiga alohida
e’tibor berish kerak. Uzun jumlalar fikringizni chalg‘itadi, xatolarga
sabab bo‘ladi;
2) insho mazmuni materiallarni bayon qilish uslubi bilan
chambarchas bog‘liq ekanligini unutmang;
3)
insho
mavzusi
bilan bog‘liq materiallarni bayon
qilayotganingizda izchillikka qat’iy rioya qiling. Insho mavzusiga
aloqador
shaxslarning
nomlarini,
badiiy
asarlardan
olingan
parchalarni, tarixiy faktlarni, toponimik atamalarni yozishda amaldagi
imlo qoidalaridan kelib chiqqan holda ish ko‘ring;
4) inshoni yuksak savodxonlik bilan yozishga harakat qiling;
5) tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.
Ularning shakllari aniq va ko‘rinarli bo‘lsin.
6) insho husnixat qoidalariga muvofiq ravishda yozilishi lozim.
7) insho boshqalarga xalal bermasdan, umumiy tartib-intizomga
rioya qilgan holda yoziladi;
8) tayyor yozilgan, trafaret usulidagi insholardan foydalanishga
harakat qilmang. Ular sizni adashtiradi, fikrlaringizdan chalg‘itadi.
Yuqoridagi aytilganlarga rioya qilsangiz, o‘z mulohazalaringizni
dadil va qo‘rqmasdan bayon qilsangiz, yaxshi bahoga loyiq insho yoza
olasiz.
Imtihon yoki sinov insholari belgilangan vaqtda yozilishi talab
etiladi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashingiz va undan unumli
foydalanishingiz kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: