Yozma ishlarni tashkil etish mazmuni va tamoyillari


Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi



Yüklə 86,67 Kb.
səhifə5/13
tarix24.12.2023
ölçüsü86,67 Kb.
#192249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yozma ishlarni tashkil etish mazmuni va tamoyillari-fayllar.org

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (tugal fikr ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq, mavhum va hokazo);
v) tavsifning mavzuga muvofiqligi va tavsifning qiymati;
g) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish darajasi;
d) imloviy (yozma) savodxonlikning sifati.
5-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘icha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:
Yozma adabiy nutq, og‘zaki adabiy nutq kabilarni izohlay olishi; matn yaratish darajasida gap tuzish; mustaqil gaplarni o‘zaro bog‘lay bilish, gapda so‘z tartibini to‘g‘ri belgilash; matnda xat boshining yaxlitligi va fikr izchilligi, muhokama elementli matn yaratish; fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich – 10-12 gap); tinish belgilaridan (undalmali gaplarda), uyushiq bo‘laklarda, ajratilgan izoh bo‘laklarda, undalmalarda va qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda, ko‘chirma gapda, dialogda to‘g‘ri foydalanish; grammatik atama va tushunchalardan, qoida va ta’riflardan matn yaratish jarayonida foydalanish; o‘rganilgan gap qurilishlariga mos keladigan matn yaratish;
6-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:
Leksikologiya va morfologiya bo‘yicha egallangan ko‘nikmalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash; nutqda o‘zbek adabiy tili grammatikasining me’yor va imkoniyatlariga rioya qilish; sinonimlar, omonimlar, antonimlar va paronimlardan foydalanish talablariga rioya etish; qisqartma otlarni to‘g‘ri yozish va qo‘llash; gapda so‘z tartibiga amal qilish. Rivoya-matn, tasvir-matn tuzish. Tabriknoma, ma’lumotnoma yozish; fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik, uslubiy tahlil qilish; fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich 12-14 gap).

Yüklə 86,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin