Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Ilm baxt keltiradi 
(xalq maqoli). 
Epigraf mavzuga g‘oyaviy nuqtayi nazardan mos kelmog‘i 
lozim. Yaxshi topib yozilgan epigraflarning o‘ziyoq o‘quvchining 


33 
qanday dunyoqarashga ega ekanligidan, uning bilim va malakalari 
o‘lchovidan yaqqol dalolat berib turadi. 
 
INSHOGA MATERIAL TO‘PLASH 
Muayyan mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid 
adabiyotlarni chuqur o‘rganish, ma’lumotlarni umumlashtirish
xulosalash, mavzu mohiyatini anglash talab etiladi. Inshoga material 
to‘plash ham mavzuni to‘g‘ri yoritishda muhim ahamiyatga ega. 
O‘quvchi inshoga material to‘plashi, tartibga solishi, uni muayyan 
izchillikda berishi va mavzu talabini to‘g‘ri anglashi lozim. Insho 
uchun suhbat, hikoya asosidagi taassurotlar, o‘qilgan badiiy asarlar, 
tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatish va 
tajribalar, kundalik hayot voqealari boy material bo‘lib xizmat qiladi. 
Har bir o‘quvchi borliqni, undagi narsa-buyum, voqea-
hodisalarni, tevarak-atrofni, odamlarni, badiiy asar qahramonlarini o‘z 
nigohi bilan ko‘radi. Demak har bir o‘quvchi inshoga o‘zicha material 
to‘playdi. Insho uchun asosiy material bu, avvalo, hayotning o‘zi, 
uning kitoblardagi, san’atdagi ifodasidir. Shuning uchun har bir 
o‘quvchida kuzatuvchanlik xususiyati to‘la shakllangan bo‘lishi 
lozim. Kuzatish bevosita o‘qituvchi rahbarligida yoki mustaqil 
ravishda amalga oshirilishi mumkin. 
O‘quvchi insho yozish uchun borliqni kuzatar ekan, nimalar 
haqida fikr yuritish lozimligini o‘ylaydi va shunga muvofiq keladigan 
materiallarni yig‘adi. O‘quvchiga o‘zi o‘qigan, kuzatgan, bilgan 
narsalar yoki voqea-hodisalar xususida yozish ancha oson kechadi. 
Insho uchun material to‘plashda manba muhim ahamiyatga ega.
Masalan, rasm asosida material to‘plash borliqni kuzatish yoki 
badiiy asar asosida material to‘plashdan farq qiladi. Rasm asosida 
material to‘playotganda ko‘proq rassomning maqsadi, unda 
tasvirlangan narsa, voqea-hodisalar, ranglarning tanlanishi, tasvirning 
diqqatga sazovor tomonlari va kamchiliklari singarilarga ko‘proq 
e’tibor qaratilsa, badiiy asar asosida material to‘playotganda
yozuvchining maqsadi, asarda ishtirok etgan shaxslar, yozuvchi yoki 
shoirning obraz yaratish mahorati, asar mazmunidan chiqariladigan 
xulosa kabilar markaziy o‘rinni egallaydi. 
To‘plangan materialni tartibga solish va uni
 
muayyan 
izchillikda bera olish ham o‘quvchi uchun o‘ta zarur malakalardan biri 


34 
sanaladi. Tartibga solish, avvalo, to‘plangan materialni saralab, uning 
ichidan yoritilayotgan mavzu uchun zarurini ajratish, ularni mantiqiy 
izchillikda joylashtirish demakdir. Bu ishda o‘quvchiga puxta o‘ylab 
tuzilgan reja yaxshi yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin