Yozma ishlarni tashkil etish mazmuni va tamoyillari-fayllar.org
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (tugal fikr ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, abstrakt-konkret, mavhum va hokazo);
d) tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati;
e) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish darajasi;
f) imloviy (yozma) savodxonlik sifati.
Ko‘rinadiki, DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy-marifiy masalalarga doir har bir chiqishlarida ajdodlar merosini qadrlash, ularning tafakkur mahsulidan unumli foydalanish, kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratish ta’kidlanadi, o‘tmish-an’analar, axloqiy-ma’rifiy qarashlar bugunni yorituvchi mash’al sifatida e’tirof etiladi. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz,” – degan so‘zlari biz uchun dasturulamal vazifasini o‘tamoqda8.
DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.
Ko‘rinadiki, DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.